“Kosmonavtlar” metro bekatidagi hodisa haqida rasmiy ma’lumot berildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTereshkova na stansii Kosmonavtov
Tereshkova na stansii Kosmonavtov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2021
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda “Kosmonavtlar metro bekatida poyezd vagoni yongani aytilmoqda” sarlavhali xabarlar tarqaldi.
TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Kosmonavtlar” metro bekatida yong‘in chiqqani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 23-dekabr kuni, soat 12:15 da Shayxontohur tumani “Kosmonavtlar” metro bekati ichida harakatlanib ketayotgan 4 ta vagondan iborat tarkib(sostav)ning 3-vagonida tutun chiqqan. Bunga saqlagich kuyganligi yoki tormoz kolodkasi siqilib qolgani taxmin qilinmoqda.
“Voqea joyida hech qanday yong‘in sodir bo‘lmagan. Nosoz vagon ta’mirlash uchun DEPOga yuborilgan”, - deyilgan xabarda.
Fuqarolar xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan, hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Voqea joyiga shahar hamda tuman FVB rahbar xodimlari va 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan.
Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilgan, metro odatiy ish rejimida ishlamoqda.
Yangiliklar lentasi
0