https://oz.sputniknews.uz/20211228/yangi-yil-arafasida-qoshimcha-poezd-va-samolyotlar-qoyiladi-21976179.html
Yangi yil arafasida qo‘shimcha poyezd va samolyotlar qo‘yiladi
Yangi yil arafasida qo‘shimcha poyezd va samolyotlar qo‘yiladi
Sputnik O‘zbekiston
Yangi yil bayrami arafasida Transport vazirligi 10dan ortiq qo‘shimcha parvozlar, temir yo‘l va avtobus qatnovlari tashkil qildi.
2021-12-28T10:02+0500
2021-12-28T10:02+0500
2021-12-28T11:02+0500
jamiyat
temir yo‘l
transport
aviareyslar qatnovi
aviaparvozlar
avtobus
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/13/20970358_10:173:1097:784_1920x0_80_0_0_66c2bb0f2d92078ff5395597c78e0716.jpg
TOShKENT, 28 dek - Sputnik. Yangi yil bayrami arafasida yo‘lovchilar oqimi ortishi munosabati bilan qo‘shimcha poyezd va samolyotlar qo‘yiladi. Bu haqida Transport vazirligi xabar qilmoqda. Aviaqatnovlar Amaldagi muntazam qatnovlardan tashqari joriy yilning 27-dekabridan 30-dekabrigacha Uzbekistan airways aviakompaniyasi tomonidan: Natijada haftasiga qo‘shimcha qatnovlar soni jami 10 tani tashkil etmoqda. Bundan tashqari Toshkent – Nukus, Toshkent – Buxoro va Toshkent – Urganch yo‘nalishlarida 7 ta parvozga 150 o‘rindiqli A 320 rusumli havo kemalari Boeing 757 (184 o‘rindiqli) va Boeing 767 (247 o‘rindiqli) rusumli havo kemalariga almashtirildi. Buning natijasida 427 ta qo‘shimcha yo‘lovchilar tashishga o‘rindiqlar yaratildi. Temir yo‘l transportida "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan joriy yilning 25-dekabr kunidan 2022-yilning 10-yanvar kuniga qadar yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdining “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishida har kunlik qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, 27 hamda 29-dekabr kunlari “Toshkent – Buxoro – Urganch” yo‘nalishida qo‘shimcha ikkita yo‘lovchi poyezdi qatnovi tashkil etilishi belgilandi. Bundan tashqari Toshkent – Termiz, Toshkent – Nukus, Toshkent – Urganch yo‘nalishlarida harkatlanayotgan yo‘lovchi poyezdlariga qo‘shimcha 4 tadan plaskart vagonlari ulanmoqda. Avtobus qatnovlari Shuningdek, quyidagi yo‘nalishlarda Toshkent – Nukus (2 ta), Toshkent – Buxoro (12 ta) Toshkent –Jizzax (3 ta), Toshkent – Qarshi (16 ta), Toshkent –Navoiy (17 ta), Toshkent – Samarqand (19 ta), Toshkent – Termiz (43 ta), Toshkent – Sirdaryo (5 ta), Toshkent – Urganch (18 ta) qo‘shimcha avtobuslar qatnovi amalga oshiriladi. Ushbu chora-tadbirlar natijasida aholining respublikamiz hududlari bo‘ylab transportda harkatlanishiga bo‘lgan mavsumiy talab to‘la qondiriladi, - deyilgan xabarda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/13/20970358_0:235:732:784_1920x0_80_0_0_b27e50bab9718ceee8ddef04e15bea0a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yangi yil bayrami transport vazirligi qo‘shimcha parvozlar, temir yo‘l va avtobus qatnovlari
yangi yil bayrami transport vazirligi qo‘shimcha parvozlar, temir yo‘l va avtobus qatnovlari
Yangi yil arafasida qo‘shimcha poyezd va samolyotlar qo‘yiladi
10:02 28.12.2021 (yangilandi: 11:02 28.12.2021) Yangi yil bayrami arafasida aholining respublika ichida shaharlararo qatnovlarga bo‘lga ehtiyojini qondirish maqsadida Transport vazirligi 10dan ortiq qo‘shimcha parvozlar, temir yo‘l va avtobus qatnovlari tashkil qildi.
TOShKENT, 28 dek - Sputnik. Yangi yil bayrami arafasida yo‘lovchilar oqimi ortishi munosabati bilan qo‘shimcha poyezd va samolyotlar qo‘yiladi. Bu haqida Transport vazirligi
xabar qilmoqda.
Amaldagi muntazam qatnovlardan tashqari joriy yilning 27-dekabridan 30-dekabrigacha Uzbekistan airways aviakompaniyasi tomonidan:
Toshkent – Nukus, Toshkent – Buxoro yo‘nalishlarida ikkitadan,
Toshkent – Qarshi, Toshkent – Namangan, Toshkent – Termiz - bittadan,
Toshkent – Urganch yo‘nalishida esa qo‘shimcha uchta reys amalga oshiriladi.
Natijada haftasiga qo‘shimcha qatnovlar soni jami 10 tani tashkil etmoqda.
Bundan tashqari Toshkent – Nukus, Toshkent – Buxoro va Toshkent – Urganch yo‘nalishlarida 7 ta parvozga 150 o‘rindiqli A 320 rusumli havo kemalari Boeing 757 (184 o‘rindiqli) va Boeing 767 (247 o‘rindiqli) rusumli havo kemalariga almashtirildi. Buning natijasida 427 ta qo‘shimcha yo‘lovchilar tashishga o‘rindiqlar yaratildi.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan joriy yilning 25-dekabr kunidan 2022-yilning 10-yanvar kuniga qadar yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdining “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishida har kunlik qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, 27 hamda 29-dekabr kunlari “Toshkent – Buxoro – Urganch” yo‘nalishida qo‘shimcha ikkita yo‘lovchi poyezdi qatnovi tashkil etilishi belgilandi.
Bundan tashqari Toshkent – Termiz, Toshkent – Nukus, Toshkent – Urganch yo‘nalishlarida harkatlanayotgan yo‘lovchi poyezdlariga qo‘shimcha 4 tadan plaskart vagonlari ulanmoqda.
Shuningdek, quyidagi yo‘nalishlarda Toshkent – Nukus (2 ta), Toshkent – Buxoro (12 ta) Toshkent –Jizzax (3 ta), Toshkent – Qarshi (16 ta), Toshkent –Navoiy (17 ta), Toshkent – Samarqand (19 ta), Toshkent – Termiz (43 ta), Toshkent – Sirdaryo (5 ta), Toshkent – Urganch (18 ta) qo‘shimcha avtobuslar qatnovi amalga oshiriladi.
Ushbu chora-tadbirlar natijasida aholining respublikamiz hududlari bo‘ylab transportda harkatlanishiga bo‘lgan mavsumiy talab to‘la qondiriladi, - deyilgan xabarda.