Rossiya tinchlikni mustahkamlamoqda: yaxshi so‘z, “Borey” va “Yasen” bilan

© Sputnik / Oleg Kuleshov / Mediabankka o‘tishPodvodniy kreyser "Knyaz Vladimir" vozobnovil zavodskie xodovie ispitaniya
Podvodniy kreyser Knyaz Vladimir vozobnovil zavodskie xodovie ispitaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya AQSh va uning ittifoqchilarining retsidiv harbiy ustunligiga qaramay Tinch okeanining har nuqtasida milliy manfaatlarni himoya qilishga qodir yangi suvosti flotini jadal ravishda qurmoqda.
Moskvaning o‘zaro xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi tinchlik takliflari Vashington va Brussel uchun 21-dekabr kuni Rossiya Dengiz harbiy floti (DHF) tarkibiga kirgan “Borey-A” va “Yasen-M” atom suvosti kemalari loyihalari majmuasida yanada tushunarli va ahamiyatli bo‘lmoqda. Yaxshi so‘z va eng yangi qurol bilan tinchilikka faqat yaxshi so‘z bilan qaragandan tezroq erishish mumkin.
Seshanba kuniSeverodvinskda885M (Yasen-M) va 955A (Borey-A) birinchi seriyali suvosti kemalari loyihalarida harbiy dengiz bayroqlari tantanali ko‘tarildi. Rossiya DHF nodir xususiyatlarga ega qurollanish tizimlariga ega eng yangi "Novosibirsk" va "Knyaz Oleg" atom raketa tashuvchilarini oldi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy dengizchilar va “Sevmash” jamoasini bu muhim voqea bilan tabrikladi. Eslatamiz, ko‘p nishonli “Novosibirsk” “Kalibr” va “Oniks” qanotli raketalari bilan dushmanning dengiz va yerdagi obyektlariga zarba berishga qodir, “Knyaz Oleg” suvosti kreyseri esa “Bulava” qit’alararo ballistik raketalar bilan qurollangan. Putin DHFni yangilash sur’atlarini oshirishga, zamonaviy suvusti va suvosti kemalarini qurishga, qirg‘oq infratuzilmalarini rivojlantirishga va’da berdi (u hamisha va’dalarini bajaradi).
Biroq oldinroq, 17-dekabr kuni Moskva Vashingtonga global xavfsizlikni mustahkamlashning yangi tizimi – o‘zaro kafolatlar to‘g‘risidagi shartnomalar loyihalarini taklif qildi. Rossiya Brusselga vaqt ham sarflab o‘tirmadi, chunki AQShning NATOdagi pozitsiyasi – hal qiluvchi. Tinchlik takliflari va bir vaqtning o‘zida DHF tarkibiga ikkita qudratli suvosti raketalari berilishi bir-biriga zid emas.
Rossiya AQSh va uning ittifoqchilarining retsidiv harbiy ustunligiga qaramay Tinch okeanining har nuqtasida milliy manfaatlarni himoya qilishga qodir yangi suvosti flotini jadal ravishda qurmoqda.
Rossiya HDF strategik ko‘payishi: to‘rtta submarina va ikkita korvet 9-mayga rejalashtirildi
Rossiya konstruktorlari beshinchi avlod raketa-yadro flotining asosini yaratishmoqda, maxfiylik o‘smoqda, qurollanish tizimlari yangilanmoqda, razvedka, boshqarish, maqsadni ko‘rsatishning avtomatlashtirilgan vositalari joriy etilmoqda. Rossiyaning ko‘plab texnologiya qarorlari G‘arbning yetakchi mamlakatlari uchun tenglashib bo‘lmaydigan darajada.

Okean nindzasi “Yasen-M”

To‘rtinchi avlod “Novosibirsk” atom suvosti kreyseri qurilayotgan yettita “Yasen-M” kemalar loyihalari seriyasiga taalluqli. Ularning vazifasi – jangovar patrullash hududida AQSh va NATOning boshqa mamlakatlari suvosti kemalarini ta’qib qilish (kuzatib borish). “Novosibirsk”ni 2019-yil oxirida suvga tushirishgandi va qurib bitkazish, sinovlar davrida davlat qabul qilinishi cho‘zilib ketmaganini qayd etish joiz.
“Yasen-M” suvosti kemalari uncha bilinmaydigan va ko‘p nishonli va suv sig‘imi 13800 tonna. U 520 metr chuqurlikkacha tusha oladi, minalar, 533-mm torpedalar, “Kalibr”, “Oniks” qanotli raketalar bilan qurollangan. Kelajakda “Sirkon” bilan qurollanadi. Shuningdek, bortija radioelektr uskunalari majmualari bor. Boshqaruv qurilmasining mustaqilligi – 100 sutka, suvosti tezligi -31 uzel. Ekipaj – 64 kishi.
Bu “ovchilar” dushmanning aviatshuvchi zarba guruhlari, “Ogayo” suvosti raketa tashuvchisini yo‘q qilishga shaylanishgan.
“Yasen”ning mislsiz xususiyatlari faktlar bilan tasliqlanadi. “Severodvinsk” rus suvosti kemasini AQSh Dengiz harbiy kuchlari akustikalari Atlantika okeanida bir necha hafta davomida topa olishmadi.
Busiz iloji yo‘q: Shimoliy dengiz floti NATOga nima bilan javob qaytaradi
“The National Interest” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘p nishonli “Yasen-M”lar uchish masofasi 2500 km dan ziyod 32 ta 3M-14K "Kalibr" qanotli raketalar, yadroviy yoki oddiy nishona oluvchilar bilan qurollangan. Ular o‘ta sassiz. Tezligi yuqori va datchiklarni darhol payqaydi va “Qo‘shma Shtatlarning asosiy hududi uchun xavf tug‘diradi”.

