https://oz.sputniknews.uz/20211228/ozbekistonlik-sobiq-futbolchi-nikolay-shirshov-vafot-etdi-21985091.html
O‘zbekistonlik sobiq futbolchi Nikolay Shirshov vafot etdi
O‘zbekistonlik sobiq futbolchi Nikolay Shirshov vafot etdi
Sputnik O‘zbekiston
Shirshov 1996—2005-yillar mobaynida milliy terma jamoa safida o‘ynagan.
2021-12-28T14:51+0500
2021-12-28T14:51+0500
2021-12-28T14:55+0500
jamiyat
o‘zbekiston
futbol
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/296/94/2969481_0:248:2640:1733_1920x0_80_0_0_fddb2e4623082885355167326172c5c2.jpg
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Nikolay Shirshov 47 yoshida vafot etdi.Nikolay Shirshov 1974-yilning 22-iyunida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Faoliyatini Toshkent viloyatining "Sverloves" (1991 yil) klubida boshlagan Shirshov keyinchalik "Traktor" va "Paxtakor" safida to‘p suradi. U "sherlar" tarkibida (1992-1999) 159 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 16 ta golga muallif qilgan. Keyinchalik futbolchi 5-yil davomida (2000—2005) "Rostov" sharafini himoya qilgan.Shirshov Rossiyaning "SKA", "Bataysk-2007", "Taganrog", "MITOS" va "TPF" klublarida ham o‘ynagan. Nikolay 2013-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagandi.Nikolay Shirshov 1996-2005-yillar mobaynida milliy terma jamoa safida o‘ynagan. U 1996-yil 19-noyabr kuni BAAga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (4:2) debut qilgan. Termadagi faoliyati davomida 63 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol kiritgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/296/94/2969481_0:0:2640:1980_1920x0_80_0_0_27aaa05eb9e2eb3c35ea92c3cbd18c39.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonlik sobiq futbolchi nikolay shirshov vafot etdi
o‘zbekistonlik sobiq futbolchi nikolay shirshov vafot etdi
O‘zbekistonlik sobiq futbolchi Nikolay Shirshov vafot etdi
14:51 28.12.2021 (yangilandi: 14:55 28.12.2021) Shirshov 1996-2005-yillar mobaynida milliy terma jamoa safida o‘ynagan.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Nikolay Shirshov 47 yoshida vafot etdi.
Nikolay Shirshov 1974-yilning 22-iyunida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Faoliyatini Toshkent viloyatining "Sverloves" (1991 yil) klubida boshlagan Shirshov keyinchalik "Traktor" va "Paxtakor" safida to‘p suradi. U "sherlar" tarkibida (1992-1999) 159 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 16 ta golga muallif qilgan. Keyinchalik futbolchi 5-yil davomida (2000—2005) "Rostov" sharafini himoya qilgan.
Shirshov Rossiyaning "SKA", "Bataysk-2007", "Taganrog", "MITOS" va "TPF" klublarida ham o‘ynagan. Nikolay 2013-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagandi.
Nikolay Shirshov 1996-2005-yillar mobaynida milliy terma jamoa safida o‘ynagan. U 1996-yil 19-noyabr kuni BAAga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (4:2) debut qilgan. Termadagi faoliyati davomida 63 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol kiritgan.