Munajjimlar bashorati-2022: Qisqichbaqa burji vakillarini nimalar kutmoqda?

© Pixabay/Darkmoon_artZnak zodiaka Rak
Znak zodiaka Rak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2021
Obuna bo‘lish
Kelayotgan yil barcha Qisqichbaqalar (Saraton) uchun unutilmas bo‘ladi: kimdir ishda kutilmagan muvaffaqiyatga erishishi, kimdir doimiy yashash joyini o‘zgartirishi va kimnikidadir to‘y yoki yangi oila a’zosi paydo bo‘lishi mumkin. Ular uchun 2022-yilgi munajjimlar bashoratini quyida o‘qing.

Qisqichbaqa burji vakillarini 2022-yilda nimalar kutmoqda?

Kelayotgan yil barcha Qisqichbaqalar (Saratonlar) uchun unutilmas bo‘ladi: kimdir ishda kutilmagan muvaffaqiyatga erishishi, kimdir doimiy yashash joyini o‘zgartirishi va kimnikidadir to‘y yoki yangi oila a’zosi paydo bo‘lishi mumkin. Qisqichbaqa burji vakillari uchun 2022-yilgi eng aniq munajjimlar bashoratini o‘qing.
Qisqichbaqa burjida tug‘ilganlar o‘ta konservatorlar va ular uchun eng yomon bashorat - o‘z komfort zonasini tark etishlari haqidagi xabar bo‘lsa kerak. Yaxshiyamki, 2022-yil homiysi, Qora suv yo‘lbarsi qanday sanada tug‘ilgan bo‘lmasin ular uchun butunlay boshqacha ssenariylar tayyorlab qo‘ygan
Umuman olganda, Yo‘lbars 2022-yilda ko‘plab burj belgilariga sodiq, ammo Qisqichbaqa yulduzi turkumi ostida tug‘ilgan odamlar ayniqsa omadli bo‘ladi, chunki ularniyil egasi bilan bir element bilan birlashadi. Qisqichbaqa kabi, yo‘lbars ham kelayotgan yilda suv elementini ostida bo‘ladi.

Qisqichbaqa burjining umumiy xususiyatlari

Elementlarga qo‘shimcha ravishda, Yo‘lbars va Qisqichbaqa (22 iyun - 22-iyul) xarakterda ham o‘xshashliklar bor: Yo‘lbars - olijanob va kuchli, Qisqichbaqa ham .
Darhaqiqat, Oyning ta’siri tufayli sezgir va hatto arazchi bo‘lsalarda, Qisqichbaqalar o‘zlarining his-tuyg‘ularini mohirlik bilan yashira oladi va tashqi tomondan har doim xotirjam ko‘rinadi. Garchi ular muvaffaqiyatsizlik yoki ayriliq tufayli uzoq tashvishlanib yursalarda. Qisqichbaqa burjida tug‘ilganlar boshqalarga negativni ko‘rsatmaganlari sababli, ular yaxshi va mulohazali rahbar bo‘la oladilar
Sovuqqon aql kuzatuvchanlik rivojlanishiga yordam beradi - Qisqichbaqa boshqa odamlarning qalbida nima sodir bo‘layotganini juda yaxshi tushunadi, shu sabab ajoyib psixolog bo‘lishi mumkin. Qisqichbaqani aldash esa oson ish emas.
Boshqalarni tinchlantirsa va rag‘batlantirsada, Qisqichbaqa burjidagilar sirlarini hech kimga aytmaydi, maksimum ular o‘z oilalari bilan muammolarni muhokama qilishi mumkin. Shunda ham ular shunchalik xotirjam muhokama qiladilarki, hech kim ularni nimadandir tashvishlanyapti deb o‘ylamaydi. Aslida, Qisqichbaqa burjidagilar shunchaki qadrli insonlarini keraksiz tashvishlardan himoya qilishga harakat qiladi.
Umuman olganda, Qisqichbaqa sodiqligi va fidoiyligi bilan ajralib turadi, u boshqalar uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishdan cho‘chimaydi. Tabiatan rahbar bo‘lgan qisqichbaqalar shaxsiy yoki biznes bo‘ladimi har qanday munosabatlarda, o‘zi qaror qabul qiladiganlardan. Ular qanday qilib oldinga intilishni, oldindan vaziyatning qanday rivojlanishini biladilar. O‘zlarini yaxshi strateg sifatida namoyon qiladilar shuning uchun atrofidagilar, odatda, qisqichbaqa tashabbus ko‘rsatsa, rozi bo‘ladi. Qisqichbaqalarga ishonish mumkin deb hisoblaydilar .
Jiddiy va qattiqqo‘l bo‘lsalarda, Qisqichbaqalar keksalikka qadar qiziquvchan va tuyg‘ularga beriluvchan bo‘lib qoladi. Munosabatlarda ular sezgir va g‘amxo‘r sheriklar, lekin ularning tabiiy uyatchanligi ba’zan o‘zlarini butunlay ko‘rsatishga to‘sqinlik qiladi.
Agar Qisqichbaqa xafa bo‘lsa, uyatchanlikdan asar ham qolmaydi - baqirmasdan turib qisqichbaqalar sovuq va quruqqina qilib ularni xafa qilganlarga hammasini shart aytishlari va butunlay hayotidan chiqarib tashlashlari mumkin. Biroq, 2022-yilda Qisqichbaqaning odamlar bilan munosabatlari ijobiy bo‘ladi.

