https://oz.sputniknews.uz/20211229/rossiyada-migrantlar-uchun-yangi-qoidalar-kuchga-kirdi-22003552.html
Rossiyada migrantlar uchun yangi qoidalar kuchga kirdi
Rossiyada migrantlar uchun yangi qoidalar kuchga kirdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga 90 kundan ortiq muddatga kelgan xorijliklar va mehnat migrantlari mamlakatda OIV, giyohvand moddalar va bir qator yuqumli kasalliklar bo‘yicha testlardan o‘tishi shart.
2021-12-29T15:09+0500
2021-12-29T15:09+0500
2023-04-05T18:35+0500
migratsiya
migrantlar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/04/20365014_0:0:2985:1680_1920x0_80_0_0_6fbb37cace818ceee8a8e6b965bf466b.jpg
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Bugun Rossiyada mehnat va uzoq muddatga kelgan migrantlar uchun yangi qoidalar kuchga kirdi.Rossiyaga 90 kundan ortiq muddatga kelgan xorijliklar va mehnat migrantlari mamlakatda OIV, giyohvand moddalar va bir qator yuqumli kasalliklar bo‘yicha testlardan o‘tishi shart.Bundan tashqari, endi barcha tibbiy ma’lumotnomalarni 3 oy ichida Ichki ishlar vazirligiga topshirilishi kerak. Hujjatlarning amal qilish muddati - bir yil, keyin testlarni takrorlash kerak.Shuningdek, xorijliklar mamlakatda 90 kundan ortiq qolmoqchi bo‘lsa, kirgan kundan boshlab 90 kun ichida suratga tushishi va barmoq izlarini topshirishi kerak. Mehnat migrantlari 30 kun ichida yoki ishga hujjatlarni olganda barmoq izlaridan o‘tishi kerak. Buning uchun ular Ichki ishlar vazirligining hududiy organiga, unga qarashli idora yoki vakolatli tashkilotga shaxsan murojaat qilishlari zarur.Qayd etilishicha, biometrik ma’lumotlar topshirganlik haqida hujjat chipli karta ko‘rinishida berish yo‘lga qo‘yiladi. Kartada ism, tug‘ilgan sana, jinsi, fuqaroligi va pasport ma’lumotlari, shuningdek, barmoq izlari va surati bo‘ladi.Patentlar ham migrantlarga biometrik ma’lumotlarga ega elektron chipli kartalar ko‘rinishida beriladi. Old tomonda shaxsiy ma’lumotlar qayd etiladi: foto, ism, tug‘ilgan sanasi, fuqarolik, pasport raqami va kasbi, orqa tomonida - ish joyi, patent berilgan joy va sana. Chipga egasining biometrik ma’lumotlarini joylashtirish rejalashtirilmoqda: yuzning elektron surati va barmoq izlari.Mavzuga oid so‘nggi materiallar:Rossiyada migrantlar uchun patentning yangi shakli tasdiqlandi>>Rossiya IIV migrantlarni barmoq izlarini qayta topshirishga yuborishni taklif qildi>>Rossiyada migrantlarga qachondan ID-karta berilishi ma’lum bo‘ldi>>
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/04/20365014_123:0:2852:2047_1920x0_80_0_0_a483aeb0d9328d6d25eb246d9820ec8e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbek migrantlari rossiyada o‘zbek migrantlari rossiyada migrantlar test yangi qoidalar barmoq izlati suratga tushish rossiyada migrantlar uchun yangi qoidalar kuchga kirdi
o‘zbek migrantlari rossiyada o‘zbek migrantlari rossiyada migrantlar test yangi qoidalar barmoq izlati suratga tushish rossiyada migrantlar uchun yangi qoidalar kuchga kirdi
Rossiyada migrantlar uchun yangi qoidalar kuchga kirdi
15:09 29.12.2021 (yangilandi: 18:35 05.04.2023) Bugun Rossiyada mehnat va uzoq muddatga kelgan migrantlar uchun yangi qoidalar kuchga kirdi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Bugun Rossiyada mehnat va uzoq muddatga kelgan migrantlar uchun yangi qoidalar kuchga kirdi.
Rossiyaga 90 kundan ortiq muddatga kelgan xorijliklar va mehnat migrantlari mamlakatda OIV, giyohvand moddalar va bir qator yuqumli kasalliklar bo‘yicha testlardan o‘tishi shart.
Bundan tashqari, endi barcha tibbiy ma’lumotnomalarni 3 oy ichida Ichki ishlar vazirligiga topshirilishi kerak. Hujjatlarning amal qilish muddati - bir yil, keyin testlarni takrorlash kerak.
Shuningdek, xorijliklar mamlakatda 90 kundan ortiq qolmoqchi bo‘lsa, kirgan kundan boshlab 90 kun ichida suratga tushishi va barmoq izlarini topshirishi kerak. Mehnat migrantlari 30 kun ichida yoki ishga hujjatlarni olganda barmoq izlaridan o‘tishi kerak. Buning uchun ular Ichki ishlar vazirligining hududiy organiga, unga qarashli idora yoki vakolatli tashkilotga shaxsan murojaat qilishlari zarur.
Qayd etilishicha, biometrik ma’lumotlar topshirganlik haqida hujjat chipli karta ko‘rinishida berish yo‘lga qo‘yiladi. Kartada ism, tug‘ilgan sana, jinsi, fuqaroligi va pasport ma’lumotlari, shuningdek, barmoq izlari va surati bo‘ladi.
Patentlar ham migrantlarga biometrik ma’lumotlarga ega elektron chipli kartalar ko‘rinishida beriladi. Old tomonda shaxsiy ma’lumotlar qayd etiladi: foto, ism, tug‘ilgan sanasi, fuqarolik, pasport raqami va kasbi, orqa tomonida - ish joyi, patent berilgan joy va sana. Chipga egasining biometrik ma’lumotlarini joylashtirish rejalashtirilmoqda: yuzning elektron surati va barmoq izlari.
Mavzuga oid so‘nggi materiallar: