Kolumnistlar

2021 yilning harbiy-siyosiy yakunlari

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka oʻtishUcheniya "Zapad-2021" v Nijegorodskoy oblasti
Ucheniya Zapad-2021 v Nijegorodskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.12.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
2021 yilning eng muhim harbiy siyosiy voqealari bilan harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko maqolasida tanishing.
MDH mamlakatlarida 2021 yil harbiy mojarolarsiz oʻtdi. Xavfsizlik muammolari va mahalliy chegaralardagi keskinliklarni diplomatik va harbiy manevrlar bilan hal qilish mumkin boʻldi.
Shu bilan birga, Rossiya Yevropa va Osiyodagi ittifoqchilariva yaxshi qoʻshnilariuchun tinchlik va barqarorlikning ishonchli kafolati boʻlib qoldi. MDH va qoʻshni davlatlar uchun asosiy harbiy-siyosiy voqealarni xronologik tartibda emas, balki ularning ahamiyatini hisobga olgan holda koʻrib chiqaylik.

SNV -3 shartnomasining uzaytirilishi

Salbiy prognozlarga qaramay, Rossiya va AQSH 3 fevral kuni Strategik hujum qurollari toʻgʻrisidagi SNV-3 shartnomasini 5 yilga uzaytirdi, yaʼni u 2026 yil 5 fevralgacha amal qiladi. Murakkab xalqaro vaziyatda Rossiya va AQSH prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden oʻrtasidagi muzokaralar (telefon orqali) muvaffaqiyatli boʻldi. Dunyo yengil nafas oldi. Shartnoma ikki yirik yadroviy davlatning strategik barqarorligi, ochiqligining zarur darajasini kafolatlaydi. Shartnoma AQSH va Rossiyada yiliga 18 tekshiruv oʻtkazishni nazarda tutadi. SNV-3 doirasida yadroviy qkurollar miqdori Rossiya va AQSH 2018 yil 5 fevralida erishgan paritet oʻzgarishsiz qoldi, yaʼni:
700 ta qitʼalararo ballistik raketalar(QBR);
QBRlar tarkibida 1550 ta yadroviy kallaklar;
800 ta barcha turdagi, QBRlar shu jumladan ogʻir bombardimonchilar uchirish maydonchalari.
Tomonlar oʻzlarining strategik hujum qurollarining tarkibi va tuzilishini, jangovar kallaklar va etkazib berish vositalari sonini belgilangan chegaralarida mustaqil ravishda belgilash huquqiga ega.

Ozod qilingan Afgʻoniston

Avgust oyida NATO qoʻshinlarning Afgʻonistondan olib chiqilishi, Tolibonning* hokimiyat boshiga tezkor qaytishi, oʻzini sayyoraviy hakam deb daʼvo qilayotgan AQShning haqiqiy qiyofasini koʻrsatdi. Pentagonning 20 yillik afgʻon kampaniyasi uchun katta yoʻqotish bilan yakunlandi - 193 milliard dollardan 978 milliard dollargacha (turli manbaalarga koʻra) - magʻlubiyat va geosiyosiy sharmandalik. Umuman olganda AQSH oʻnlab yillar davomida rivojlanayotgan mamlakatlarda “cheksiz” urushlarda magʻlub boʻlmoqda.
AQSH va Tolibon* 2020 yilning 29 fevralda Dohada Afgʻoniston sobiq hukumati, Tolibon* va boshqa kuchlar oʻrtasida siyosiy kelishuvga erishgan edi. Buning evaziga evaziga xorijiy qoʻshinlarni (NATO) olib chiqishni nazarda tutuvchi tinchlik bitimi tuzildi. Aslida esa, Tolibon * hokimiyatni raqiblari bilan boʻlishishni rejalashtirmagan va ikki hafta ichida Kobuldagi amerikaparast hukumatni qurol kuchi bilan siqib chiqardi. Shunday qilib, Amerikaning Afgʻonistonda davlat qurilishi tajribasi yanada halokat bilan tugadi. Markaziy Osiyo davlatlari oʻz hududlarida Pentagonning “muqobil aerodromi” (aslida tartibsizlikni proyektsiya qilish platformasi)ni joylashtirishdan qatʼiyan bosh tortgani bejiz emas.

