Rossiya Ukraina iqtisodiyotiga yelkasini tutmoqda

© Sputnik / Vladimir FedorenkoMetallurgicheskiy kombinat, arxivnoe foto
Metallurgicheskiy kombinat, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2021
Obuna bo‘lish
Ukrainada yana “zrada” (xoinlik) aniqlandi: ma’lum bo‘lishicha, noyabr oyida mamlakatga qiymat o‘zgarishida ko‘mir importi 2020-yilning noyabriga qaraganda 2,6 baravarga ko‘paygan, Rossiya esa uni yetkazib beruvchi asosiy davlat bo‘lib qolgan.
Va bularning bari Kiyev hukumatining son-sanoqsiz to‘la ko‘mir ortilgan, dunyo okeanlari bag‘rida ukrain Qora dengizi portlari sari kezib yurgan kema karvonlari haqidagi oxiri yo‘q hikoyalaridan keyin. Albatta, kemalar Ukrainaga do‘st bo‘lgan AQSh, Avstraliya va boshqa davlatlardan kelmoqda.
Ukraina noyabr oyida 328 million dollarlik jami 1,7 tonna ko‘mir import qilgan. Qizig‘i shundaki, o‘tgan yil noyabrdagi import 1,6 tonnadan kamroqni tashkil qilgandi, lekin u mamlakatga 126 million dollarga tushgan. Ya’ni bir tonna ko‘mirning o‘rtacha narxi bir yil ichida 2,3 baravarga ko‘tarilgan – 81 dollardan 189 dollargacha.
Shu bilan birga Rossiyadan ko‘mir yetkazib berish o‘tgan yil noyabri bilan taqqoslaganda jismoniy o‘zgarishda deyarli o‘sha darajada qolgan: 1,053 ming tonna (o‘tgan yil 1,058 tonna bo‘lgan). Bu ko‘mir uchun pullarni esa Rossiya yetkazib beruvchilari ukrain xaridorlaridan 2,4 baravar ko‘proq olishgan: 197 million dollar (o‘tgan yil 83 million dollar).
Rossiya Yevropani muzlatishiga hojat yo‘q - buni ularning o‘zi uddalaydi
Qiziq fakt yana shundan iboratki, oktabr oxirida Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi ichki talab ortib borayotgani sabab 1-noyabrdan Ukrainaga energetik ko‘mir yetkazib berish to‘xtatilishi, taqiq kokslanadigan ko‘mirga taalluqli emasligini xabar qilgandi. Buni Ukraina Oliy radasi qo‘mitasi rahbari Andrey Gerus ham tasdiqlagandi: “1 noyabrdan Rossiya Federatsiyasi Ukrainaga energetik ko‘mir yetkazib berishni to‘xtatadi. Gap ko‘mirning A (antratsit) i P markalari haqida bormoqda. Bundan ko‘mirni DTEK (Lugansk IEM, Krivorog IEM), “Donbassenergo” (Slavnyan IEM) va “TexNova” (Darnis IEM, Sum IEM, Chernigovsk IEM)olib kirardi”.
Ammo fakt bo‘yicha Rossiya ko‘miri noyabrda Ukrainaga yetkazib berilgan – har holda, ukrain bojxonasi ma’lumotlariga ko‘ra. Haqiqatdan, umumiy hajmda ko‘mir yetkazib berish taxminan o‘lchashda beshinchi qismni tashkil etgan. Ular baribir bo‘lgan. Shunday bo‘lsada, ehtimol, bu ilgari olib kirilgan ko‘mir “rastamojka”si cho‘zilishi yoki ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha yetkazib berishning tugashi bilan bog‘liq. Agar bu taxminlar to‘g‘ri bo‘lsa, dekabr yakunlariga ko‘ra Rossiyadan ko‘mir yetkazib berish, chamasi, qayd etilmaydi. Ukrainalik energetiklar o‘z talablarini ukrain qazib chiqarish va “do‘st” mamlakatlardan keladigan yetkazib berishlar yordamida qondirishlari kerak bo‘ladi.
Ko‘rinishidan, shunday ham bo‘ladi. Har holda Lugansk IEMda (Schastyeda joylashgan va 2014-yili “Aydar” batalonining ukrainalik jangarilari minalashtirgan IEM) ko‘mir zaxirasi asta-sekin kamaymoqda. Lugansk IEM esa - bu yaxshi indikator. Ko‘mir unga yoki LDNRdan (Lugansk, Donesk xalq respublikalari. Ammo 2017-yilda Ukrainaning o‘zi nazorati ostidan bo‘lmagan hududlar bilan iqtisodiy aloqalarni uzib, bunday yetkazib berishlarni bloklab qo‘ygandi) yoki Rossiyadan yetkazib berilishi mumkin.
