2022 yil munajjimlar bashorati: Egizaklarni nimalar kutmoqda - batafsil

© Pixabay/Darkmoon_artZnak zodiaka Bliznesi
Znak zodiaka Bliznesi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2021
Obuna bo‘lish
Kelgusi yilning ramzi bo‘lgan suv yo‘lbarsi Egizak burji vakillari uchun hayotning barcha jabhalariga ta’sir qiladigan ko‘plab surprizlar tayyorlagan, xususan, ishdan tortib shaxsiy munosabatlargacha.
Egizaklar uchun 2022-yilning eng aniq munajjimlar bashoratini o‘qing.
Egizaklar uchun bashoratni darhol xushxabar bilan boshlash mumkin: 2022-yilda ularning belgisida muhim sayyoralar bo‘lmaydi, ya’ni Egizaklarda tutilishlar kuzatilmaydi.
Shuning aytish mumkinki: Yo‘lbars yili Egizaklar uchun ijobiy va xotirjam bo‘lishni yil bo‘lishni va’da qilmoqda. To‘g‘ri, bu tinchlik muntazam ravishda kutilmagan hodisalar bilan o‘zgarishi mumkin, ammo ularning barchasi yoqimli bo‘lib chiqadi.
Ushbu astrologik bashorat 2022-yil davomida egizaklarni kutayotgan surprizlar haqida o‘qiysiz.

Egizaklar burji xususiyatlari

Yil egasi - Qora suv yo‘lbarsi kabi - Egizaklar (21 may - 21-iyun) o‘zlarining mustaqil, mag‘rur va kuchli xarakteri bilan ajralib turadi. Tabiatan lider bo‘lgan egizaklar har kim bilan til topishlari mumkin va bu ularning bilimdonligi tufayli.
Egizaklar ko‘pincha haqiqiy ensiklopedik bilimga ega, bu esa ularni ajoyib suhbatdosh qiladi. Ular bilimga intiladilar, hatto katta yoshda ham yangi narsalarni o‘rganishdan charchamaydilar.
Yangilikka intilish Egizaklar imidjida hamaks etadi. Ushbu yulduz turkumi ostida tug‘ilgan odamlar o‘zlariga g‘amxo‘rlik va parvarish qilishni yaxshi ko‘radilar, ular yangi uslubdagi kiyimlarga ham, eng zamonaviy jihozlarga ham qiziqishadi.
Egizaklar yengil, mehribon, quvnoq xarakterga ega, ular sadoqatni qadrlashaydilar va boshqalarga qanday g‘amxo‘rlik qilishni biladilar. Shu bilan birga, tashqi tomondan, Egizaklar hammadan o‘zini olib qochadigan va sovuqqonbo‘lib tuyulishi mumkin, chunki ular qiyin vaziyatlardanvahima qilmaydigan odamlar chiqib ketadi deb hisoblaydilar. Va bu xususiyat ularga har qanday muammodan chiqish yo‘lini topishga yordam beradi.
Egizaklarning asosiy kamchiligi shundaki, ular o‘z nomiga sodiq qolgan holda muhim qaror qabul qilishda ikkiyuzlamachi pozitsiyani tanlashi mumkin. Ular bir vaziyatga bo‘lgan munosabatni deyarli har kuni o‘zgartiradilar, shuning uchun ular keraksiz va mas’uliyatsiz ko‘rinishi mumkin. Agar bu yil Egizaklar bu masalada o‘z ustida ishlashsa, munajjim Tamara Globaning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lbars ularga ko‘p g‘alabalarni olib keladi.

Egizaklar uchun 2022-yilda umumiy bashorat

2022 yilda Egizaklar belgisida tutilishlar kutilmagani uchun yil bir maromda ketayotgandek tuyulishi mumkin. Haddan tashqari voqealarga boy 2021-yildan keyin Egizaklar munosib dam olishni istaydi – salbiy holatlarni kutmasa ham bo‘ladi.
Ammo ijobiy daqiqalar ham etarli darajada ko‘p bo‘ladi, bunga 2022-yilda Egizaklar bilan o‘zaro ta’sir qiladigan Yupiter va Saturn sayyoralari yordam beradi. Astrologlar Yupiterni "imkoniyatlar sayyorasi" deb atashadi. 2022-yilda bu sayyora Egizaklarga xizmat safariga chiqish uchun ko‘plab takliflarni tayyorlaydi. Siz esa ularni rad qilmang - bu sayohatlarda sizni kutayotgan uchrashuvlar taqdirga yozilgan bo‘lishi mumkin.
Egizaklar o‘qituvchilar ayniqsa omadli bo‘lishadi, chunki Yupiter - murabbiylarni qo‘llab-quvvatlaydigan sayyora. Sayyora Egizaklar belgisi ostida tug‘ilgan o‘qituvchilarning obro‘sini oshirishga yordam beradi. Tibbiyot va sport sohasi xodimlariga ham omad kulib boqadi.

Egizaklar uchun moliyaviy munajjimlar bashorati

Ishbilarmonlik sohasida Egizaklar "rahbarlar sayyorasi" Saturn tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, shuning uchun ba’zi paytlarda havo belgisi vakillari mansab zinapoyasiga chiqish uchun kerakli harakatlarni qilmayapman deya o‘ylamaydilar ham. Biroq shunga qaramay, ular omadli.
1 iyundan 10-iyungacha tug‘ilgan egizaklar ish joyini o‘zgartirishi mumkin. Ko‘pchilik Egizaklar uchun maydan noyabrgacha bo‘lgan davr ham qulay - bu investitsiyalar nuqtayi nazaridan muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. Biznes boshlash haqida o‘ylayotgan egizaklar 2022-yilning ikkinchi yarmida o‘z maqsadlari ishonch bilan qadam tashlashlari mumkin.

Egizaklar uchun salomatlik borasida munajjimlar bashorati

Sog‘lik haqida Egizaklar ehtiyot bo‘lishlari kerak. Nafas olish tizimining holatini tekshirish uchun terapevtga ko‘ringanlari ma’qul. Bundan tashqari, qo‘llarga g‘amxo‘rlik qilish muhim - 2022-yil noyabr-dekabr oylarida Mars jarohatlanish xavfini oshiradi.
Qolganboshqa jihatlarda, yil Egizaklar uchun jiddiy muammolarni anglatmaydi.

Egizaklar uchun sevgi borasida munajjimlar bashorati

Allaqachon juftini topgan Egizaklarga omad kulib boqadi. 2022-yil nikoh uchun yaxshi yil. Ko‘p egizak burji ayollari kelasi yilning iyun oyida turmush qurishlari mumkin.
Yolg‘iz egizaklar esa mart, iyun va oktabr oylarida tez-tez odamlar orasiga chiqib turishlari kerak – boshni aylantiradigan darajada romantik hodisalar bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchrashuvlar ularni aynan yo‘lda kutmoqda. Bunda Egizaklar chet elga aylangani chiqadimi, yoki ofis tashqarisida restoranda tushlik qilayotgan bo‘ladimi, ahamiyati yo‘q.
Mavzuga oid qiziqarli materiallar:
Vanga va Nostradamus 2022-yilga nimalarni bashorat qilgan>>
Boylik, muhabbat va baxt: 2022 - Yo‘lbars yilida kimning omadi chopadi>>
Yangiliklar lentasi
0