Taxtaqoracha dovoni noqulay ob-havo sabab yopildi

© Foto: MChS UzbekistanaIz-za snegopada vremenno zakrit pereval Taxtakoracha
Iz-za snegopada vremenno zakrit pereval Taxtakoracha - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2021
Obuna bo‘lish
Tinimsiz yoqqan qor yo‘lning yuza qismida muzlamalar hosil qilgan.
TOShKENT, 26 dek – Sputnik. Taxtaqoracha dovonidagi noqulay ob-havo sharoiti sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklandi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, 26-dekabr kuni soat 11:00 dan Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan.
“Buning asosiy sababi M-39 avtomobil yo‘lining dovon qismida tinimsiz yoqqan qor oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar hosil bo‘lganligi”, - deyilgan xabarda.
FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida ish olib borishmoqda.
YHXBB o‘z navbatida haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lish, ob-havo va yo‘l sharoitini inobatga olib transport vositasini boshqarishni so‘ragan.
Yangi yil kuni qor yog‘adimi
Avvalroq O‘zgidromet dam olish kunlari ba’zi joylarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0