Pfizer va Moderna: emlanishdan 6 oy o‘tgach “omikron”dan himoya qilmaydi – AQSh olimlari

© AFP 2023 / LIONEL BONAVENTUREOmikron-shtamm koronavirusa
Omikron-shtamm koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2021
Obuna bo‘lish
Amerikalik olimlar o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, Pfizer va Moderna vaksinalari ikki dozasi bilan emlanishdan keyin 6 oy o‘tgach “omikron”dan himoya qilmaydi.
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Pfizer va Moderna kompaniyalari ishlab chiqargan koronavirusga qarshi vaksinalari ikkinchi dozasini olgandan keyin 6 oy o‘tgach, “omikron” shtammidan himoya qilmaydi, bu haqda amerikalik olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotda bayon etildi, bioRxiv resursida chop etildi.
"Ikkinchi dozadan olti oy o‘tgach, o‘rganilgan emlangan shaxslarning hech birining plazmasi “omikron” shtammiga qarshi neytrallashtiruvchi faollikni ko‘rsatmadi", - deyilgan tadqiqotda.
Tadqiqotga ko‘ra, ikkinchi dozadan so‘ng, boshqa shtammlar bilan solishtirganda, "omikron" bilan aloqa qilganda antitanachalarning neytrallash faolligi 30 baravar kamaydi. Biroq, buster dozadan keyin ko‘rsatkichlar atigi 14-marta kamaydi. Uchinchi doza ishtirokchilarning 90% dan ortig‘ini “omikron”dan himoya qildi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, bu ma’lumotlar “omikron”dan himoyalanish uchun qayta emlanish zarurligini isbotladi.
Omikron deb nomlangan koronavirusning yangi shtammi noyabrda Botsvana va Janubiy Afrika Respublikasida aniqlangan edi. JSST uni “xavotir tug‘diruvchi” deb tan olgan. Mutaxassislar yangi shtammni koronavirusni boshdan kechirganlar ham, emlanganlar ham yuqtirib olishi mumkin deb hisoblashmoqda.
Mavzuga doir qiziqarli materiallar:
“Omikron” sichqon va kalamushlarga yuqmoqda
Britaniya olimlari: omikron shtammi o‘pka uchun deltadek xavfli emas
"Omikron” biz o‘ylagandan ko‘ra xavfliroq bo‘lishi mumkin - JSST
Rossiyada koronavirusga qarshi “MIR 19” preparat ro‘yxatdan o‘tkazildi
Koronavirusning omikron shtammi belgilari ma’lum qilindi
Yangiliklar lentasi
0