https://oz.sputniknews.uz/20211222/besh-tumanda-hokimlar-ozgardi-21891268.html
Besh tumanda hokimlar o‘zgardi
Besh tumanda hokimlar o‘zgardi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning Romitan, Bulung‘ur, Oqdaryo, Kosonsoy va Norin tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.
2021-12-22T12:27+0500
2021-12-22T12:27+0500
2021-12-22T12:27+0500
siyosat
hokimlar
hokim o‘zgarishi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/16/21891106_0:159:3076:1889_1920x0_80_0_0_7a6621ac7b9df0799cf5c65e10d264a3.jpg
TOShKENT, 22 dek – Sputnik. O‘zbekistonning beshta tumanida yangi hokimlar tasdiqlandi. Qarorlar tumanlar xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyalarida qabul qilindi.Buxoro viloyati Romitan tuman hokimi lavozimiga Umedjon Barnoyev tayinlandi. U tayinlovga qadar Buxoro tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.Umedjon Barnoyev bu lavozimda Xurshid Tohirov o‘rnini egalladi. Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov Tohirov iste’fosini tushuntirayotib dedi: “Uning tajribasini inobatga olib boshqa mas’ul lavozimga tayinlashga qaror qildik”.Samandar Astanov Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Mazkur tayinlovga qadar u Samarqand viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.Tumanning avvalgi hokimi Bahodir Bahromov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.Sherzod Qudratov viloyatning Oqdaryo tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Mazkur tayinlovga u O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.Tumanning avvalgi hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Najmiddin Sulaymonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.Namangan viloyati Kosonsoy tumanida ham hokim o‘zgardi. Tumanning sobiq hokimi Bahodir Yusupov prezidentning Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri bo‘ldi.Bugungi kunga qadar Norin tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Dilmurod Qodirov Kosonsoy tumanining yangi hokimi etib tasdiqlandi.Jo‘rabek Nurmatov viloyatning Norin tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.U bugungi kunga qadar Norin tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/16/21891106_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_718a5d709d0d51fc5da30a91c3841bd6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hokimlar o‘zgardi romitan hokimi bulung‘ur hokimi oqdaryo hokimi kosonsoy hokimi norin hokimi
hokimlar o‘zgardi romitan hokimi bulung‘ur hokimi oqdaryo hokimi kosonsoy hokimi norin hokimi
Besh tumanda hokimlar o‘zgardi
Romitan, Bulung‘ur, Oqdaryo, Kosonsoy va Norin tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.
TOShKENT, 22 dek – Sputnik. O‘zbekistonning beshta tumanida yangi hokimlar tasdiqlandi. Qarorlar tumanlar xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyalarida qabul qilindi.
Buxoro viloyati Romitan tuman hokimi lavozimiga
Umedjon Barnoyev tayinlandi. U tayinlovga qadar Buxoro tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Umedjon Barnoyev bu lavozimda Xurshid Tohirov o‘rnini egalladi. Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov Tohirov iste’fosini tushuntirayotib dedi: “Uning tajribasini inobatga olib boshqa mas’ul lavozimga tayinlashga qaror qildik”.
Samandar Astanov Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani hokimi lavozimiga
tasdiqlandi. Mazkur tayinlovga qadar u Samarqand viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Tumanning avvalgi hokimi Bahodir Bahromov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Sherzod Qudratov viloyatning Oqdaryo tumani hokimi lavozimiga
tasdiqlandi. Mazkur tayinlovga u O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Tumanning avvalgi hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Najmiddin Sulaymonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida ham hokim o‘zgardi. Tumanning sobiq hokimi Bahodir Yusupov prezidentning Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri bo‘ldi.
Bugungi kunga qadar Norin tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan
Dilmurod Qodirov Kosonsoy tumanining yangi hokimi etib
tasdiqlandi.Jo‘rabek Nurmatov viloyatning Norin tumani hokimi lavozimiga
tasdiqlandi. U bugungi kunga qadar Norin tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.