Shveysariya sudi Gulnora Karimovaga tegishli pullarning aksariyatini musodara qildi

© AFP 2023 / Amy SussmanGulnara Karimova
Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2021
Obuna bo‘lish
Shveysariya sudi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan yana 293 mln dollarni musodara qildi. 2018-yilda 555 million musodara qilingan edi.
TOShKENT, 24 dek - Sputnik. Shveysariya Federal sudi Gulnora Karimova bilan bog‘liq kompaniyalarga tegishli bo‘lgan 293 million dollarni musodara qilish to‘g‘risida qaror chiqardi, deb xabar qilmoqda Swissinfo axborot agentligi.

Sudning bunday qaror chiqarishga Gulnora Karimova va uning yordamchisini noqonuniy yo‘l bilan olingan daromadlarni "yuvish"da aybdor deb topilgani sabab bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, Karimovaga tegishli bo‘lgan Takilant kompaniyasi Sheysariya banklarida aniqlangan bir necha shubhali hisob raqamlari bilan bog‘liq bo‘lgan.

Lekin daromadning bir qismi - 70 million dollar, jinoiy yo‘l bilan olingani aniqlanmagani sababli Takilant kompaniyasiga qaytariladi, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Shveysariya sudi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan beshta hisob raqamlaridan 555 million dollarlik aktivlarni musodara qilish to‘g‘risda qaror chiqargan edi. 2019-yilda Shveysariya ushbu mablag‘lardan 130 millionov dollari O‘zbekistonga qaytarilishi haqida ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergov natijasida dunyoning turli burchaklaridan Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan umumiy qiymati 2 milliard dollarlik ko‘chmas mulk va boshqa boyliklar aniqlangan edi. Ushbu boyliklarning aksariyati Shveysariya ($800 mln.), Irlandiya ($300 mln.) va BAA ($120 mln.)da ekani aniqlangan.
Yangiliklar lentasi
0