https://oz.sputniknews.uz/20211229/rossiya-armiyasi-aqlli-bmplar-davriga-qadam-qoydi-22000355.html
Rossiya armiyasi "aqlli" BMPlar davriga qadam qo‘ydi
Rossiya armiyasi "aqlli" BMPlar davriga qadam qo‘ydi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya armiyasida mavjud BMP-3 zirhli mashinalari yaqin kelajakda zamonaviy avtomatik, nishonga olish, bir necha nishonni kuzatish va yoppasiga yoki ketma-ket o‘t ochish tizimi "Epoxa" bilan jihozlanadi.
2021-12-29T15:30+0500
2021-12-29T15:30+0500
2023-04-05T18:35+0500
kolumnistlar
harbiy texnika
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/1d/22004104_0:136:3159:1913_1920x0_80_0_0_79e69d82618ac33d7900af3aee38bd59.jpg
TOShKENT, 29 dek - Sputnik. Rossiyada ishlab chiqilgan quruqlik qo‘shinlarining zirhli texnikasi o‘zining yuqori jangovar xususiyatlari va har qanday iqlim sharoitida ishonchli ishlashi bilan dunyoga tanilgan. Yaqinda ishlab chiqarish boshlangan BMP B-19 va uning "Epoxa" moduli ham ana shu shonli an’anani davom ettirmoqda.Piyodalar jangovar mashinasi (BMP) B-19 sinovlarni yakunlab, Rossiya qurolli kuchlari safiga yaqin vaqt ichida qabul qilinishi kerak. 12ta zirhli avtomobildan iborat sinov partiyasi harbiy bo‘linmalar safida 2019-yildan buyon Mudofaa vazirligida sinovdan o‘tmoqda. BMP B-19 "G‘arb-2021" strategik o‘quv mashqlari davomida ham o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. O‘shanda jangovar mashina vzvod tarkibida shartli raqibning asosiy kuchlarini to‘xtatib turish uchun Belarus, Hindiston, Mo‘g‘uliston, va Rossiya kuchlarining oldingi safda jangga kirishdi. Eng yangi mashinalar harbiy qo‘shinlarning jangovor mustahkamligini saqlash va mudofaaning muhim pozitsiyalarini himoya qilishda yordam berdi. Rossiya Quruqlik qo‘shinlarining bosh qo‘mondoni Oleg Salyukov 27-dekabr kuni eng yangi jangovar mashina B-19ning o‘t ochish imkoniyatlari Rossiyada oldin ishlab chiqarilgan BMP-2 va BMP-3 avtomobillaridan ancha ustun ekanini qayd etdi. 57-millimetrli avtomatik pushka, "Kornet" va "Bulat" nomli kichik boshqariluvchi raketalar bilan jihozlangan "Epoxa" jangovar moduli har qanday jang sharoitida bo‘linmaga yuqori o‘t ochish imkoniyat yaratadi. Ushbu qurollar dushmanning tank, uchuvchisiz apparat, past uchuvchi samolyotlari, vertolot va tirik jonlarini yo‘q qilishi mumkin. BMP qurollar tizimining asosiy xususiyati - avtomatik ravishda nishon izlash, raqib nishonni tanib olish va kuzatib borish va BMP ekipajiga bir vaqtda yoki navbat bilan bir necha nishonga zarba berishni taklif qilishdir. "Aqlli" o‘t ochish tizimi raqibni kunduzi va tunda nishonga olish hamda raqib tomonning xavfli obyektlari haqida ma’lumot berish imkoniga ega. Odamsiz boshqariladigan "Epoxa" universal moduli - jangovar mashina ekipajning qulaylik va xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Uni masofadan turib - mashina komandiri yoki shturman terminali orqali boshqarish mumkin. Modul panoramali nishonga olish tizimi bilan jihozlangan bo‘lib raqibga har qanday ob-havo sharoitida, tunu-kun zarba berish imkoniyatiga ega. Olamshumul xususiyatlar Past ballistikali avtomatik to‘p va 7,62 mmli juft pulemot (PKTM), "Kornet" va "Bulat" raketa uchirish moslamalari mutaxassislarga yaxshi tanish. "Kornet" - 8km masofagacha zarba berishi mumkin, "Bulat" - esa yengil zirhli texnika va boshqa turli xil nishonlarga, mudofaa va hujum vaqtida zarba berishi mumkin. "Epoxa" universal jangovar moduli yordamida hozir foydalanilayotgan BMP-3 harbiy mashinalarini ham yangilash mumkin. Ikkovining birgalikda ko‘rinishi ham monand, va ushbu jarayon