Yong‘in xavfsizligi xodimi sifatida noqonuniy pul undirayotgan firibgarlar paydo bo‘ldi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishJiloy dom dlya pereseleniya po programme renovatsii v Moskve
Jiloy dom dlya pereseleniya po programme renovatsii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2021
Obuna bo‘lish
Firibgarlar ishonuvchan fuqarolardan 20-40 ming so‘m undirib olayotgani kuzatilmoqda. Ular go‘yoki bu majburiy soliq yoki kommunal to‘lov deb aldashmoqda.
TOShKENT, 27 dek – Sputnik. O‘zbekistonda kuz-qish mavsumi boshlanishida o‘zlarini davlat yong‘in nazorati organlari xodimi sifatida tanishtirayotgan firibgarlar paydo bo‘lmoqda. Adliya vazirligi bunday firibgarlarning xatti-harakatidan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, firibgarlar fuqarolardan yillik 20-40 ming so‘m atrofida majburiy tarzda soliq yoki kommunal to‘lov sifatida noqonuniy yig‘ish holatlari kuzatilmoqda.
Kelib tushgan murojaatlar o‘rganilganda, ushbu harakatlar turli xil shaklda tashkil etilgan, asosan nomida “yong‘in”, “olov”, “qarshi kurash”, “xavfsizlik”, “himoya” kabi so‘zlardan iborat bo‘lgan va yong‘inning oldini olish aks etgan turli xil ramzlar tushirilgan muhr-shtamplardan foydalanib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirib kelinayotganligi aniqlangan.
Soxta saytlar o‘zbekistonliklarni “Uzcard” nomidan aldamoqda
Vazirlik ayrim shaxslar tomonidan o‘zlarini “davlat yong‘in nazorati organlari xodimi” sifatida tanishtirgan holda yolg‘on ma’lumotlar asosida fuqarolardan majburiy to‘lov to‘lanishini talab etishi noqonuniyligini ma’lum qilgan.
Fuqarolar majburiy tarzda quyidagi kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni belgilangan tartibda to‘lab borishi lozimligi eslatilgan:
sovuq suv ta’minoti;
isitish va issiq suv ta’minoti (ko‘p qavatli uylarda);
elektr ta’minoti;
gaz ta’minoti;
kanalizatsiya (iste’molchi ulangan bo‘lsa).
“Shu o‘rinda takroran ma’lum qilinadiki, yong‘in va uning oldini olish bilan bog‘liq biron bir to‘lab borilishi shart bo‘lgan kommunal to‘lov yoki soliq qonunchilikda mavjud emas”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0