Ikki yuzdan ortiq baliqni noqonuniy ovlagan shaxslar qo‘lga tushdi - foto

© Sputnik / Maksim BogovidRiba
Riba - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2021
Obuna bo‘lish
Baliqlarni noqonuniy ovlagan shaxslar qo‘lga tushdi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi, Milliy Gvardiya va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi Amudaryo tuman inspeksiyasi inspektorlari bilan 21-dekabr kungi reyd tadbiri o‘tkazildi.
Unda Amudaryo tumanida yashovchi fuqarolar Sh.Yu, S.E, A.Slar tomonidan Ellikqal’a tumani Uchqo‘rg‘oq OFY hududidagi tabiiy ko‘ldan noqonuniy ravishda 86 dona ilonbaliq, 75 dona sazan, 48 dona qizilqanot, 2 dona sudak baliqlarini 10 dona leskali to‘r bilan ovlab kelayotgan vaqtida Ellikqal’a tumani hududida to‘xtatilib tekshirildi.
Ko‘zdan kechirish davomida tabiatga 33 696 000 so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi. Qonunbuzar fuqarolarga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirildi.
Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tergovga qadar tekshiruvni boshladi.
Yangiliklar lentasi
0