Qisqichbaqa uchun umumiy munajjimlar bashorati

2022 yilda Qisqichbaqalarga Buzoq belgisida joylashgan Uran sayyorasi ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu ikki belgi odatda ideal tarzda birlashtirilgan, shuning uchun Buzoq burjidagi Uran Qisqichbaqaning ishdagi yutuqlariga hissa qo‘shadi.
Baliq burjidan Qisqichbaqaga Yupiter sayyorasi ta’sir qiladi. Munajjimlar Yupiterni baxt sayyorasi deya ataydi, chunki u omad chaqiradi. Shuning uchun, yanvardan maygacha, shuningdek, dekabrda astrolog Tamara Globa Qisqichbaqalar uchun ko‘plab muvaffaqiyatlarni bashorat qilmoqda va ularning barchasi to‘satdan, eng kamida, qisqichbaqa ularni kutayotgan paytda sodir bo‘ladi. Biroq, shuni yodda tutish kerakki, bu shunchaki omad emas, axir qisqichbaqalar 2021-yilda qattiq va vijdonan mehnat qilgan.
Shuningdek, 2022-yil sayohat uchun qulay. 22-iyundan 1-iyulgacha tug‘ilgan ba’zi Qisqichbaqalar uzoq vaqtdan beri orzu qilganidek, boshqa shahar yoki mamlakatga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Qisqichbaqa uchun moliyaviy munajjimlar bashorati

Qisqichbaqalarning moliyaviy jabhada omadi chopgan. Ba’zi qisqichbaqalar kutilmaganda merosxo‘r bo‘lishlari mumkin. “Kechroq tug‘ilgan” qisqichbaqalar yilning birinchi yarmida daromadning o‘sishidan xursand bo‘ladi - ehtimol ish haqining oshishi yoki ish joyini o‘zgartirish taklifi sabab.
O‘z biznesini boshlashni orzu qilgan qisqichbaqalar ishonch bilan o‘z g‘oyalarini amalga oshirishlari mumkin - Yupiter va Uran ular tomonda bo‘ladi. Moliya sohasida eng qulay davr 1-10 iyul kunlari bo‘lishi kutilmoqda - bu vaqtda Qisqichbaqalar hatto lotereya yutib olishi mumkin. Ishda o‘sish esa yanvar oyining oxirida, shuningdek avgust oyida bo‘lishi mumkin.

Qisqichbaqa uchun salomatlik munajjimlar bashorati

2022 yilda Qisqichbaqa uchun munajjimlar mavsumiy shamollashdan tashqari hech qanday muammolarni bashorat qilmaydi. Va hozirgi holat yaxshilanishi mumkin: 2021-yilda ko‘plab Qisqichbaqalar surunkali kasalliklarni boshdan kechirgan. 2022-yilda bu holat o‘zgaradi. Kelgusi yil yangi davolash kursini sinab ko‘rish, sanatoriyga davolanish yoki shifokorni almashtirish uchun qulay

Qisqichbaqa uchun sevgi munajjimlar bashorati

Qora suv yo‘lbarsi qisqichbaqa uchun shaxsiy munosabatda ham yoqimli va kutilmagan hodisalar tayyorlagan. 2022-yilning fevral oyidan boshlab sevgi sayyorasi Venera Qisqichbaqalar hayotidagi tuyg‘ularga faol ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, qisqichbaqalar o‘tishi kerak bo‘lgan yagona qiyin davr - yanvar.
Yanvar oyida o‘tmishdagi Qisqichbaqalar qaytishi mumkin va bunda hammasi ularning o‘ziga bog‘liq - faqat ushbu burj vakillarining o‘zlari hammasini qaytadan boshlash yoki munosabatlar bilan xayrlashishni hal qiladi. Ilgari ko‘plab muammolarga sabab bo‘lgan munosabatlarni davom ettirishga qaror qilgan qisqichbaqalar engil nafas olishlari mumkin - 2022-yil tinchlik va romantika olib keladi.
Yolg‘iz qisqichbaqa burji vakillari esa tushkunlikka tushmasligi kerak - yil davomida ularni yorqin tanishuvlar kutadi. Ushbu burjning kuchli jins vakillari orzusidagi ayolni uchratishi mumkin - ehtimol ular bir-birlarini avvalroq bilishgan, ammo endi unga boshqachanigoh bilan qaraydi. Qisqichbaqa burjidagi erkaklarga ko‘pincha kuchli ayollar yoqadi, agar ular tuyg‘ularini bostirishga harakat qilmasa, baxtli juftlik bo‘lishi mumkin.
Qisqichbaqa burjining nozik jins vakillari esa, birdan to‘y haqida gapira boshlaydigan inson bilan uchrashishlari mumkin. Aytgancha, to‘y uchun eng yaxshi vaqt yoz - iyul va avgust oylari. Oilali qisqichbaqa burji vakillari xonadonida esa yangi oila a’zolari paydo bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid:

2022 yil munajjimlar bashorati: Egizaklarni nimalar kutmoqda
Yo‘lbars yilida qaysi burj vakillariga muhabbat bobida omad kulib boqadi
Qaysi burj vakillari qanday kasblarda ko‘proq ishlashi ma’lum bo‘ldi
Vanga va Nostradamus 2022-yilga nimalarni bashorat qilgan
Yangiliklar lentasi
0