https://oz.sputniknews.uz/20211223/davlat-nogironligi-bolgan-yoshlarni-qanday-qollab-quvvatlaydi-21911948.html
Davlat nogironligi bo‘lgan yoshlarni qanday qo‘llab-quvvatlaydi
Davlat nogironligi bo‘lgan yoshlarni qanday qo‘llab-quvvatlaydi
Sputnik O‘zbekiston
“Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2021-12-23T12:42+0500
2021-12-23T12:42+0500
2021-12-23T12:42+0500
jamiyat
yordam
nogiron
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/17/21911774_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_c4c06d22fb9f093785b22a7353dde16e.jpg
TOShKENT, 23 dek – Sputnik. “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.Qarorga ko‘ra, yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har yili 500 nafargacha nogiron yoshlarga quyidagilar uchun subsidiya ajratiladi:“El-yurt umidi” jamg‘armasi hisobidan 2022-yildan har yili tanlov asosida 20 nafargacha nogiron yoshlar xorijiy OTMda, onlayn kurslarda ta’lim olishi tashkil etiladi.Bundan tashqari, 2022-yil 1-yanvardan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun 6 oyda BHMning 1,5 baravarida subsidiya beriladi.2022 yil 1-martdan bolalikdan nogiron bo‘lgan shaxslar va I va II guruh nogironlari daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan 3 baravarigacha oshiriladi.O‘zbekistonda BMT Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi kuchga kirdi2024 yil 1-martgacha ish beruvchilarga nogironlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq Davlat budjetidan to‘liq qaytarib beriladi.Endilikda davlat buyurtmachilari nogironlar jamoat birlashmalari bilan ularning mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/17/21911774_256:0:2987:2048_1920x0_80_0_0_d3b32f819c22ec739fd4143ea822298c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
nogironligi bo‘lgan yoshlar subsidiya imtiyozlar
nogironligi bo‘lgan yoshlar subsidiya imtiyozlar
Davlat nogironligi bo‘lgan yoshlarni qanday qo‘llab-quvvatlaydi
Har yili 500 nafargacha nogiron yoshlarga quyidagilar uchun subsidiya ajratiladi.
TOShKENT, 23 dek – Sputnik. “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har yili 500 nafargacha nogiron yoshlarga quyidagilar uchun subsidiya ajratiladi:
axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish;
tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi hisobidan 2022-yildan har yili tanlov asosida 20 nafargacha nogiron yoshlar xorijiy OTMda, onlayn kurslarda ta’lim olishi tashkil etiladi.
Bundan tashqari, 2022-yil 1-yanvardan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun 6 oyda BHMning 1,5 baravarida subsidiya beriladi.
2022 yil 1-martdan bolalikdan nogiron bo‘lgan shaxslar va I va II guruh nogironlari daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan 3 baravarigacha oshiriladi.
2024 yil 1-martgacha ish beruvchilarga nogironlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq Davlat budjetidan to‘liq qaytarib beriladi.
Endilikda davlat buyurtmachilari nogironlar jamoat birlashmalari bilan ularning mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishi mumkin.