https://oz.sputniknews.uz/20211224/ozbekistonda-oliy-sport-mahorati-instituti-ochiladi-21933915.html
O‘zbekistonda Oliy sport mahorati instituti ochiladi
O‘zbekistonda Oliy sport mahorati instituti ochiladi
Sputnik O‘zbekiston
“Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston prezidenti qarori loyihasini tayyorladi.
2021-12-24T18:30+0500
2021-12-24T18:30+0500
2023-04-05T15:48+0500
jamiyat
o‘zbekiston
sport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1153/15/11531541_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_e3842638d09f72a58a5c2e0badb25204.jpg
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Turizm va sport vazirligi “Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezidenti qarori loyihasini tayyorladi.Qaror loyihasiga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab Respublika olimpiya zaxiralari kolleji bazasida uch yillik “spetsialitet” dasturni amalga oshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasi shaklidagi ixtisoslashtirilgan Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish ko‘zda tutilmoqda.Jahon tajribasiga ko‘ra “spetsialitet” dasturi 5-yildan kam bo‘lmasligini hisobga olib, qaror loyihasida olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarining 2-yillik professional ta’lim bosqichini tugatgan bitiruvchilari ta’limning keyingi bosqichini Institutning 3-yillik oliy ta’lim dasturini asosida davom ettirishi belgilanmoqda.Shuningdek, Institut bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat deb e’tirof etiladigan, magistratura darajasiga tenglashtirilgan diplom berish nazarda tutilmoqda.Institutga olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarini bitirib olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari bo‘lgan yoshlarning sport natijalariga qarab hamda seleksiya bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.Institutga qabul kvotalari davlat buyurtmasi sifatida har bir sport turining xususiyatidan (vazn toifasi, sportchilar soni, shu jumladan sportchi-ayollar soni, jamoaviy sport turlari bo‘yicha tegishli sport turida ishtirok etadigan sportchilar soni va boshqalar) kelib chiqib hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) maxsus sport tizimini boshqarish platformasida shakllangan olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari bitiruvchilarining sport natijalari ko‘rsatkichlari asosida belgilanadi. Bunda, Institutga umumiy qabulning 10 foizigacha O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga asosan boshqa ta’lim muassasalaridan qabul qilishga ruxsat beriladi.Institut talabalarining umumiy ta’minoti (ovqatlanish, tibbiy biologik ta’minoti, sport musobaqalaridagi ishtiroki va boshqalar) to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1153/15/11531541_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_21252a57860cafa89debcfb020e2b5df.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonda oliy sport mahorati instituti ochiladi
o‘zbekistonda oliy sport mahorati instituti ochiladi
O‘zbekistonda Oliy sport mahorati instituti ochiladi
18:30 24.12.2021 (yangilandi: 15:48 05.04.2023) “Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston prezidenti qarori tayyorlandi.
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Turizm va sport vazirligi “Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezidenti
qarori loyihasini tayyorladi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab Respublika olimpiya zaxiralari kolleji bazasida uch yillik “spetsialitet” dasturni amalga oshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasi shaklidagi ixtisoslashtirilgan Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish ko‘zda tutilmoqda.
Jahon tajribasiga ko‘ra “spetsialitet” dasturi 5-yildan kam bo‘lmasligini hisobga olib, qaror loyihasida olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarining 2-yillik professional ta’lim bosqichini tugatgan bitiruvchilari ta’limning keyingi bosqichini Institutning 3-yillik oliy ta’lim dasturini asosida davom ettirishi belgilanmoqda.
Shuningdek, Institut bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat deb e’tirof etiladigan, magistratura darajasiga tenglashtirilgan diplom berish nazarda tutilmoqda.
Institutga olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarini bitirib olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari bo‘lgan yoshlarning sport natijalariga qarab hamda seleksiya bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Institutga qabul kvotalari davlat buyurtmasi sifatida har bir sport turining xususiyatidan (vazn toifasi, sportchilar soni, shu jumladan sportchi-ayollar soni, jamoaviy sport turlari bo‘yicha tegishli sport turida ishtirok etadigan sportchilar soni va boshqalar) kelib chiqib hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) maxsus sport tizimini boshqarish platformasida shakllangan olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari bitiruvchilarining sport natijalari ko‘rsatkichlari asosida belgilanadi. Bunda, Institutga umumiy qabulning 10 foizigacha O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga asosan boshqa ta’lim muassasalaridan qabul qilishga ruxsat beriladi.
Institut talabalarining umumiy ta’minoti (ovqatlanish, tibbiy biologik ta’minoti, sport musobaqalaridagi ishtiroki va boshqalar) to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi.