https://oz.sputniknews.uz/20211224/aqshning-4-ming-harbiy-instruktori-donbass-yaqinida-turibdi-rossiya-tiv-21935221.html
AQShning 4 ming harbiy instruktori Ukraina harbiylarini tayyorlamoqda - Rossiya TIV
AQShning 4 ming harbiy instruktori Ukraina harbiylarini tayyorlamoqda - Rossiya TIV
Sputnik O‘zbekiston
Ukrainada xorijiy harbiylar soni ortmoqda, AQShning 4 ming harbiy instruktori bevosita Donbass yaqinidagi chegara chizig‘ida – Rossiya TIV
2021-12-24T16:15+0500
2021-12-24T16:15+0500
2023-04-05T18:35+0500
dunyoda
aqsh
ukraina
rossiya tiv
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/08/18216486_0:242:2781:1806_1920x0_80_0_0_ef7c7d93ad92e1c217af96684c45a81b.jpg
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Ukrainada xorijiy harbiylar soni yildan-yilga ortib bormoqda, 4 ming AQSh harbiy instruktori Donbass yaqinidagi chegara chizig‘ida turibdi, dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.Kiyev Donbassdagi mojaroni harbiy yo‘l bilan hal qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, dedi Mariya Zaxarova.Ukrainaning harbiy budjeti 20 %ga oshdi. Kiyev nafaqat mudofaa, balki hujum qurollarini ham sotib olmoqchi.Kiyev aholini Donbass bo‘yicha va’dalardan chalg‘itish uchun "tayyorlanayotgan Rossiya hujumi” atrofida vasvasani qo‘zg‘atmoqda.Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari ikkinchi departamenti direktori Aleksey Polishuk aytgan ma’lumotlarga qaraganda, g‘arb davlatlaridan kelgan instruktorlar Ukraina harbiylarini tayyorlamoqda, bu esa Minsk kelishuvlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzadi va Donbassdagi vaziyatga salbiy ta’sir qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda NATO davlatlarining 10 mingga yaqin harbiy xizmatchisi Ukrainadagi harbiy obyektlar va harbiy-dengiz bazalarida joylashgan.Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Kiyev Donbassga Ukraina Qurolli kuchlari shaxsiy tarkibining yarmini jo‘natdi. Moskva NATO davlatlaridan Rossiya chegaralariga harbiy texnika o‘tkazilishi va Donbassda g‘arb instruktorlari soni ortishidan xavotir bildirdi. G‘arb davlatlari Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishda, jumladan Donbassda qo‘llash uchun qurol-yarog‘larni yetkazib berishda davom etmoqda.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/08/18216486_26:0:2755:2047_1920x0_80_0_0_a85838c6ca0462c1bd38ab20d99a0d16.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh harbiy instruktorlari ukraina harbiylarini tayyorlamoqda
aqsh harbiy instruktorlari ukraina harbiylarini tayyorlamoqda
AQShning 4 ming harbiy instruktori Ukraina harbiylarini tayyorlamoqda - Rossiya TIV
16:15 24.12.2021 (yangilandi: 18:35 05.04.2023) Ukrainada xorijiy harbiylar soni ortmoqda, AQShning 4 ming harbiy instruktori bevosita Donbass yaqinidagi chegara chizig‘ida – Rossiya TIV
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Ukrainada xorijiy harbiylar soni yildan-yilga ortib bormoqda, 4 ming AQSh harbiy instruktori Donbass yaqinidagi chegara chizig‘ida turibdi, dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
“Ukrainada xorijiy harbiylarning soni yildan-yilga ortib bormoqda... Ulardan 4000 nafari (instruktorlar — tahr.) bevosita Amerika Qo‘shma Shtatlaridan”, — dedi Zaxarova brifingda.
Kiyev Donbassdagi mojaroni harbiy yo‘l bilan hal qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, dedi Mariya Zaxarova.
Ukrainaning harbiy budjeti 20 %ga oshdi. Kiyev nafaqat mudofaa, balki hujum qurollarini ham sotib olmoqchi.
Kiyev aholini Donbass bo‘yicha va’dalardan chalg‘itish uchun "tayyorlanayotgan Rossiya hujumi” atrofida vasvasani qo‘zg‘atmoqda.
Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari ikkinchi departamenti direktori Aleksey Polishuk aytgan ma’lumotlarga qaraganda, g‘arb davlatlaridan kelgan instruktorlar Ukraina harbiylarini tayyorlamoqda, bu esa Minsk kelishuvlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzadi va Donbassdagi vaziyatga salbiy ta’sir qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda NATO davlatlarining 10 mingga yaqin harbiy xizmatchisi Ukrainadagi harbiy obyektlar va harbiy-dengiz bazalarida joylashgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Kiyev Donbassga Ukraina Qurolli kuchlari shaxsiy tarkibining yarmini jo‘natdi. Moskva NATO davlatlaridan Rossiya chegaralariga harbiy texnika o‘tkazilishi va Donbassda g‘arb instruktorlari soni ortishidan xavotir bildirdi. G‘arb davlatlari Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishda, jumladan Donbassda qo‘llash uchun qurol-yarog‘larni yetkazib berishda davom etmoqda.