Yevropa Ittifoqi Rosiyani qanday barbod qilmoqchi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaJozep Borrel
Jozep Borrel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2021
Obuna bo‘lish
Borrel Yevropa to‘liq "kiyingan va jihozlangan holda" Rossiya bilan qarama-qarshilikka shay turishi kerak dedi.
YeI xorijiy ishlar va xavfsizlik bo‘yicha oliy vakili, Yevrokomissiya raisi o‘rinbosari Jozep Borrel bir vaqtning o‘zida umumevropa diplomatiyasi rahbari bo‘la turib blogerlik ham qilmoqda.
U oz-oz yozib ham turadi.
Yaqinda Yevrokomissiya rasmiy portalida bloger Borrelning “Biz Sharqning kuch siyosatini qanday jilovlashimiz kerak?” nomli maqolasi e’lon qilindi.
Bunda “Sharq” so‘zi ostida Rossiya nazarda tutilgan. Jozep Borrel bir zumda diplomat kostyumini yechib sirkdagi hayvon o‘ynatuvchi kiyimni kiydi va suhbat ohangini va leksikasini ham darhol o‘zgartirdi.
Mana o‘zingiz ko‘ring: “Biz bugun Rossiya tahdid va shantajdan iborat gibrid harkatlar yordamida o‘z siyosatini olib borayotganini ko‘rib turibmiz. Sodir bo‘layotgan voqealar oldida biz o‘z qarorlarimizda qat’iy va birdam bo‘lishimiz kerak”, - deyiladi maqolada.
Shunday yo‘l bilan birlashgan Yevropa Rossiyani raqib emas dushman etib belgilamoqda. Chunki faqat dushman deb hisoblangan tomonga tahdid qilish, qo‘rqitish mumkin. Raqib bilan esa – suhbat boshqacha ohangda olib boriladi.
Bundan boshqa yana bir necha qizib iboralar uchrab turadigan maqolada, Borrel Parij xartiyasini o‘ta ijobiy ohangda esga oladi. Borrel aytishiga ko‘ra “Aynan o‘sha vaqtlar hozirgi Yevropa xavfsizlik tizimining chegaralari paydo bo‘lgan”.
Aslida Parij xartiyasi Borrelga boshqa tomondan yoqadi. Aynan ushbu hujjatda sovuq urush tugagani rasman qayd etilgan. Norasmiy ohangda esa uning g‘oliblari sanab o‘tilgan edi – bular kollektiv G‘arb, NATO va YeI davlatlari. Yutqizgan tomon esa – Sovet Ittifoqi edi.
SSSR tarqalib ketganidan so‘ng yana bir shartnoma imzolangan edi – Maastrixtda. Unda Rossiyani geosiyosiy “ta’sir hududlaridan” mahrum qilish masalasi ko‘tarilgan edi va birinchi bo‘lib taqsimlash pichog‘i ostiga Yugoslaviya tushdi.
O‘n minglab qurbonlar, daryo bo‘lib oqqan qon, aholi boshiga tushgan dahshatlar, xalqaro huquq normalarining barchasi buzilishi... Lekin “buyuk” maqsad yo‘lida qurbonlar sonini hech kim sanamaydi.
Biroz oldin shunday uslubda SSSRni ham tarqatib yuborishgan edi. Unda rus aholi turli respublikalarda qolib, tarqab ketgan bo‘lsa-da ushbu talofotni munosib kutib olishdi. Rossiya ulkan mamlakatning barcha majburiyatlarini o‘z bo‘yniga oldi.
Respublikalar esa tarqalib ketdi, ular SSSRdan orttirgan boyliklar uchun hech kim hech qanday ko‘rinishda kompensatsiya so‘ramadi. Mayda-chuyda hisob kitoblar biz uchun emas.
Rossiya bir necha avlodlar qo‘li bilan yaratilgan boyliklarni shunchaki berib yubordi. Buning evaziga esa rusofobiya, ksenofobiyada ayblovlar va Shimoliy alyansning sharqqa kengayishini oldi.
Rossiyaga bosim o‘tkazish dastaklarini qo‘lga kiritish uchun tajovuzlar bo‘layotgan vaqtda biz mamlakatni jamlab olishga harakat qilayotgan edik.
O‘sha vaqtda millat qalbini yo‘qotishlar, qayg‘u, talofat, qashshoqlik chulg‘ab olgandi. Buni hech qanday erkin bozor va yuzlab xildagi kolbasalar ham yoddan o‘chira olmaydi.
Bugun bizni “dushman” deb atayotganlar o‘sha vaqtlar Rossiyani alday olgani uchun, ehtimol xursandchilikdan “jiga” raqsiga tushgandir.
Shundan so‘ng o‘z chegaralarini imkon qadar kengaytirgan YeI, ikkinchi bosqichga o‘tdi. Ham Vashington ham Brussel ramziy ma’noda emas haqiqiy ma’noda Rossiyani yaqin qo‘shnilaridan ajratib olishga kirishdi.
Gruziyani muvaffaqiyatsiz bo‘lsa-da ajratib olishdi, Ukrainani – ikkinchi urinishda, Belarusga kelganda – ular mag‘lubiyatga uchradi. Shunda Rossiyaga qarshi iqtisodiy urush e’lon qilindi, sanksiyalar kiritish boshlandi.
Lekin, sanksiyalar oqibatida YeIning o‘zi katta zarar ko‘rdi. Rossiya esa sanksiyalar tufayli o‘z qishloq xo‘jaligi va boshqa qator sohalarini rivojlantirishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirgi pandemiya sharoitida yevropa davlatlari iqtisodlari inqirozga duch kelayotgan vaqtda, Rossiya iqtisodi – o‘sish namoyish qilmoqda.
Yevropalik diplomat bir tomondan Rossiya urinishlariga qarshi kurashish kerak desa, boshqa tomondan “Yevropa Ittifoqi o‘z gazining 40%ini Rossiyadan oladi va hozircha buni o‘zgartirish imkoni yo‘q” deb bosh chayqaydi.
“Moskva shartnom bo‘yicha barcha majburiyatlarini bajarib kelmoqda, lekin ushbu faktdan shantaj uchun foydalanmoqda”, - deb kuyunadi Borrel.
O‘z maqolasida Jozep Borrel ikki marta “Diplomatik uslublar bilan Rossiya muammosini hal qilib bo‘lmaydi” deydi. “Yevropa armiyasi” faqat qog‘ozda bor ekanini yodga tutgan holda Borrel Vashingtonni ishonchli ittifoqchi deb ataydi va oxirida “Biz har qanday harakat uchun to‘liq “kiyingan va jihozlangan” bo‘lishimiz kerak”, - deb xulosa qiladi diplomat.
Ushbu kontekstda “harakat” so‘zining yagona ma’nosi: YeI Rossiya bilan kelajakla qarama-qarshiliklar uchun tayyor bo‘lishi kerak. (Yevropa bosh diplomatining gaplari)
Rossiya bilan bunday qarama qarshilik qanday tugashini eslatib qo‘yishi mumkin. Odatda bunday qarama-qarshilik yevropaning o‘zida yakun topadi.
Lekin kimdir tarix darslarini unutgan bo‘lsa - ehtimol xotira zaifligi yoki maktabda yomon o‘qigani tufayli, Rossiya yaxshi o‘qituvchi sifatida yana bir bor doska, xarita va ukazka yordamida ushbu darsni takroran o‘tib qo‘yishimiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0