“Gazprom” Yevropa ayblovlarini rad etdi

© Sputnik / Aleksandr GalperinViveska na ofise PAO "Gazprom" na Moskovskom prospekte v Sankt-Peterburge.
Viveska na ofise PAO Gazprom na Moskovskom prospekte v Sankt-Peterburge. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2021
Obuna bo‘lish
Kompaniya yoqilg‘ini ilgari tuzilgan shartnomalar asosida yetkazib berayotganini ma’lum qilgan.
TOShKENT, 26 dek – Sputnik. Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi Yevropaga yetarlicha gaz yetkazib bermayotgani borasidagi ayblovlarni rad etadi. Bu haqda kompaniya rasmiy vakili Sergey Kupriyanov ma’lum qildi.

“Rossiya va “Gazprom”ga nisbatan biz Yevropa bozoriga kam gaz yetkazib berayotganimiz borasidagi barcha ayblovlar mutlaqo asossiz, nomaqbul, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Oddiy qilib aytganda, uydirma va yolg‘on”, - dedi Kupriyanov “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, iste’molchilar shartnomalarda ko‘zda tutilgan yillik hajmlarni tanlab bo‘lishgan. Misol tariqasida u Fransiya va Germaniyani keltirdi.
Hozir “Gazprom” quvvatlarni arizalar asosida saqlab qo‘ymoqda. Shu bilan birga kompaniya 15-dekabr kuni Ukraina orqali tranzit bo‘yicha majburiyatlarini bajarib bo‘lgan.
Kompaniya o‘n bir yarim oy mobaynida chet el mamlakatlariga yoqilg‘i yetkazib berishni 178,1 milliard kubometrgacha oshirgan. Bu o‘tgan 2020-yilning mos davriga ko‘ra qariyb 5 foizga (8,2 milliard kubometr) ko‘proq.
Germaniya, Italiya, Ruminiya, Polsha, Daniya, Finlyandiya va ayrim boshqa davlatlar eng ko‘p Rossiya gazini olishgan.
“Gazprom” amaldagi uzoq muddatli shartnomalar doirasida yoqilg‘ining qo‘shimcha hamjlarini yetkazib berishga tayyor, ularni yetkazib berish narxi spotdagiga qaragandan ancha past, deydi Kupriyanov.
Yevropa Rossiyaga to‘lashga mahkum: qimmat bo‘ladi
Qolaversa, kompaniya ta’kidiga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Germaniyadan Polsha, chamasi, keyin Ukrainaga kuniga uch milliondan besh million kubometrgacha hajmda revers yetkazib berilmoqda.
“Gaz boz ustiga gazning allaqachon 47 foizini olib qo‘ygan Germaniya hududidagi yerosti omborlardan olib chiqilmoqda, qish esa endi boshlanmoqda. Eng oqilona bo‘lmagan qaror”, - deya qo‘shimcha qildi “Gazprom” vakili.
Bu yetkazib berishlar narxi Rossiya tomonidan kontrakt hamjlari bo‘yicha yetkazib berilayotgan narxdan yuqoridir.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Gazprom” uzoq muddatli shartnomalar asosida resurslarni yetkazib berayotgani, nemis va fransuz kontagentlari esa xarid qilishga arizalarini berishmaganini ma’lum qilgan edi.
Shu tariqa Putin Yevropada yoqilg‘ining rekord darajada qimmatlashi va Moskvaga qo‘yilgan ayblovlarga munosabat bildirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropaning o‘zi Rossiya gazini reversga tushirib, xom ashyo narxi ko‘tarilishiga sababchi bo‘lgan.

Mavzuga oid:

Serbiya Rossiya tufayli gazdan katta mablag‘ tejab qolmoqda - Vuchich
O‘zlari qazigan choh: Yevropa Rossiyadan gaz bumerangini oldi
Moldova gaz uchun qarzini uzmasdan yangi shartnoma tuzishni so‘rayapti
Yevropada energetik inqiroz - kim aybdor?
Yangiliklar lentasi
0