Rossiyada yo‘l qoidasini qo‘pol buzgan haydovchi qamalishi mumkin - yangi qonun

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishRabota sotrudnikov GIBDD
Rabota sotrudnikov GIBDD  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyada belgilangan tezlikni 60kmdan oshirgan va yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan haydovchilar ikki yilgacha qamalishi mumkin.
TOShKENT, 22 dek - Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi avtomobilni tajovuzkor uslubda boshqargan, tezlikni haddan ortiq daraja oshirgan haydovchilar uchun jazoni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qildi. RIA Novosti xabariga ko‘ra.
Unga ko‘ra, avtomobilni agressiv uslubda boshqargan, belgilangan tezlikni 60 va undan ortiq kilometrga oshirgan, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqqan va ushbu qoidabuzarliklarni bir necha bor sodir etgan haydovchilar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Shuningdek, ularga 200-300 ming rubl (4000$) jarima solinishi, 480 soat majburiy ishlar berilishi yoki 2-yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanishlari mumkin.
Yangi qonun nafaqat yo‘l harakati inspektorlari tomonidan aniqlangan qoidabuzarliklarga, balkim nazorat kameralari tomonidan aniqlangan qoidabuzarliklar uchun ham amal qiladi.
Ushbu qonun kuchi oldin ana shunday qoidabuzarlik sodir etgan yoki haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan shaxslar uchun amal qiladi.
Yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga qaratilgan qonunni Rossiya Dumasidagi beshta fraksiyaning barchasi qo‘llab quvvatlashdi va uni ishlab chiqishda o‘z tashabbulari bilan ishtirok etishdi.
Yangiliklar lentasi
0