Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligini tahlil qilish markazi nima bilan shug‘ullanadi
11:08 24.12.2021 (yangilandi: 11:11 24.12.2021)
© Sputnik / Vitaliy Timkiv
/ Obuna bo‘lish
Ushbu markaz - sohadagi barcha grant va kredit loyihalarini boshqarish, muvofiqlashtirish va samaradorligini monitoring qilish bilan shug‘ullanadi.
TOShKENT, 24 dek - Sputnik. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida yaqinda tashkil etilgan "Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va xalqaro tadqiqotlar markazi"ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.
oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasini institutsional tahlil qilish va islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq qilish;
sohadagi islohotlarning ta’sirchanligini va ilmiy tadqiqotlarning samaradorligini baholash;
sohani rivojlantirish bo‘yicha qisqa, o‘rta, va uzoq muddatli rejalar va strategiyalar ishlab chiqish;
sohada tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, kredit grantlar ajratish, investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga ko‘maklashish;
sohada axborot va statistik ma’lumotlarini tizimlashtirish;
oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasiga xorijiy investitsiyalar, XMI va XHMT kredit va grantlarini jalb qilish;
sohadagi barcha grant, texnik ko‘mak va kredit loyihalarini va dasturlarini boshqarish, muvofiqlashtirish va samaradorligini monitoring qilish.
Shuningdek, ushbu markaz, xorijiy investorlar grant mablag‘lari asosida 2022-2023 yillarda bog‘ va tokzorlarni barpo etish, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish bo‘yicha ko‘rgazmali dala maydonlari tashkil qiladi.