NATO yoʻnalishi boʻyicha bombalar

Moskva Shimoliy alyans uchun harakat chegaralarini juda keskin belgilab berdi. Britaniyaning Defender 23 esminetsi Rossiya chegarasini buzib 3 km ichkariga kirganda. Rossiya chegara xizmati va Qora dengiz floti artilleriya qurollaridan oʻt ochib kema yoʻnalishini “toʻgʻrilab qoʻyishdi”.
Britaniya Mudoffaa vazirligining rasmiy versisyasi, “goʻyoki kema Ukraina hududi orqali harakatlangani” toʻgʻrisidagi bayonotlari, oʻt ochish bilan tekshiruvdan oʻtmadi. Qrim qirgʻoqlari yaqinida ataylab uyushtirilgan provokatsiya ayrim Britaniya kemasi ekipaji aʼzolari uchun soʻnggi missiya boʻlishi mumkin edi.
Ushbu voqea butun dunyoga NATO kemalari yuqori texnologik qurol oldida qanchalik ojiz ekanini yaqqol namoyish qildi. Sea Breeze-2021 oʻquv mashqlari doirasida hududiy ittifoqchilarining 32ta kemasi, 40ta samolyoti va 5 mingdan ortiq askardan iborat qoʻllab-quvvatlashiga qaramasdan.
Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sergey Ryabkov “hamkorlar”ni biroz kamsitib boʻlsa-da 24 iyun kuni Rossiya chegaralari buzilmas ekaniniga aniq ishora qildi "Biz sogʻlom fikr yuritishga, xalqaro huquq talablarini bajarishga, chaqirishimiz mumkin. Agar bular yordam bermasa nafaqat kema kursi boʻyicha balkim aniq nishonga har bomba tashlashimiz mumkin, agar hamkasabalar bizni tushunmayotgan boʻlsa”.

"Gʻarb-2021" – munosib javob

Belarus va Rossiya sentyabr oyida "Zapad-2021" strategik oʻquv mashqlari oʻtkazishdi. Unda 200 mingga yaqin harbiylar, 290 ta tank, 240 ta artilleriya toʻplari va reaktiv oʻt ochish tizimlari va 15 ta kema ishtirok etdi.
Ushbu oʻquv-mashqlarda yangi harbiy texnika namunalari va yangi taktik uslublardan foydalanildi. Jangovar boʻlinmalarda moto-oʻqchilar bilan yonma-yon
"Uran-9" va "Nerexta" zarba beruvchi robotlari ishtirok etdi. Ular 5km boʻlgan masofada shartli dushmanning tirik joni va bronetexnikasini yoʻq qildi. Hujumda “Ataka” oʻt ochuvchi raketa tizimlari, reaktiv olov purkagichlar va 30mm li toʻplar ham ishtirok etdi.
Rossiya qoʻshinlari 60ta samolyot yordamida yoppasiga aviatsiya zarbasi berishni ham mashq qilishdi. Unda oltita Tu-22M3 ogʻir bombardimonchi samolyotlar ham bor edi. Shuningdek, "Inoxodets" ("Orion") va "Forpost" kabi zarba beruvchi uchuvchisiz apparatlar ham ishtirok etdi. Havo desant kuchlarining tungi tashlash mashqi ham bajarildi. 1500 metr masofada portlovchi moddalar portlatilishi “dushmanni” ichki kuchlari bilan “aloqasini” uzib qoʻydi. Ittifoqchi davlatlar xavfsizligini taʼminlash mashqlari muvaffaqiyatli bajarildi.
"Gʻarb -2021" mashqlari AQSH boshchiligida oʻtgan keng koʻlamli Defender Europe 21 manyovrlariga munosaib javob boʻldi.Mart oyida boʻlib oʻtgan ushbu mashgʻulotlar Uchinchi jahon urushini eslatdi – 26ta davlatdan 30 ming harbiylar yevropaning 12ta davlatida joylashgan 30 ta poligonida mashqlar oʻtkazishdi. Amerikaliklar Yevropaga nafaqat askarlarni balkim 1200 dona jangovar texnika ham olib kelishdi.

