https://oz.sputniknews.uz/20211224/gosht-moy-kartoshka-uchun-qqs-imtiyozlari-uzaytiriladi---yangi-qonun-21928951.html
Go‘sht, moy, kartoshka uchun QQS imtiyozlari uzaytiriladi - yangi qonun
Go‘sht, moy, kartoshka uchun QQS imtiyozlari uzaytiriladi - yangi qonun
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Hukumati go‘sht, kartoshka, o‘simlik moyi va baliq narxini tushirish maqsadida ushbu mahsulotlar uchun soliq imtiyozlari muddatini uzaytirmoqchi. 24.12.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-12-24T10:42+0500
2021-12-24T10:42+0500
2021-12-24T10:43+0500
iqtisod
yangi qonun
deputat
go‘sht
o‘zbekiston oliy majlisi senati
yog‘
baliq yog‘i
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1073/07/10730720_74:0:3521:1939_1920x0_80_0_0_91442624650875c639bfcf49c5a9756c.jpg
TOShKENT, 24 dek - Sputnik. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari importi va realizatsiyasi uchun qo‘shimcha qiymat solig‘idan (QQS) berilgan imtiyozlar muddati uzaytiriladi, deb xabar qilmoqda Oliy Majlis deputati Doniyor G‘aniyev o‘z telegram kanalida. Xabarda aytilishiga ko‘ra, Parlament tomonidan 2021-yilda aholi uchun muhim iste’mo tovarlari bo‘lgan mahsulotlar uchun kiritilgan soliq imtiyozlari muddati yana 4 oyga uzaytiriladi. Deputatlar ushbu haqida yangi qonun loyihasi ishlab chiqishgan. Yangi qonun loyihasiga ko‘ra 2022-yil 30-aprelga qadar quyidagi oziq-ovqatlar QQSdan ozod qilinadi: Deputat xulosasiga ko‘ra, ushbu choralar O‘zbekiston bozorlarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini nafaqat barqaror saqlashga, balki ularni pasaytirishga hamda aholini ushbu mahsulotlarga bo‘lgan talabini to‘laqonli qondirishga xizmat qiladi.Doniyor G‘aniyev ushbu qonun loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullanishiga umid bildirgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1073/07/10730720_505:0:3090:1939_1920x0_80_0_0_b015e2182900f315876ea53930621615.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, yangi qonun, deputat, go‘sht, o‘zbekiston oliy majlisi senati, yog‘, baliq yog‘i
iqtisod, yangi qonun, deputat, go‘sht, o‘zbekiston oliy majlisi senati, yog‘, baliq yog‘i
Go‘sht, moy, kartoshka uchun QQS imtiyozlari uzaytiriladi - yangi qonun
10:42 24.12.2021 (yangilandi: 10:43 24.12.2021) O‘zbekiston Hukumati go‘sht, kartoshka, o‘simlik moyi va baliq narxini tushirish maqsadida ushbu mahsulotlar uchun soliq imtiyozlari muddatini uzaytirmoqchi.
TOShKENT, 24 dek - Sputnik. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari importi va realizatsiyasi uchun qo‘shimcha qiymat solig‘idan (QQS) berilgan imtiyozlar muddati uzaytiriladi, deb xabar qilmoqda Oliy Majlis deputati Doniyor G‘aniyev o‘z telegram kanalida.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Parlament tomonidan 2021-yilda aholi uchun muhim iste’mo tovarlari bo‘lgan mahsulotlar uchun kiritilgan soliq imtiyozlari muddati yana 4 oyga uzaytiriladi. Deputatlar ushbu haqida yangi qonun loyihasi ishlab chiqishgan.
Yangi qonun loyihasiga ko‘ra 2022-yil 30-aprelga qadar quyidagi oziq-ovqatlar QQSdan ozod qilinadi:
O‘zbekiston Respublikasi hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish;
o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma;
go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlar;
kartoshka va muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni mamlakat hududiga olib kirish.
Deputat xulosasiga ko‘ra, ushbu choralar O‘zbekiston bozorlarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini nafaqat barqaror saqlashga, balki ularni pasaytirishga hamda aholini ushbu mahsulotlarga bo‘lgan talabini to‘laqonli qondirishga xizmat qiladi.
Doniyor G‘aniyev ushbu qonun loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullanishiga umid
bildirgan.