Qahrli “Borey-A”

Strategik maqsadlarga mo‘ljallangan suvosti raketali kreyser “Knyaz Oleg” takomillashtirilgan “Borey-A” loyihasi atomxodlarining to‘rtinchi avlodiga mansub.
Rossiya DHFda 21-dekabrga qadar to‘rtta “Borey” xizmat qilgan. Ulardan uchtasi 955 loyihasi - Yuriy Dolgorukiy", "Aleksandr Nevskiy", "Vladimir Monomax", va bitta loyiha955A – "Knyaz Vladimir”. Birinchi uchta kemalar 16 MBRli “Bulava”ga ega, keyingi suvosti kemalarining xususiyatlari ochiqlanmayapti.
Rossiya Mudofaa vazirligi DHFga jami 10 ta “Borey” yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Ular yaqin o‘n yillikda Rossiya yadroviy uchligining dengiz asosi bo‘lishadi.
“Borey-A” asta-sekinlik bilan uchinchi avlod atom kreyseri o‘rniga kelishadi. To‘qqizinchi va o‘ninchi “Borey”lar 2030-yilgacha topshiriladi. Ehtimol, seriya yana davom ettiriladi. Bunda Strategik hujumkor qurollanish to‘g‘risidagi shartnomani (SNV-3) ta’siri sezilardi.
Rossiya DHFda to‘rtinchi avlod yangi strategik raketa tashuvchini paydo bo‘lishi “hamkorlar” tomonidan ularda bunga javobi yo‘q bo‘lgan chaqiriq sifatida qabul qilinadi. Tinch okeanida yangi global gidroakustik tizimlarni ishlab chiqarishni moliyalashtirish ehtiyoji tug‘iladi – bu qimmat va AQSh (NATO) muvaffaqiyatiga kafolat bermaydi. Aytgancha, “Borey” loyihasi kreyserini qurish qiymati - 400 million dollargacha. To‘rtinchi avlod ko‘p nishonli Virginia suvosti kemalarini qurish esa Pentagonga 2,5 milliard dollarga tushmoqda.
Rossiyaning “Sirkon” gipertovushli raketasi nimalarga qodir
Zamonaviy Rossiyaning strategik ahamiyatga ega suvosti kreyserlari va ko‘p nishonli suvostikemalari dushmanning kulini ko‘kka sovurish uchun yaratilgan. Ular mamlakatni munosib himoya qilishida. Boz ustiga Rossiya sayyoraning istalgan nuqtasida milliy manfaatlarni himoya qilishga qodir Harbiy dengiz flotini mustahkamlamoqda. Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi 2027-yilgacha “Sevmash” yettitadan atom suvosti kemasi “Borey-A” va “Yasen-M”ni qurishini ma’lum qilgan edi. Bugungi kunda harbiy qudrat reytingida Rossiya DHF umumiy kemalar soni bo‘yicha Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda.
Qizig‘i shundaki, AQSh HDK to‘rtinchi o‘rinda, Buyuk Britaniya – 28. Suvosti kuchlarini taqqoslash (AQSh dunyoda 2-o‘rin (68 ta jangovar), Rossiya esa 3-pog‘onada (64 ta suvosti kemasi) rivojlanish jadal ketayotganidan dalolat beradi, biroq Rossiya DHFning texnologik ustunligini aks ettirmaydi. Rossiyaning o‘sib borayotgan mudofaa salohiyati, shubhasiz, “hamkorlarni” xafa qiladi. Va ko‘p qutbli dunyoning muayan barqarorligini kafolatlaydi.
Uchinchi jahon urushini to‘xtatib turgan rus quroli
Rossiya sanoat-mudofaa majmuasi ilmiy texnika inqilobni sodir etdi. U dunyoda muqobili bo‘lmagan, G‘arb ishlanmalaridan 10-yillarga o‘zib ketgan qurol-yaroqni yaratishga imkon berdi. Zamonaviy ko‘p qutbli dunyoda yuqori texnologiyali “Yasen-M” va “Borey-A” Rossiyani haqiqatdan suveren va yengilmaslik qiladi, bugun va yaqin kelajakda.
Yangiliklar lentasi
0