https://oz.sputniknews.uz/20211227/buxoroda-mashina-urib-ketgan-milliy-gvardiya-xodimi-vafot-etdi-21960439.html
Buxoroda mashina urib ketgan Milliy gvardiya xodimi vafot etdi
Buxoroda mashina urib ketgan Milliy gvardiya xodimi vafot etdi
Sputnik O‘zbekiston
20 dekabr kuni Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida Milliy gvardiya xodimini xizmat vaqtida mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi.
2021-12-27T12:20+0500
2021-12-27T12:20+0500
2021-12-27T12:20+0500
hodisalar
milliy gvardiya
buxoro viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1319/99/13199931_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_9b460c35171d52110e2abf2f1b517d12.jpg
TOShKENT, 27 dek – Sputnik. 20-dekabr kuni Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida Milliy gvardiya xodimini xizmat vaqtida mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi.Viloyat IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Milliy gvardiyaning Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi safdor xodimlari H.A. va N.O. soat 05:15 larda o‘zlariga biriktirilgan Gazli Neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli "Qumli GTK mobil" yo‘nalishining 34−42 kmdagi yo‘nalishni qo‘riqlashga yuborilgan.Xizmat vaqtida ular yo‘nalish quvurining taqiqlangan qismidan harakatlanib kelayotgan "UAZ" mashinasiga to‘xtash ishorasini berishgan. Biroq haydovchi A.A. xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan harakatlanishni davom ettirgan. Toshkent-Xorazm yo‘nalishida ketayogan poyezd ayolni urib yubordiShundan so‘ng u Milliy gvardiya xodimi H.A.ni avtomashinaning old qismi bilan qasddan urib yuborgan. Og‘ir tan jarohati olgan 39 yoshli xodim voqea joyida vafot etgan. Haydovchi esa qochib ketgan.Surishtiruvlar natijasida Kuydim mahallasida yashovchi 44 yoshli haydovchi A.A. qo‘lga olingan.Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "g" bandi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.Toshkentda “Damas” urib yuborgan 10-sinf o‘quvchisi vafot etdi24 dekabr kuni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov viloyat sektor rahbarlari, tuman sektor rahbarlari va mutasaddi idoralar mas’ullari bilan gumonlanuvchi yashaydigan Kuydim mahallasida mazkur jinoyatni muhokama qilgan.Muhokamada jinoyatning kelib chiqish sabablari tahlil qilingan hamda kelgusida bu kabi jinoyatlarning oldini olish uchun mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berilgan.
buxoro viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1319/99/13199931_329:0:3060:2048_1920x0_80_0_0_03e4eef847effc0f20ffb77590c11cef.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
buxoro milliy gvardiya xodimi mashina urib yubordi
buxoro milliy gvardiya xodimi mashina urib yubordi
Buxoroda mashina urib ketgan Milliy gvardiya xodimi vafot etdi
UAZ haydovchisi to‘xtash ishorasini mensimasdan Milliy gvardiya xodimini avtomashinaning old qismi bilan qasddan urib yuborgan.
TOShKENT, 27 dek – Sputnik. 20 dekabr kuni Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida Milliy gvardiya xodimini xizmat vaqtida mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi.
Viloyat IIB axborot xizmati
xabariga ko‘ra, Milliy gvardiyaning Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi safdor xodimlari H.A. va N.O. soat 05:15 larda o‘zlariga biriktirilgan Gazli Neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli "Qumli GTK mobil" yo‘nalishining 34−42 kmdagi yo‘nalishni qo‘riqlashga yuborilgan.
Xizmat vaqtida ular yo‘nalish quvurining taqiqlangan qismidan harakatlanib kelayotgan "UAZ" mashinasiga to‘xtash ishorasini berishgan. Biroq haydovchi A.A. xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan harakatlanishni davom ettirgan.
Shundan so‘ng u Milliy gvardiya xodimi H.A.ni avtomashinaning old qismi bilan qasddan urib yuborgan. Og‘ir tan jarohati olgan 39 yoshli xodim voqea joyida vafot etgan. Haydovchi esa qochib ketgan.
Surishtiruvlar natijasida Kuydim mahallasida yashovchi 44 yoshli haydovchi A.A. qo‘lga olingan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "g" bandi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
24 dekabr kuni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov viloyat sektor rahbarlari, tuman sektor rahbarlari va mutasaddi idoralar mas’ullari bilan gumonlanuvchi yashaydigan Kuydim mahallasida mazkur jinoyatni muhokama qilgan.
Muhokamada jinoyatning kelib chiqish sabablari tahlil qilingan hamda kelgusida bu kabi jinoyatlarning oldini olish uchun mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berilgan.