Putin: Olimpiadani boykot qilish bu katta xato

© REUTERS / Tingshu WangOlimpiyskie kolsa na Olimpiyskoy bashne v Pekine
Olimpiyskie kolsa na Olimpiyskoy bashne v Pekine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2021
Obuna bo‘lish
Vaqtinchalik siyosiy maqsadlarga erishish uchun Olimpiadani boykot qilish - bu katta xato - Vladimir Putin.
TOShKENT, 23 dek - Sputnik. AQSh rasmiylari tomonidan Xitoyda 2022-yilda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Qishgi oimpiada o‘yinlarini diplomatik boykot qilish - bu katta xato, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, yillik katta anjuman vaqtida.
Ma’lumki bugungi kunda Xitoy jihatdan dunyoda eng tez rivojlanayotgan davlatlardan biri. Xitoy iqtisodiyot xaridorlik paritet kuchi (purchasing power parity) bo‘yicha AQSh iqtisodiyotidan allaqachon o‘zib ketgan. Oradan bir necha yil o‘tib Xitoy dunyoning birinchi iqtisodiga aylanadi. Buni to‘g‘ri tushunish kerak.
Ehtimol AQSh buni tushungan holda, hozirdan Xitoy rivojlanishini to‘xtatib qolishga harakat qilmoqda. Qishgi Olimpiadani boykot qilish ham - ana shu maqsadda qo‘yilgan qadamdir, - dedi Putin.
Lekin bu katta xato, chunki AQSh oldin ham bir necha bor Olimpiadalarni boykot qilgan edi. Lekin keyinchalik men bilan bo‘lgan suhbatda AQShning sobiq prezidentlaridan biri menga olimpiadani boykot qilish xato bo‘lganini tan olgan edi. Shunday bo‘lsa-da, AQSh o‘sha xatoni yana qayta takrorlamoqda.
Mening fikrimcha, qandaydir vaqtinchalik siyosiy maqsadlarga erishish uchun Olimpiadani boykot qilish - bu katta xato, - dedi Vladimir Putin.
Rossiya prezidentining bu yilgi 18-katta anjumani oflayn formatda bo‘lib o‘tmoqda. prezidentga savol berishni orzu qilgan jurnalistlar va jamoat faollari soni 507 kishini tashkil qiladi va ular Manejning katta zalida to‘planishgan.
Savol berishni istaganlar orasida Rossiyaning turli burchaklari, jamiyatning turli qatlamlari, yirik va hududiy OAVlar, xorijiy OAV vakillaridan iborat. Ular orasida Rossiyada "inoagent" maqomiga ega bo‘lgan axborot agentliklari ham bor.
Xavfsizlik nuqtayi nazaridan, prezident va jurnalistlar orasida masofa kamida 20 metrni tashkil qiladi. Undan tashqari barcha jurnalistlardan niqobda bo‘lishni so‘rashgan.
Yangiliklar lentasi
0