yuqori texnologiyali bo‘ladi: yangilangan shassi, "sun’iy ong" darajasiga yetgan avtomatik tizim, o‘t ochish tizimini boshqarish BMP-3dan ancha yuqori bo‘ladi. Bularning barchasi jangovar samaradorlikni keskin oshiradi va kelajakda zamonaviy ishlanmalarni qo‘llash imkonini beradi. Jumladan razvedka, ma’lumot uzatish, nishonni ko‘rsatish, yerdagi va ko‘kdagi boshqa mashinalar bilan aloqa qilish va jang maydonida kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa tizimlar. B-19ning "Epoxa" jangovar moduli Tula Konstruktorlik burosida ishlab chiqilgan. Uning asosiy vazifasi - mavjud BMP-3 mashinalarini zamonaviylashtirish va kelajak zirhli mashinalarini jihozlashdir. Jangovar bo‘linma va odamlar o‘tiradigan bo‘linmalarning bir-biridan ajratilishi, mashinada qo‘shimcha besh hajmlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu esa kelajakda B-19ni qo‘shimcha qurol va uskunalar bilan jihozlash imkonini beradi. Piyodalar jangovar mashinasi B-19ning og‘irligi 18,7 tonna. dvigatel quvvati 500 ot kuchi, shosseda bosib o‘tishi mumkin bo‘lgan masofa – 600 km. Ekipaj – 3 kishi va 7 nafar desantchilar. Albatta mashinaning ayrim xususiyatlari jamoatchilikdan sir saqlanmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi "Epoxa" jangovar moduli bilan jihozlangan BMP-3 avtomobillari yetkazib berish bo‘yicha shartnomani "Armiya-2017" forumi doirasida imzolagan edi. Mening fikrimcha, o‘rta muddatli kelajakda BMP B-19 va "Epoxa" jangovar moduli jahon qurol-aslaha bozorida o‘z o‘rnini topadi. Rossiya Federatsiyasi ztirhli atomobillari jahon bozorida o‘zining munosib o‘rniga ega. 2010-2017 yildlar davomida Rossiya 1200dan ortiq jangovar mashina sotgan. Ularning aksariyati BMP-3 va BTR-80A, umumiy qiymati 1,48 mlrd dollar.Aytish joizki Rossiya Quruqlik qo‘shinlari 2021-yilda 2500 yaqin yangi qurol namunalari, harbiy va maxsus texnika, jumladan BMP-3, BTR-82A, T-90M va yangilangan T-72BZM va T-80BVM tanklari olishdi.Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/1d/22004104_214:0:2945:2048_1920x0_80_0_0_62338e4a1c6aa8ae61d5375469076a91.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
rossiya bmp-3 zirhli mashinalar "epoxa"
rossiya bmp-3 zirhli mashinalar "epoxa"
Rossiya armiyasi "aqlli" BMPlar davriga qadam qo‘ydi
15:30 29.12.2021 (yangilandi: 18:35 05.04.2023) Rossiya armiyasida mavjud BMP-3 zirhli mashinalari yaqin kelajakda zamonaviy avtomatik, nishonga olish, bir necha nishonni kuzatish va yoppasiga yoki ketma-ket o‘t ochish tizimi "Epoxa" bilan jihozlanadi.
TOShKENT, 29 dek - Sputnik. Rossiyada ishlab chiqilgan quruqlik qo‘shinlarining zirhli texnikasi o‘zining yuqori jangovar xususiyatlari va har qanday iqlim sharoitida ishonchli ishlashi bilan dunyoga tanilgan. Yaqinda ishlab chiqarish boshlangan BMP B-19 va uning "Epoxa" moduli ham ana shu shonli an’anani davom ettirmoqda.
Piyodalar jangovar mashinasi (BMP) B-19 sinovlarni yakunlab, Rossiya qurolli kuchlari safiga yaqin vaqt ichida qabul qilinishi kerak. 12ta zirhli avtomobildan iborat sinov partiyasi harbiy bo‘linmalar safida 2019-yildan buyon Mudofaa vazirligida sinovdan o‘tmoqda.
BMP B-19 "G‘arb-2021" strategik o‘quv mashqlari davomida ham o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. O‘shanda jangovar mashina vzvod tarkibida shartli raqibning asosiy kuchlarini to‘xtatib turish uchun Belarus, Hindiston, Mo‘g‘uliston, va Rossiya kuchlarining oldingi safda jangga kirishdi. Eng yangi mashinalar harbiy qo‘shinlarning jangovor mustahkamligini saqlash va mudofaaning muhim pozitsiyalarini himoya qilishda yordam berdi.
