https://oz.sputniknews.uz/20211227/agar-zelenskiy-siyosatni-qayta-korib-chiqmasa-ukrainani-rossiyaga-qoshib-olish-kerak--qodirov-21961927.html
Agar Zelenskiy siyosatni qayta ko‘rib chiqmasa, Ukrainani Rossiyaga qo‘shib olish zarur – Qodirov
Agar Zelenskiy siyosatni qayta ko‘rib chiqmasa, Ukrainani Rossiyaga qo‘shib olish zarur – Qodirov
Sputnik O‘zbekiston
Agar Zelenskiy siyosatni qayta ko‘rib chiqmasa, Ukrainani Rossiyaga qo‘shib olish kerak – Qodirov
2021-12-27T12:57+0500
2021-12-27T12:57+0500
2023-04-05T18:35+0500
rossiya
ukraina
ramzan qodirov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/1b/21961853_0:115:2242:1376_1920x0_80_0_0_292bb5185fabd9d2984d764e01748f40.jpg
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov agar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga qarshi siyosat yuritishda davom etsa, Ukrainani Rossiyaga qo‘shib olish zarurligini aytdi."Ukrainaliklar - bizning xalqimiz, bu bizning hududimiz. Bu mening fikrim", - dedi respublika rahbari Grozniyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.Shuningdek, u Ukraina “muammosini” o‘zi allaqachon hal qilgan bo‘lardi, lekin tegishli ko‘rsatma zarurligini aytdi." Yoki men Checheniston Respublikasini Ukrainaga qo‘shgan bo‘lardim yoki uni allaqachon olib qo‘yib, masalani o‘sha yerda hal qilgan bo‘lardim. Lekin shunday qarorlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaydigan davlat kelishuvlari bor", - deb ta’kidladi Qodirov.Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari Ukrainada o‘z harbiy bazalarini ochish va shu tariqa Rossiyaga shart qo‘yishdan manfaatdor. Checheniston rahbari Rossiya rahbari bunday rejalarning amalga oshishiga yo‘l qo‘ymasligiga ishonch bildirdi.Qodirov o‘zini “buyruqni mutlaqo muammosiz bajarishga” tayyor bo‘lgan “piyoda askar” deb atadi, chunki “davlat va xalqimizning yaxlitligi va xavfsizligi – hammasidan muhim”.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/1b/21961853_129:0:2114:1489_1920x0_80_0_0_929b5d23137eb484c42a5f5621877678.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ramzan qodirov ukraina rossiya
ramzan qodirov ukraina rossiya
Agar Zelenskiy siyosatni qayta ko‘rib chiqmasa, Ukrainani Rossiyaga qo‘shib olish zarur – Qodirov
12:57 27.12.2021 (yangilandi: 18:35 05.04.2023) Checheniston rahbari Ramzan Qodirov agar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga qarshi siyosat yuritishda davom etsa, Ukrainani Rossiyaga qo‘shib olish zarurligini aytdi.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov agar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga qarshi siyosat yuritishda davom etsa, Ukrainani Rossiyaga qo‘shib olish zarurligini aytdi.
"Ukrainaliklar - bizning xalqimiz, bu bizning hududimiz. Bu mening fikrim", - dedi respublika rahbari Grozniyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Shuningdek, u Ukraina “muammosini” o‘zi allaqachon hal qilgan bo‘lardi, lekin tegishli ko‘rsatma zarurligini aytdi.
" Yoki men Checheniston Respublikasini Ukrainaga qo‘shgan bo‘lardim yoki uni allaqachon olib qo‘yib, masalani o‘sha yerda hal qilgan bo‘lardim. Lekin shunday qarorlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaydigan davlat kelishuvlari bor", - deb ta’kidladi Qodirov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari Ukrainada o‘z harbiy bazalarini ochish va shu tariqa Rossiyaga shart qo‘yishdan manfaatdor. Checheniston rahbari Rossiya rahbari bunday rejalarning amalga oshishiga yo‘l qo‘ymasligiga ishonch bildirdi.
Qodirov o‘zini “buyruqni mutlaqo muammosiz bajarishga” tayyor bo‘lgan “piyoda askar” deb atadi, chunki “davlat va xalqimizning yaxlitligi va xavfsizligi – hammasidan muhim”.