Sirdaryo viloyati hokimi Qorbobo kiyimida ehtiyojmand oilalarga yordam puli tarqatdi – foto
Sirdaryo viloyati hokimi Qorbobo kiyimida ehtiyojmand oilalarga yordam puli tarqatdi – foto
Sputnik O‘zbekiston
Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga prezident tabrigi va sovg‘alarini yetkazish maqsadida Guliston shahrining “Ulug‘obod” mahallasida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalar xonadonida bo‘ldi.
TOShKENT, 26 dek – Sputnik. Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofur Mirzayev Guliston shahrining “Ulug‘obod” mahallasida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalar xonadonida bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.Dastlab G‘ofurjon Mirzayev mahallaning “Parrandachilik” ko‘chasi 8-xonadonda yashovchi, 2-guruh nogiron farzandi bo‘lgan Lutfiya Solihova xonadoniga tashrif buyurdi. Viloyat hokimi 9 yoshli Sarvar Jo‘rayevni Yangi yil bayrami bilan muborakbod etib, prezident tabrigini o‘qib eshittirdi va bayram sovg‘alarini topshirdi.So‘ngra viloyat rahbari ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan Jamila Ahmedova, 11-sinf o‘quvchisi, chin yetim Davron Rustamov, 2-guruh nogiron farzandi bo‘lgan Burobiya Husanova, boquvchisini yo‘qotgan, 3 nafar voyaga yetmagan qiz farzandlari bor Holida Rahmonovalarning xonadonlarida bo‘lib, ularga ham prezident tabrigini o‘qib eshittirdi hamda 800 ming so‘m moddiy yordam puli va bayram sovg‘alarini ulashdi.Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan 2021-yilning dekabr oyida ayrim toifadagi aholiga 800 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi xabar qilingan edi. 2021-yil davomida "temir daftar" ro‘yxatida bo‘lgan, 18 yoshga to‘lmagan farzandlari bor boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi va 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalar bunday yordam pulini olishadi.
sirdaryo hokimi qorbobo kiyimida yordam puli ehtiyojmandlarga bir martalik yordam puli qanday yordam puli olish mumkin sirdaryo hokimi qorbobo kiyimida yordam puli ehtiyojmandlarga bir martalik yordam puli
sirdaryo hokimi qorbobo kiyimida yordam puli ehtiyojmandlarga bir martalik yordam puli qanday yordam puli olish mumkin sirdaryo hokimi qorbobo kiyimida yordam puli ehtiyojmandlarga bir martalik yordam puli
Sirdaryo viloyati hokimi Qorbobo kiyimida ehtiyojmand oilalarga yordam puli tarqatdi – foto
Prezident qarori bilan 2021-yilning dekabr oyida ayrim toifadagi oilalarga 800 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi belgilangan edi.
TOShKENT, 26 dek – Sputnik. Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofur Mirzayev Guliston shahrining “Ulug‘obod” mahallasida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalar xonadonida bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Dastlab G‘ofurjon Mirzayev mahallaning “Parrandachilik” ko‘chasi 8-xonadonda yashovchi, 2-guruh nogiron farzandi bo‘lgan Lutfiya Solihova xonadoniga tashrif buyurdi. Viloyat hokimi 9 yoshli Sarvar Jo‘rayevni Yangi yil bayrami bilan muborakbod etib, prezident tabrigini o‘qib eshittirdi va bayram sovg‘alarini topshirdi.
So‘ngra viloyat rahbari ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan Jamila Ahmedova, 11-sinf o‘quvchisi, chin yetim Davron Rustamov, 2-guruh nogiron farzandi bo‘lgan Burobiya Husanova, boquvchisini yo‘qotgan, 3 nafar voyaga yetmagan qiz farzandlari bor Holida Rahmonovalarning xonadonlarida bo‘lib, ularga ham prezident tabrigini o‘qib eshittirdi hamda 800 ming so‘m moddiy yordam puli va bayram sovg‘alarini ulashdi.
Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev Qorbobo kiyimida ehtiyojmand oilalarga yordam puli tarqatdi
Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan 2021-yilning dekabr oyida ayrim toifadagi aholiga 800 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi xabar qilingan edi.
2021 yil davomida "temir daftar" ro‘yxatida bo‘lgan, 18 yoshga to‘lmagan farzandlari bor boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi va 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalar bunday yordam pulini olishadi.