Rossiya Quruqlik qo‘shinlarining bosh qo‘mondoni Oleg Salyukov 27-dekabr kuni eng yangi jangovar mashina B-19ning o‘t ochish imkoniyatlari Rossiyada oldin ishlab chiqarilgan BMP-2 va BMP-3 avtomobillaridan ancha ustun ekanini qayd etdi. 57-millimetrli avtomatik pushka, "Kornet" va "Bulat" nomli kichik boshqariluvchi raketalar bilan jihozlangan "Epoxa" jangovar moduli har qanday jang sharoitida bo‘linmaga yuqori o‘t ochish imkoniyat yaratadi. Ushbu qurollar dushmanning tank, uchuvchisiz apparat, past uchuvchi samolyotlari, vertolot va tirik jonlarini yo‘q qilishi mumkin.
BMP qurollar tizimining asosiy xususiyati - avtomatik ravishda nishon izlash, raqib nishonni tanib olish va kuzatib borish va BMP ekipajiga bir vaqtda yoki navbat bilan bir necha nishonga zarba berishni taklif qilishdir. "Aqlli" o‘t ochish tizimi raqibni kunduzi va tunda nishonga olish hamda raqib tomonning xavfli obyektlari haqida ma’lumot berish imkoniga ega.
Odamsiz boshqariladigan "Epoxa" universal moduli - jangovar mashina ekipajning qulaylik va xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Uni masofadan turib - mashina komandiri yoki shturman terminali orqali boshqarish mumkin. Modul panoramali nishonga olish tizimi bilan jihozlangan bo‘lib raqibga har qanday ob-havo sharoitida, tunu-kun zarba berish imkoniyatiga ega.
Past ballistikali avtomatik to‘p va 7,62 mmli juft pulemot (PKTM), "Kornet" va "Bulat" raketa uchirish moslamalari mutaxassislarga yaxshi tanish. "Kornet" - 8km masofagacha zarba berishi mumkin, "Bulat" - esa yengil zirhli texnika va boshqa turli xil nishonlarga, mudofaa va hujum vaqtida zarba berishi mumkin.
"Epoxa" universal jangovar moduli yordamida hozir foydalanilayotgan BMP-3 harbiy mashinalarini ham yangilash mumkin. Ikkovining birgalikda ko‘rinishi ham monand, va ushbu jarayon yuqori texnologiyali bo‘ladi: yangilangan shassi, "sun’iy ong" darajasiga yetgan avtomatik tizim, o‘t ochish tizimini boshqarish BMP-3dan ancha yuqori bo‘ladi. Bularning barchasi jangovar samaradorlikni keskin oshiradi va kelajakda zamonaviy ishlanmalarni qo‘llash imkonini beradi. Jumladan razvedka, ma’lumot uzatish, nishonni ko‘rsatish, yerdagi va ko‘kdagi boshqa mashinalar bilan aloqa qilish va jang maydonida kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa tizimlar.
B-19ning "Epoxa" jangovar moduli Tula Konstruktorlik burosida ishlab chiqilgan. Uning asosiy vazifasi - mavjud BMP-3 mashinalarini zamonaviylashtirish va kelajak zirhli mashinalarini jihozlashdir. Jangovar bo‘linma va odamlar o‘tiradigan bo‘linmalarning bir-biridan ajratilishi, mashinada qo‘shimcha besh hajmlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu esa kelajakda B-19ni qo‘shimcha qurol va uskunalar bilan jihozlash imkonini beradi.
Piyodalar jangovar mashinasi B-19ning og‘irligi 18,7 tonna. dvigatel quvvati 500 ot kuchi, shosseda bosib o‘tishi mumkin bo‘lgan masofa – 600 km. Ekipaj – 3 kishi va 7 nafar desantchilar. Albatta mashinaning ayrim xususiyatlari jamoatchilikdan sir saqlanmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi "Epoxa" jangovar moduli bilan jihozlangan BMP-3 avtomobillari yetkazib berish bo‘yicha shartnomani "Armiya-2017" forumi doirasida imzolagan edi. Mening fikrimcha, o‘rta muddatli kelajakda BMP B-19 va "Epoxa" jangovar moduli jahon qurol-aslaha bozorida o‘z o‘rnini topadi. Rossiya Federatsiyasi ztirhli atomobillari jahon bozorida o‘zining munosib o‘rniga ega. 2010-2017 yildlar davomida Rossiya 1200dan ortiq jangovar mashina sotgan. Ularning aksariyati BMP-3 va BTR-80A, umumiy qiymati 1,48 mlrd dollar.
Aytish joizki Rossiya Quruqlik qo‘shinlari 2021-yilda 2500 yaqin yangi qurol namunalari, harbiy va maxsus texnika, jumladan BMP-3, BTR-82A, T-90M va yangilangan T-72BZM va T-80BVM tanklari olishdi.
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.