Ukraina, kiberxavfsizlik, hamkorlik: Putin va Bayden nima haqida suhbatlashdi
Gap shundaki, unga temir yo‘l tarmog‘i ukrain temir yo‘li bilan LDNR orqali ulangan. “Rossiya bilan sakkiz yil urush” davomida Kiyev Lugansk IEMni ukranin temir yo‘llari tarmoqlari bilan LDNRni chetlab o‘tuvchi bir necha kilometrlarda tutashtiruvchi chiziqlarni qurishni lozim deb hisoblamadi. Chamasi, ishonchi komil bo‘lgan: “tajovuzkor” hamisha ko‘mir bilan ta’minlaydi. Natijada Ukraina hukumati va regulyatorining kuni kecha Lugansk IEMni zudlik bilan gazga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishiga to‘g‘ri keldi. Aks holda Lugansk viloyatining butun shimoli-sharqiy qismi noma’lum muddatga elektrsiz qolishi mumkin edi. Ukrainada sanoat bir kubometrini 2,7 (!) dollardan yetkazib berayotgan, gazdan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining tannarxi qancha bo‘ladi? Bu alohida mavzu.
Shu bilan birga Ukraina rahbariyati o‘zining qazib olayotgan zaxiralari va importi hozirgi IES va IEMlarning ko‘mirga bo‘lgan talabini qondirishga hatto to‘plab qo‘yishga imkon berishi haqida hikoya qilib, havas qilgulik optimizni namoyon etmoqda. Bi fikrlarga qator savollar bor.
Birinchidan, ko‘mir qazib olishdagi hozirgi haybarakallachilikda qishda elektrsiz qolish xavfi tufayli Ukrainaning ko‘mir qazib oluvchi korxonalari baribir uni qisqartirishadi - hatto o‘tgan yil bilan taqqoslaganda. Ikkinchidan, ko‘mirni ishlatish haqida gapirayotib, bosh vazir Shmigal yana sovuq bo‘lmagan davr ma’lumotlariga tayanmoqda, ammo Belarus elektr energiyasi yetkazib berilishi bo‘lgan. Lekin asosiysi – uchinchidan – “tajovuzkor mamlakat” importi o‘rniga keladigan “do‘st mamlakat” importi qanchaga tushadi.
Rossiya ko‘mirining bir tonnasi noyabrda ukrainaliklarga o‘rtacha 187 dollarga tushgan, Amerikaniki 265, Avstraliyaniki esa 389 dollarga tushgan. Ya’ni Rossiya ko‘mirini Amerika va Avstraliyaning “demokratik” ko‘miri bilan siqib chiqarishda xarajatlar bir necha baravarga oshmoqda. Ma’lumki, Ukraina – boy mamlakat va amerika teplovozlari yoki fransuz vertolotlarini bozor narxidan bir yarim-ikki baravarga qimmat narxda sotib olishga o‘ziga imkon berishi mumkin. Lekin o‘shanda hozir ukrain bozorida bir kilovatt narxi 9-10 rubl atrofida bo‘lgan elektr energiyasi narxi ham boshqacha bo‘ladi.
Bir necha oy oldin Ukraina energetika vaziri German Galushenko qish mavsumini boshdan kechirish uchun Ukraina 3,5 million tonna ko‘mir import qilishi kerakligini prognoz qilgandi. Bu issiqlik generatsiyalariga yarim milliard dollardan ko‘proqqa tushadi. Hozirgi vaziyatda o‘sha hajmga bir milliard kiritishga to‘g‘ri keladi va uni biror bir yerdan izlash kerak. Bu hajmning yetishi ham savol ostida.
Ukraina: inqiroz yubileyi
Ukraina uchun yaxshi xabar ham bor. Yuqorida ta’riflanganlarning bari energetik ko‘mirga va ukrain energetiklariga taalluqli. Ukrain metallurgiyasi esa, ko‘rinishidan, keyinchalik ham ko‘pchincha Rossiya xomashosi sabab ishini davom ettiradi. Bu noyabrda Rossiyadan import qilingan faqat 840 ming tonna kokslanadigan ko‘mir emas (uning importi noyabrda 1,4 million tonnani tashkil etgan), balki 72 ming tonna bevosita koks hamdir (import jami 100 ming tonnani tashkil etgan).
Agar bu yetkazib berishlar yo‘li ham yopilganda, Ukrainada metallurgiya ishlab chiqarishning kattagina qismi to‘xtab qolgan bo‘lardi – mamlakat uchun valyuta olib keladiganlardan biri. Shunday ekan Ukrainaning uning iqtisodiyotining asosiy sohalaridan birini qo‘llab-quvvatlashda davom etayotgan “tajovuzkor”ga minnatdorchilik bildirishdan o‘zga chorasi yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0