Rossiya

Putin Qor boboning advokati boʻldi

© Sputnik / Aleksey MayshevGlavnыy Ded Moroz Rossii vo vremya intervyu v Mejdunarodnom multimediynom press-tsentre MIA "Rossiya segodnya" v Moskve.
Glavnыy Ded Moroz Rossii vo vremya intervyu v Mejdunarodnom multimediynom press-tsentre MIA Rossiya segodnya v Moskve. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.12.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Vladimir Putin huquqshunos ekanini taʼkidlab oʻtdi va jurnalist savoliga Qorb boboning advokati sifatida javob berishini taʼkidladi.
TOSHKENT, 23 dek - Sputnik. Vologda shahridan kelgan jurnalist Rossiya prezidentidan yangi yil arafasida qor bobodan nimalarni kutayotganini soʻradi.
Shuningdek, muxbir, yaqinda Sankt-Peterburgda bir huquqshunos 23 yildan buyon uning istagini bajarmagani tufayli Qor boboni sudga berganiga qanday munosabatda ekanini soʻradi.
Bunga Vladimir Putin u ham Sankt-Peterburglik ekanini va u ham mutaxassislik boʻyicha huquqshunos ekanini taʼkidlab oʻtdi va ushbu savolga Qorb boboning advokati sifatida javob berishini taʼkidladi.
Hamma biladiki, Qor bobo faqat yil davomida oʻzini yaxshi tutgan oʻgʻil va qizlarga sovgʻa ulashadi, dedi Putin. shuning uchun Sankt-Peterburgliu huquqshunos birinchi navbatda oʻziga oʻzi savol berishi kerak, oʻtgan yilllar davomida oʻzini yaxshi tutganmi yoki yoʻq.
Oʻzining Qor bobodan shaxsiy istaklari va sovgʻalari borasida, Vladimir Putin hozirga qadar Qor bobo uning istaklarini va kutilmalarin bajarayotganini va shu sababli ham u hozir jurnalistlar savollariga javob berayotganini aytib oʻtdi.
Rossiya prezidentining bu yilgi 18-katta anjumani oflayn formatda boʻlib oʻtmoqda. Grezidentga savol berishni orzu qilgan jurnalistlar va jamoat faollari soni 507 kishini tashkil qiladi va ular Manejning katta zalida toʻplanishgan.
Savol berishni istaganlar orasida Rossiyaning turli burchaklari, jamiyatning turli qatlamlari, yirik va hududiy OAVlar, xorijiy OAV vakillaridan iborat. Ular orasida Rossiyada "inoagent" maqomiga ega boʻlgan axborot agentliklari ham bor.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan, prezident va jurnalistlar orasida masofa kamida 20 metrni tashkil qiladi. Undan tashqari barcha jurnalistlardan niqobda boʻlishni soʻrashgan.
Yangiliklar lentasi
0