2022 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotini nima kutmoqda - video

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2020-2021-yillarda boshlangan loyihalar kelgusida respublika iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? MDH Ijroiya qo‘mitasi vakili, iqtisodchi Mixail Miskin Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda o‘z prognozini bildirdi.
O‘zbekiston pandemiya bilan kurash davom etishiga qaramay, faollik bilan koronainqirozidan tiklanmoqda. MDH davlatlari orasida respublika o‘zaro va tashqi savdoda YaIMning eng yuqori o‘sish sur’atlarini ko‘rsatmoqda.
MDH Ijroiya qo‘mitasining Iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Mixail Miskin Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda shu haqda so‘zlab berdi.
"2015 yilgacha O‘zbekiston YaIM o‘sish sur’ati qariyb 7-9 %ga yetgandi. 2020-yilda YaIM o‘sish sur’ati 1,6 foizni tashkil etdi - bu pandemiyaning ta’siri. Lekin 2021-yilning to‘qqiz oyida o‘sish sur’ati deyarli 7 %ga yetdi. Tasavvur qiling, mamlakat vaziyatni qanchalik tez va samarali yengdi” -
Mixail Miskin
MDH Ijroiya qo‘mitasining Iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston pandemiyaning biznesga ta’sirini ko‘p jihatdan respublikada bir necha yil avval boshlagan loyihalar tufayli tezda yengdi.
"2020 yilda O‘zbekiston birinchi marta MDHga raislik qildi. Bu respublikaning Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan o‘zaro hamkorligi doirasini kengaytirdi", - deydi Mixail Miskin.
Og‘ir yil bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston yuzdan ortiq tadbirlar o‘tkazishga, mingdan ortiq masalalarni hal etishga, 70 taga yaqin davlatlararo hujjatlarni qabul qilishga muvaffaq bo‘ldi, deb ta’kidladi ekspert.
“Yil murakkab bo‘ldi, ammo munosabatlar rivoji jihatidan qiziqarli bo‘ldi, - deydi ekspert. - Mamlakat qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishi, savdo-sotiq, jumladan, MDH davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida bormoqda va bu ko‘rsatkichlar o‘sib borishidan dalolat beradi".
Oxirgi besh yilda O‘zbekiston eksporti 25 %ga o‘sdi. Sanoat ishlab chiqarishining o‘sish sur’ati har yili 6-14% ni tashkil etdi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish ham barqaror o‘sib bormoqda, deb ta’kidlaydi Miskin.

“Bularni barchasi O‘zbekistonning to‘g‘ri, samarali iqtisodiy siyosatini tavsiflaydi”, — deb xulosa qiladi ekspert.

Respublika iqtisodiyoti tiklanayotganini hisobga olganda, O‘zbekistonda 2022-yilda inflyatsiya darajasi o‘tgan yillar darajasidan oshmaydi, deb hisoblaydi mutaxassis.
Intervyuni to‘liq Sputnik O‘zbekiston YouTube-kanalida ko‘rishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0