Qozog‘iston Rossiyaning eng yaqin ittifoqchilaridan biri - Putin

© Akimat Almatinskoy oblastiFlag respubliki Kazaxstan
Flag respubliki Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2021
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston nafaqat kosmik kemalar uchiriladigan joy bo‘lishi, balkim bunda bevosita ishtirok etishi ham kerak - Putin.
TOShKENT, 23 dek - Sputnik. Qozog‘iston Rossiyaning eng yaqin ittifoqchilaridan biri - dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, katta matbuot anjumani davomida.
"Qozog‘iston - Rossiyaning eng yaqin ittifoqchilaridan biri. Rossiya va Qozog‘iston turli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilmoqda. Lekin asosiysi - iqtisodiy aloqalar tarkibini o‘zgartirish kerak. Bu raqamlashtirish, tibbiyot, genetika, kosmos.
Qozog‘iston nafaqat kosmik kemalar uchiriladigan joy bo‘lishi, balkim bunda bevosita ishtirok etishi ham kerak", - dedi Putin.
Shuningdek, Rossiya prezidenti Qozog‘istonga rus tili qo‘llab-quvvatlanilayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. U yerda rus tilida dars berilayotgan maktablar va boshqa ta’lim muassasalari soni oshayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.
"Qozog‘iston - bu rus tilida gaplashadigan mamlakat, to‘liq ma’noda", - dedi Rossiya prezidenti. Shuningdek Vladimir Putin aynan Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarbayev YeOII tashkil qilish tashabbuskori bo‘lganini qayd etdi.
Rossiya prezidentining bu yilgi 18-katta anjumani oflayn formatda bo‘lib o‘tmoqda. Grezidentga savol berishni orzu qilgan jurnalistlar va jamoat faollari soni 507 kishini tashkil qiladi va ular Manejning katta zalida to‘planishgan.
Savol berishni istaganlar orasida Rossiyaning turli burchaklari, jamiyatning turli qatlamlari, yirik va hududiy OAVlar, xorijiy OAV vakillaridan iborat. Ular orasida Rossiyada "inoagent" maqomiga ega bo‘lgan axborot agentliklari ham bor.
Xavfsizlik nuqtayi nazaridan, prezident va jurnalistlar orasida masofa kamida 20 metrni tashkil qiladi. Undan tashqari barcha jurnalistlardan niqobda bo‘lishni so‘rashgan.
Yangiliklar lentasi
0