Pyorl-Xarbor-II

Iyun oyida Rossiya yangi tarixida ilk bor AQSH hududda joylashgan strategik obʼyektlarga ommaviy raketa zarbasi bersh mashqi oʻtkazildi. Amerikaning Pyorl-Xarbor harbiy bazasi yonida boʻlib oʻtgan mashqlarda Tinch okeani floti ("Varyag" raketa kreyseri) Uzoq aviatsiya bilan hamkorlikda Gavayya orollari qirgʻoqlaridan 20 dengiz mili masofasida joylashgan dushmanning avia tashuvchi guruhini yoʻq qilish mashqini bajardi.
Amerikaliklar boʻlib oʻtayotgan "Perl-Xarborom-II"dan juda xavotirga tushishdi, oʻzlarining eng yaxshi qiruvchi samolyoti F-22 Raptorni havoga koʻtarishdi. Gavayya shtati – Rossiyaning Qrim yarim oroliga oʻxshaydi, Amerikaning choʻkmaydigan aviatashuvchisi.
Rossiya Tinch okeani floti 20ta kemadan iborat 4 qator tuzdi. Ular may oyida trli yoʻnalishlardan yoʻlga chiqib bir vaqtda yashirin ravishda hujum nuqtasiga yetib kelishdi. Bu Rossiya qirgʻoqlaridan 4ming km masofa. Hujumchi kemalar "Vulkan", "Kalibr", "Uran" kabi raketlar bilan jihozlangan edi. Kerakli vaqtda dengiz guruhiga zarba beruvchi raketa tashuvchilar Tu-95MS va Tu-160lar ham qoʻshildi. Bunday jamlanman yuqori texnologiyalari va ishonarli boʻldi.
Rossiya, kerak boʻlganda dunyo okeanining istalgan nuqtasida raqibga gipertovushli yoki termoyadroviy zarba berishi mumkin. Bu hali imkoniyatlarning bir qismi xolos.

Kosmik qurol

S-550 – eng yangi koinotdagi nishonlarga zarba beruvchi tizim ushbu yilda davlat sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtdi va jangovar navbatchilikka kirishdi. S-550 oldingilaridan oʻzining uzoqqa zarba berish va keng diapazonda har qanday nishonni tutib olish qobiliyati bilan ajralib turadi.
Kosmik qurol hisoblangan ushbu qurol qitʼalararo ballistik raketalarni ham tutib olish qobiliyatiga ega. Buning dalili sifatida Yer orbitasidagi eski sputnik "Tselina-D"ni aniq urib tushirilishini aytish mumkin. Bunday fantastik qurolni dunyo hamjamiyati hozircha munosib baholay olgani yoʻq.
AQSH kosmik kuchlari Rossiya tomonidan sputnikning yoʻq qilinishini – ogohlantirish deb qabul qilishmoqda. Mabodo ertaga urush boshlanib qolsa Pentagon 1-2 soat ichida aksariyat kosmik razvedka va navigatsiya apparatlaridan mahrum boʻlishi mumkin. Rossiyada S-550 noyabrdan ishlab chiqarila boshlandi. Ularda esa bunday tizim yoʻq.

Uzoqni nishonga olib

Kollektiv Gʻarbining gibrid harbiy tahdidlariga Rossiya strategik raketa tashuvchi samolyot Tu-160Mni mutlaq yangilash bilan javob berdi. Rossiyaning uzoq masofaga zarba beruvchi strategik bombardimonchilari Tu-22M3 va Tu-160 noyabr oyidan buyon xalqaro xavfsizlikni yanada faolroq himoya qilmoqda. Ular Kremlning tinch niyatini Belarus, Oʻrta-yer dengizi, Yapon dengizi va Sharqiy-Xitoy dengizlari ustida tarqatmoqda.
Moskva, Minsk, Damashq va Pekinning harbiy hamkorligi rivojlanayotgani kelajakda koʻplab qiziq voqealardan darak berishi mumkin.
Dekabr oyida Rossiya “hamkorlar”ni tinchlik va xavfsizlikni kafolatlashga chaqirdi. AQSH va NATOga aniq shartnoma loyihalarini taklif qildi. Agar ular ushbu imkoniyatdan voz kechishsa, Rossiya assimmetrik javob sifatida Kuba, Eron, Suriya, KXDR va boshqa davlatlar bilan harbiy hamkorlikni boshlashga olib kelishi mumkin. Ushbu hamkorlik doirasida 5500 km masofaga zarba beruvchi strategik qanotli raketalar samolyotlarda joylashtirish mumkin boʻlgan X-101 va yadroviy X-102 raketalari joylashtirilishi mumkin. Ushbu raketalar SNV-3 shartnomasiga kirmaydi. Oʻshanda hamma oʻz kelishuvchanlik imkoniyatiga yarasha javob oladi.
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning Telegram-kanaliga obuna boʻling
*Terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostidagi tashkilot
Yangiliklar lentasi
0