Chet elga chiqish taqiqini aniqlash osonlashdi

© Unsplash / Luis VillasmilMobilniy telefon v ruke mujchini
Mobilniy telefon v ruke mujchini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2021
Obuna bo‘lish
Besh turdagi davlat xizmatidan mobil aloqa orqali USSD so‘rovi yordamida foydalanish imkoniyati yaratildi.
TOShKENT, 30 dek – Sputnik. Endi o‘zbekistonliklar xorijga chiqishga taqiqni telefon orqali bilib olishlari mumkin. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi (DXA) matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, besh turdagi davlat xizmatidan mobil aloqa orqali USSD so‘rovi yordamida foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Quyidagi xizmatlardan bir telefon tugmasi orqali foydalanish mumkin:
bog‘chaga navbat
ijro hujjati bo‘yicha qarz
kadastr obyektiga taqiq
xorijga chiqish taqiqi
tadbirkorlar ma’lumoti.
Bu ma’lumotlarini avtomatik tarzda, navbatsiz va arizasiz olish mumkin.
Buning uchun telefon orqali *1148# USSD so‘rovini yuborish va menyudan kerakli xizmat turini tanlash kifoya. So‘rov narxi 49 so‘mni tashkil etadi.
Xizmat hozirda sinov tariqasida yo‘lga qo‘yilgan. Xizmatlar soni bosqichma-bosqich oshirib boriladi.
Yangiliklar lentasi
0