Qarindoshlar orasida tuzilgan oilalarning qariyb 25 foizida nogiron farzand tug‘ilgan

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishObruchalnie kolsa
Obruchalnie kolsa  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2021
Obuna bo‘lish
Mahalla vazirligi: O‘zbekistonda qarindoshi bilan turmush qurganlarning har to‘rttasidan biri nogiron farzand ko‘rgan.
TOShKENT, 23 dek – Sputnik. O‘zbekistonda qarindoshlar orasida tuzilgan oilalarning 24,9 foizida nogiron farzand dunyoga kelgan. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Mukarram Nurmatova ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 2021-yilning may-iyun oylarida qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzish holatlari va uning sabablarini o‘rganish maqsadida respublikaning 200 ta tumanida 6 974 ta fuqarolar yig‘ini raislari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilgan.
Unda bunday oilalarning 25,2 foizida ziddiyat va nizolar uchrab turgani, 24,9 foiz oilalarda nogiron farzandlar borligi, 8,9 foiz qarindoshlik asosida qurilgan oilalarda muammolar mavjudligi va doimiy quda-andachilikdagi kelishmovchiliklar bo‘layotganligi ma’lum bo‘lgan.
Aniqlanishicha, qarindoshlar o‘rtasida nikoh aksariyat hollarda bobo-buvi yoki ota-onalarning tashabbusi bilan bo‘ladi.
Qarindoshlar o‘rtasida tuziladigan nikohning
58,1 foiz bobo-buvilar,
56,4 foizi ota-onalar,
14,3 foizi tog‘a-xola va amaki-ammalar,
13,2 foizi opa-singillar,
1,2 foizi aka-ukalar,
8,3 foizi boshqa shaxslar
tashabbusi bilan tuzilishi respondentlar tomonidan aniqlangan.
2021 yilning o‘tgan davrida respublika bo‘yicha 1136 ta qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldi olindi. Shunga qaramay, bunday nikohlarning hanuzgacha oshkora yoki yashirin holda noqonuniy qayd etilishi holatlari uchramoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning iyul-sentabr oylarida qarindosh bo‘lgan 675 nafar kelin-kuyovning nikohlari qayd qilingan. Eng ko‘p qarindoshlar o‘rtasida nikoh qayd qilingan hududlar orasida Surxondaryo (268 ta) yetakchi bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Oila kodeksining 16-moddasiga asosan nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida nikoh tuzish taqiqlanadi.
Yangiliklar lentasi
0