https://oz.sputniknews.uz/20211230/mandarinlarning-foydasi-va-zarari-haqida-dietolog-javobi-21969720.html
Mandarinlarning foydasi va zarari haqida – diyetolog javobi
Mandarinlarning foydasi va zarari haqida – diyetolog javobi
Sputnik O‘zbekiston
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, 40 grammdan ortiq fruktoza iste’mol qilish mumkin emas. Kuniga faqat to‘rt-beshta mandarin iste’mol qilish tavsiya etiladi.
2021-12-30T06:02+0500
2021-12-30T06:02+0500
2021-12-30T06:02+0500
jamiyat
shifokorlar tavsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/1b/21966662_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_9093cc32658337a075ac246d63514fde.jpg
Diyetolog va nutritsiolog Nadejda Sapkina RIA Novosti agentligiga mandarinning zarari va foydasi haqida so‘zlab berdi.Ushbu sitrus meva kalsiy, magniy, kaliy, D, K va B vitaminlari manbai. Unda ko‘plab kletchatka bor – u oshqozon-ichak traktining meyorlashishiga yordam beradi. Bundan tashqari, meva immunitet tizimini mustahkamlovchi S vitaminiga ham boy.“Sitrus mevalari fitonsidlar va efir moylari bilan birgalikda viruslarga qarshi kurashda yordam beradi. Bioflavonoidlar va antioksidant beta-karotin mavjudligi saraton kasalligining paydo bo‘lishini oldini oladi”, - dedi Nadejda Sapkina.Biroq, shifokor tez-tez mandarin iste’mol qilish jigar bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkinligini ham ta’kidladi. Kuniga 40 grammdan ortiq fruktoza iste’mol qilish mumkin emas. Bir kunda atigi to‘rt-beshta mandarin iste’mol qilish tavsiya etiladi.Parhezshunos sitrus mevalari keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan allergik ta’siri haqida ham eslatib o‘tdi. Bundan tashqari, gastrit bilan og‘riganlar uchun mandarin miqdorini cheklash tavsiya etiladi. Mandarin sharbati oshqozon va ichakning shilliq qavatini bezovta qilishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/1b/21966662_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_8bccbb0f800f535c5e124df17fe1d7f6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mandarinlarning foydasi va zarari haqida – diyetolog javobi
mandarinlarning foydasi va zarari haqida – diyetolog javobi
Mandarinlarning foydasi va zarari haqida – diyetolog javobi
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, 40 grammdan ortiq fruktoza iste’mol qilish mumkin emas. Kuniga faqat to‘rt-beshta mandarin iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Diyetolog va nutritsiolog Nadejda Sapkina RIA Novosti agentligiga mandarinning zarari va foydasi haqida so‘zlab berdi.
Ushbu sitrus meva kalsiy, magniy, kaliy, D, K va B vitaminlari manbai. Unda ko‘plab kletchatka bor – u oshqozon-ichak traktining meyorlashishiga yordam beradi. Bundan tashqari, meva immunitet tizimini mustahkamlovchi S vitaminiga ham boy.
“Sitrus mevalari fitonsidlar va efir moylari bilan birgalikda viruslarga qarshi kurashda yordam beradi. Bioflavonoidlar va antioksidant beta-karotin mavjudligi saraton kasalligining paydo bo‘lishini oldini oladi”, - dedi Nadejda Sapkina.
Biroq, shifokor tez-tez mandarin iste’mol qilish jigar bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkinligini ham ta’kidladi. Kuniga 40 grammdan ortiq fruktoza iste’mol qilish mumkin emas. Bir kunda atigi to‘rt-beshta mandarin iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Parhezshunos sitrus mevalari keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan allergik ta’siri haqida ham eslatib o‘tdi. Bundan tashqari, gastrit bilan og‘riganlar uchun mandarin miqdorini cheklash tavsiya etiladi. Mandarin sharbati oshqozon va ichakning shilliq qavatini bezovta qilishi mumkin.