HUMO va Uzcard terminallari bir-birining kartalarini qabul qilishni boshlaydi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishPlatejniy terminal dlya bankovskoy karti
Platejniy terminal dlya bankovskoy karti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2021
Obuna bo‘lish
Endilikda bitta terminalda ham Uzcard ham Humo kartalariga xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 28 dek – Sputnik. Uzcard va HUMO to‘lov tizimlarini integratsiya qilish jarayonining birinchi bosqichi yakunlandi. Yaqin kelajakda ikkala tizim kartalariga bitta terminalda xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
Markaziy bank xabariag ko‘ra, ilgari terminallarda cheklovlar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, endilikda bitta terminalda ham Uzcard ham Humo kartalariga xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
“Yaqin kelajakda kassir tomonidan har bir karta uchun turli terminallarning taklif qilinishi shart bo‘lmaydi — savdo va xizmat nuqtalari ikkala to‘lov tizimiga xizmat ko‘rsatadigan bitta apparatga ega bo‘ladi”, — deyilgan xabarda.
Integratsiya memorandumi doirasida Uzcard va HUMO quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni davom ettiradi:
karta egalari, banklar, to‘lov tashkilotlari va chakana savdo shoxobchalari manfaatlarini himoya qilish;
texnologiyalarni takomillashtirish va naqd pulsiz hisob-kitoblarni rag‘batlantirish infratuzilmasini kengaytirish;
to‘lov infratuzilmasi ishonchliligi va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish.
MB “QIWI Uzbekistan” elektron pullar tizimini ro‘yxatdan o‘tkazdi
Yangiliklar lentasi
0