MDH sammiti yakunlari - foto

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSammit liderov SNG v Sankt-Peterburge
Sammit liderov SNG v Sankt-Peterburge  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2021
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston MDH doirasida keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishning qat’iy tarafdori ekanini tasdiqladi.
TOShKENT, 29 dek - Sputnik. Sankt-Peterburgda 28-dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan tashkil qilingan MDH davlat rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtrirok etdi.
Sammit boshida davlat rahbarlari Rossiya bosh sanitar shifokori Anna Popovaning epidmiologik vaziyat bo‘yicha hisobotini tinglashdi. Anna Popova o‘z nutqida MDH davlatlarining biologik va epidemiologik xavfsizlik tizimlarining o‘zaro o‘xshashligi va bog‘liqliklari haqida aytib berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSammit liderov SNG v Sankt-Peterburge
Sammit liderov SNG v Sankt-Peterburge  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2021
Sammit liderov SNG v Sankt-Peterburge
Sammitning davomi yopiq eshitlar ortida jurnalistlar ishtirokisiz bo‘lib o‘tdi.
Unda davlat rahbarlari, joriy yilgi hamkorlik yakunlari sarhisob qilinib, kelgusi 2022-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, - deb xabar qilmoqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev MDHni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida asosiy e’tiborni uch yo‘nalish: siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarda hamkorlikka qaratishni taklif etdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSammit liderov SNG v Sankt-Peterburge
Sammit liderov SNG v Sankt-Peterburge  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2021
Sammit liderov SNG v Sankt-Peterburge
Shuningdek, MDH makonida to‘laqonli erkin savdo zonasini shakllantirish va transport bog‘liqligini mustahkamlash muhim ekani ta’kidlandi.
Ishtirokchilarning e’tibori global iqlim kun tartibini hisobga olgan holda barqaror “yashil” taraqqiyotga qaratilgan milliy dastur va strategiyalarni amalga oshirish borasida sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurligiga qaratildi.
Oziq-ovqat xavfsizligini mamlakatlarimiz iqtisodiyotlarining raqobatli ustunliklari va bir-birini to‘ldirib turishidan foydalangan holda ta’minlash masalalarini hal qilishga doir yangi yondashuvlar ishlab chiqish dolzarb ekani qayd etildi.
© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishObshee fotografirovanie uchastnikov neformalnogo sammita rukovoditeley gosudarstv - uchastnikov Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SNG) v Konstantinovskom dvorse
Obshee fotografirovanie uchastnikov neformalnogo sammita rukovoditeley gosudarstv - uchastnikov Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SNG) v Konstantinovskom dvorse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2021
Obshee fotografirovanie uchastnikov neformalnogo sammita rukovoditeley gosudarstv - uchastnikov Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SNG) v Konstantinovskom dvorse
So‘z yakunida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston MDH doirasida keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishning qat’iy tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqladi hamda sammit ishtirokchilari va ular orqali birodar xalqlarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda O‘zbekiston o‘zining MDHdagi ishtirokini faollashtirgan. Xususan, Respublika 40 dan ziyod ko‘p tomonlama bitimni imzoladi va tashkilotning 23 ta organiga qo‘shildi va o‘tgan yilda ilk bor MDHga raislik qildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSammit liderov SNG v Sankt-Peterburge
Sammit liderov SNG v Sankt-Peterburge  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2021
Sammit liderov SNG v Sankt-Peterburge
Sammitda shuningdek, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0