Mirziyoyevning MDH rahbarlari norasmiy sammitidagi ishtiroki haqida ma’lumot berildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev, arxivnoe foto
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2021
Obuna bo‘lish
28 dekabr kuni Sankt-Peterburgda MDH rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 27 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga boradi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan o‘tkaziladigan tadbir kun tartibidan MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikka oid dolzarb masalalar o‘rin olgan.
Hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari va hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashishlari kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin yil oxiriga qadar yana bir uchrashuv o‘tkazadi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari 19-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi doirasida uchrashuv o‘tkazishgan edi. O‘shanda 18 ta muhim davlatlararo hujjatlar imzolangan.
Yangiliklar lentasi
0