Rossiya

Rossiya Oʻzbekistonda yashayotgan yuzlab vatandoshlarga yordam berdi

Pojilыe lyudi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.12.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya elchixonasi va Mudofaa vazirligi Oʻzbekistonda yashayotgan vatandoshlarga, Ikkinchi jahon urushi veteranlariga hamda Afgʻoniston urushi veteranlariga moddiy yordam koʻrsatmoqda.
TOSHKENT, 28 dek - Sputnik. Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi 2021 yilda 800ga yaqin vatandoshlarga moddiy yordam koʻrsatdi. Bu haqida Rossiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oleg Malginov maʼlum qildi.
Malginov aytishiga koʻra, Oʻzbekistonda yashayotgan vatandoshlarga Rossiya elchixonasi faol yordam berib kelmoqda. Xususan, 2021 yilda 800ga yaqin kishiga moddiy yordam koʻrsatilgan.
Diplomat aytishig koʻra, ushbu yordam anʼanaviy "yaxshi ishlar dekadasi" dasturi doirasida va Mudofaa vazirligi yoʻnalishi boʻyicha - asosan Ikkinchi jahon urushi veteranlariga hamda Afgʻonistonda xizmat qilganlarga va invalidlarga koʻrsatilmoqda.
Malginov aytishiga koʻra, Rossiya elchixonasi ushbu yil davomida Oʻzbekistonda rus tilini targʻib qilish maqsadida 60ga yaqin tadbirlar oʻtkazgan. Ular orasida festivallar, rus tili haftaligi, konferentsiya, seminar, davra suhbatlari va onlayn tadbirlar bor.
"Rus tili xalqarimiz orasida madaniy aloqalarni rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga ega. Shu sababli ham elchixona va Rossotrudnichestvoning vakolatxonasi Oʻzbekistonda rus tilini saqlab qolish va rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratmoqda", - dedi Rossiya elchisi.
Maʼlumot uchun, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda rus tilida soʻzlashadigan aholi soni keskin kamayishi kuzatilmayapti. Xususan 2017-2020 yillarda Oʻzbekistonda rusiyzabon fuqarolar soni 1,3%ga kamaygan va 720,3 kishini tashkil qiladi. Vaholanki 1991- 2011 yillar orasida ana shunday aholi miqdori 1,9 baravar kamayib ketgan edi. Bunga asosiy sabab - SSSR tarqalib ketishi va kishilarning oʻz qarindoshlari bilan aloqalarini saqlab qolish istagi boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0