https://oz.sputniknews.uz/20211225/shifokor-diabetdan-himoya-qiladigan-mahsulotni-aytdi-21919543.html
Shifokor diabetdan himoya qiladigan mahsulotni aytdi
Shifokor diabetdan himoya qiladigan mahsulotni aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Qizqon o‘simligini muntazam iste’mol qilinganda qonda shakar miqdori 25% gacha tushishi mumkin.
2021-12-25T06:00+0500
2021-12-25T06:00+0500
2021-12-25T06:00+0500
jamiyat
shifokorlar tavsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/618/57/6185706_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_9a4ccd5f472c24e3629b296710742242.jpg
Qizqon o‘simligini muntazam iste’mol qilinganda qonda shakar miqdori 25% gacha tushishi mumkin. Tadqiqotchilar ma’lumotlariga ko‘ra, bu bir yillik dukkaklilar oilasiga kiruvchi o‘simlik bo‘lib, u qonli diabetda, uni oldini olishda ham samarali vosita. Olimlar sakkiz hafta davomida qizqonning shakar va xolesterin miqdoriga ta’sirini kuzatdi. Diabet bilan og‘rigan bemorlarga har kuni 10 gramm qirg‘ichdan chiqarilgan qizqonni yogurt bilan aralashtirib yoki issiq suvda namlab iste’mol qilish tavsiya qilindi.Shu bilan birga, issiq suvda namlangan o‘simlik samaradorligi yogurtga qo‘shilganidan ancha yuqori chiqdi.Biroq, olimlar qizqonning faol ta’sirlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni tavsiya qildi, chunki qon shakar darajasini pasaytiradigan boshqa mahsulotlar bilan aralashtirilganda, shakar etishmasligi - gipoglikemiya paydo bo‘lishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/618/57/6185706_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_c8733ce6c5471e6c6affa854f96f4cd8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
diabetdan himoya qiladigan mahsulot nomi e’lon qilindi
diabetdan himoya qiladigan mahsulot nomi e’lon qilindi
Shifokor diabetdan himoya qiladigan mahsulotni aytdi
Daily Express: qizqon o‘simligi qonda shakar miqdorini 25%gacha tushirishi mumkin.
Qizqon o‘simligini muntazam iste’mol qilinganda qonda shakar miqdori 25% gacha tushishi mumkin. Tadqiqotchilar ma’lumotlariga ko‘ra, bu bir yillik dukkaklilar oilasiga kiruvchi o‘simlik bo‘lib, u qonli diabetda, uni oldini olishda ham samarali vosita. Olimlar sakkiz hafta davomida qizqonning shakar va xolesterin miqdoriga ta’sirini kuzatdi.
Diabet bilan og‘rigan bemorlarga har kuni 10 gramm qirg‘ichdan chiqarilgan qizqonni yogurt bilan aralashtirib yoki issiq suvda namlab iste’mol qilish tavsiya qilindi.
“24 soatlik siydikdagi glyukoza miqdori 54 foizga, och qoringa iste’mol qilingan shakar, triglitseridlar va xolesterin miqdori qizqon urug‘i iste’mol qilinganidan keyin mos ravishda 25, 30 va 30,6 foizga kamaydi, Bu natijalar qandli diabetni davolashda qizqonning foydasi haqida belgi beradi " – deydi shifokorlar.
Shu bilan birga, issiq suvda namlangan o‘simlik samaradorligi yogurtga qo‘shilganidan ancha yuqori chiqdi.
Biroq, olimlar qizqonning faol ta’sirlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni tavsiya qildi, chunki qon shakar darajasini pasaytiradigan boshqa mahsulotlar bilan aralashtirilganda, shakar etishmasligi - gipoglikemiya paydo bo‘lishi mumkin.