https://oz.sputniknews.uz/20211228/ozbekiston-oz-paxtasini-qayta-ishlash-uchun-etarlicha-quvvat-yaratdi-21984719.html
O‘zbekiston o‘z paxtasini qayta ishlash uchun yetarlicha quvvat yaratdi
O‘zbekiston o‘z paxtasini qayta ishlash uchun yetarlicha quvvat yaratdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston so‘nggi yillarda to‘qimachilik sanoatini ildam rivojlantirib bormoqda. Buning natijasida respublika paxta xom-ashyosi eksportchisidan, tayyor va yarim-tayyor mahsulot eksportchisiga aylandi.
2021-12-28T14:53+0500
2021-12-28T14:53+0500
2021-12-28T14:53+0500
iqtisod
eksport
paxta - o‘zbekistonning oq oltini
paxta
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/752/13/7521324_0:167:3047:1881_1920x0_80_0_0_96b8e8085690ff2ce6c0232302f11de3.jpg
TOShKENT, 28 dek – Sputnik. O‘zbekiston o‘z hududida yetishtirilayotgan paxtani to‘liq qayta ishlash uchun yetarli quvvat yaratildi – deb xabar qilmoqda “O‘zto‘qimachiliksanoat”, o‘z faoliyatining yillik sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida. Sputnik muxbiri xabariga asosan.Xabarda aytilishiga ko‘ra, so‘nggi 4-yilda respublika to‘qimachilik sanoatida 8 mingga yaqin korxonalar tashkil qilingan, 501 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratilgan. Ayni damda u yerda asosan ayollar va yoshlar ishlamoqda.Shuningdek, to‘qimachilik sohasiga so‘nggi yil davomida sohaga 21 ta loyiha bo‘yicha 232,9 mln. dollar miqdorida investitsiyalar kiritildi, undan 150,6 mln.dollari- to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir.Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yilda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati tomonidan 1 milliondan ortiq paxta tolasi qayta ishlangan, paxta xom-ashyosi eksporti esa so‘nggi yillarda keskin kamaygan. Yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarining eksportining umumiy qiymati 3, 035 milliard dollarni tashkil qildi. Bu 2020-yilga nisbatan 162,4 %ga ko‘p. Eksport tarkibida 55,4 % - ip kalava bo‘lsa, 44,6 % - qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan tayyor mahsulotlar tashkil qilgan.Shu bilan birga O‘zbekiston Yevropa, AQSh va Afrika bozorlariga ham o‘z to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilishga jiddiy kirishgan. Ushbu maqsadda respublikada kerakli sifat va ekologik standartlar joriy etilmoqda.Kelajak uchunO‘zbekiston to‘qimachiliq salohiyatini oshirish maqsadida "O‘zto‘qimachiliksanoat”kelgusida soha uchun malakali kadrlar tayyorlash masalasini – eng muhim vazifalardan biri deb biladi.Ushbu maqsadda xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati instituti (TTESI) xamda A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universitetining ko‘p yillardan buyon hamkorlikda ishlab kelmoqda va hozirgi kunda O‘zbekistonda ushbu oliygohning filiali ochilgan.Undan tashqari Fransiyaning “Parij moda va dizayn” modalar akademiyasi, Rossiyaning Ivanovo davlat politexnika universiteti, Kostroma davlat universitetlari bilan hamkorlikdagi O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma “To‘qimachilik va matbaa texnologiyalar” fakultetlari bilan xamkorlikda qo‘shma fakulteti ochilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/752/13/7521324_159:0:2888:2047_1920x0_80_0_0_cb5b844de8afe243f106b91c30de219a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston to‘qimachilik sanoat paxta xom-ashyo eksportchi
o‘zbekiston to‘qimachilik sanoat paxta xom-ashyo eksportchi
O‘zbekiston o‘z paxtasini qayta ishlash uchun yetarlicha quvvat yaratdi
O‘zbekiston so‘nggi yillarda to‘qimachilik sanoatini ildam rivojlantirib bormoqda. Buning natijasida respublika paxta xom-ashyosi eksportchisidan, tayyor va yarim-tayyor mahsulot eksportchisiga aylandi.
TOShKENT, 28 dek – Sputnik. O‘zbekiston o‘z hududida yetishtirilayotgan paxtani to‘liq qayta ishlash uchun yetarli quvvat yaratildi – deb xabar qilmoqda “O‘zto‘qimachiliksanoat”, o‘z faoliyatining yillik sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
“O‘zbekiston yillar davomida paxta resurs markaziga aylanib kelgandi, bugungi kunda biz o‘zimizda yetishtirilgan 3.0 mln.tonnadan oshiq paxtani 100% qayta ishlash quvvatlarini yaratdik va qo‘shni davlatlardan paxta tolasini import qila boshladik”, - deyilgan xabarda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, so‘nggi 4-yilda respublika to‘qimachilik sanoatida 8 mingga yaqin korxonalar tashkil qilingan, 501 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratilgan. Ayni damda u yerda asosan ayollar va yoshlar ishlamoqda.
Shuningdek, to‘qimachilik sohasiga so‘nggi yil davomida sohaga 21 ta loyiha bo‘yicha 232,9 mln. dollar miqdorida investitsiyalar kiritildi, undan 150,6 mln.dollari- to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir.
Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yilda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati tomonidan 1 milliondan ortiq paxta tolasi qayta ishlangan, paxta xom-ashyosi eksporti esa so‘nggi yillarda keskin kamaygan.
Yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarining eksportining umumiy qiymati 3, 035 milliard dollarni tashkil qildi. Bu 2020-yilga nisbatan 162,4 %ga ko‘p. Eksport tarkibida 55,4 % - ip kalava bo‘lsa, 44,6 % - qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan tayyor mahsulotlar tashkil qilgan.
Eksport jug‘rofiyasida – 70ta davlat bor bo‘lsada, eksportning uchdan bir qismi - Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda. To‘qimachilik sanoati mahsulotlari eksportining katta qismi 32%– Rossiyaga ($950 mln) to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek 22% - Xitoy ($630 mln.), 16% - Turkiya (460 mln. $) va 13% - Qirg‘izistonga (385 mln$) ham eksport qilinmoqda.
Shu bilan birga O‘zbekiston Yevropa, AQSh va Afrika bozorlariga ham o‘z to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilishga jiddiy kirishgan. Ushbu maqsadda respublikada kerakli sifat va ekologik standartlar joriy etilmoqda.
O‘zbekiston to‘qimachiliq salohiyatini oshirish maqsadida "O‘zto‘qimachiliksanoat”kelgusida soha uchun malakali kadrlar tayyorlash masalasini – eng muhim vazifalardan biri deb biladi.
Ushbu maqsadda xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati instituti (TTESI) xamda A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universitetining ko‘p yillardan buyon hamkorlikda ishlab kelmoqda va hozirgi kunda O‘zbekistonda ushbu oliygohning filiali ochilgan.
Undan tashqari Fransiyaning “Parij moda va dizayn” modalar akademiyasi, Rossiyaning Ivanovo davlat politexnika universiteti, Kostroma davlat universitetlari bilan hamkorlikdagi O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma “To‘qimachilik va matbaa texnologiyalar” fakultetlari bilan xamkorlikda qo‘shma fakulteti ochilgan.