AQShni uyalish kutmoqda: Rossiyadan uzr so‘rashga to‘g‘ri keladi

© AP Photo / Patrick SemanskyPrezident SShA Djo Bayden na press-konferensii po itogam peregovorov s prezidentom Rossii Vladimirom Putinim v Jeneve
Prezident SShA Djo Bayden na press-konferensii po itogam peregovorov s prezidentom Rossii Vladimirom Putinim v Jeneve  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2021
Obuna bo‘lish
G‘arbda Rossiya belgilagan qizil chiziqlarga qanday munosabat bildirish kerakligi haqida bahslashishmoqda: Moskva tomonidan topshirilgan AQSh bilan shartnoma va NATO bilan bitim loyihalarini shunchaki rad etib bo‘lmaydi.
Keskin strategiya tarafdorlari, ya’ni Rossiyani yomonotliq qilish va u bilan umumiy qarama-qarshilikni davom ettirishga pul tikayotganlar, o‘xshash manfiy munosabatning bo‘lmasligi, Rossiya takliflarini muhokama qilishga rozilik berish haqida gapirmasa ham bo‘ladi, nafaqat Rossiyaga yon berish, balki Putinni uni “Ukrainaga hujumga” turtib qo‘yuvchi rag‘batlantirish ham bo‘lishidan xavotir olishmoqda.
“The Wall Street Journal” nashrining yozishicha, “Putin talablari AQSh va NATO haqorat qilmoqda” va “uning mustahkamlanayotgan ishonchini, ehtimol, G‘arb uni to‘xtatish uchun biror bir jiddiy ish qilmasligi qat’iy ishonchini namoyish etmoqda”.
Rossiyaning u Ukrainaga hujum qilmoqchi emasligiga atlantchilarni ishontirish behuda, qolaversa, G‘arbning o‘zi uydirib chiqargan “rus tahdidi” voqeligiga o‘zi ishonib qolgan hozirgi sharoitlarda bizning o‘zimizning tinchliksevarligimizni isbotlash nafsiz.
Bir oy oldin Vladimir Putin aytganidek, qo‘yaver, biroz asabiylashishsin, “so‘nggi ogohlantirishlarimiz baribir muayan ta’sir ko‘rsatadi” va G‘arbda uzoqroq “ma’lum keskinlik” saqlanishi uchun zarur.
Boshqacha qilib aytganda, G‘arbda yig‘ilgan rusofob energiyani o‘ziga qarshi yo‘naltirishga urinmoqdamiz.
Boz ustiga atlant strateglarining idrokli qismi Rossiya manfaatlarini e’tiborga olmaslik siyosatining foydasi yo‘qligini tushunadi: Rossiya bilan nafaqat balki kelishib olish mumkin, balki zarur ham.
G‘arb Rossiyaga nima deb javob berishni bilmayapti
Har yer va har narsada ham buni amalga oshirishning iloji yo‘q, lekin o‘zaro manfaatlarni inobatga olish bo‘lsa, unda kelishib olish ehtimoli bor. Bu turli mintaqaviy muammolar va mojarolarga ham taalluqli.
Axir Rossiyaning sobiq sovet hududidan tashqarida manfaatlari ham bor – unga nisbatan maksimal qat’iy chiziqlarni o‘tkazamiz. Bizning dunyoning deyarli turli mintaqalarida manfaatlarimiz bor. Ustiga ustak geografik joylashishimizni inobatga olgan holda, bu mintaqalar katta qismi bilan biz uchun qo‘shnilardir.
Haqiqatdan, Rossiya Norvegiya bilan ham, Mo‘g‘iliston bilan ham chegaradosh nafaqat yevroosiyo derjavasi, - biz yana Tinch okeani derjavasi. Boshqacha qilib aytganda, nafaqat Xitoy va Yaponiya, balki butun Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasi ham – ASEAN mamlakatlari – biz uchun yaqindir.
Yaqin Sharq – bu umuman chegaraoldi mintaqasi, chunki Kaspiyda Eronga qo‘shnimiz. Faqat Janubiy Amerika (garchi bizni Tinch okeani ajratib tursada) va Afrika chegaralarizdan uzoqda, biroq u yerda ham bizning jiddiy manfaatlarimiz va tarixiy aloqalarimiz bor. Sovet davrlarida bo‘lgani kabi butun dunyoni Rossiya uchun kurash maydoni deb ko‘rish G‘arb uchun aqlsizlik.
Biz uchun dunyoda xaos boshlanishiga, dunyoning ayrim mintaqlarida beqarorlik yuzaga kelmasligiga yo‘l qo‘ymaslik o‘ta muhim. Bu mintaqalarning katta qismi qo‘shnilarimiz bo‘lgani va qo‘shni ko‘chadagi yong‘in bizga kerakmasligi uchun.
Rossiya yangi dunyo tartibini xohlaydi va uni yaratish ustida ish olib bormoqda, ishonchimiz komilki, uni boshqa derjava-sivilizatsiyalar bilan birgalikda barpo qilamiz. Biroq bizga anlantik loyihaning barbod bo‘lishining sekinlashishi emas, balki tugab borayotgan anlantik, g‘arb davrdan yangi dunyoga nazorat qilinuvchi o‘tish zarur.
Va bu, aytgancha, G‘arbning o‘zining strategik manfaatlariga javob beradi. Unga bo‘lish qo‘lidan kelmagan gegemon pozitsiyadan nufuzli global o‘yinchi pozitsiyasiga boshqariladigan o‘tish kerak. Keyin hammasi Afg‘oniston usulidagi vahimali qochishga aylanmasligi uchun Yaqin Sharqdan chekinishning obdon o‘ylangan rejasi zarur.
“The Foreign Policy”da paydo bo‘lgan Anatol Livenning “Yaqin Sharqda Rossiya haq” maqolasi qiziq. Liven nima sababdan biz doimo Rossiya xalqaro tartibni buzishga intilmoqda deb gapiramiz:
“Mintaqada so‘nggi yigirma yil ichida kvo maqomini jiddiy buzuvchi sifatida aynan AQSh bo‘lgan. Rossiya asosiy masalalar bo‘yicha Amerika siyosatiga qarshi turdi va bu vaqt o‘tishi bilan nafaqat Moskva va mintaqa, balki hatto AQSh va G‘arbning nutqai nazaridan to‘g‘riligi ma’lum bo‘ldi”.
Rossiyaning G‘arbga ultimatumi: u qabul qilinmasa nima bo‘ladi?
Tabiiyki, Rossiya o‘z siyosatini o‘z manfaatlaridan kelib chiqib ishlab chiqmoqda. Ammo u G‘arbning manfaatlariga mos kelishi tasodif emas. Rossiya tashqi siyosat va Yaqin Sharq davlatlarining xavfsizligi sohasidagi xatti-harakatlari nafaqat o‘ziga sadoqatli, balki ayrim qismlari amerika elitasiga yaqin bo‘lgan hisob-kitob asosida qurilgan.
Anatol Liven Vladimir Putin amerikaliklarning Iroqqa bostirib kirishlariga, Liviya operatsiyasiga qarshi chiqqani va umuman davlatlarning barbod bo‘lishi va xaosni bashorat qilib, “demokratiya eksporti” urinishlarini qoralaganini eslatgan. Natijada bu ro‘y berdi, ya’ni ruslar haq bo‘lib chiqdi, amerikaliklar esa yo‘q.
Shu bilan birga amerikaliklar ba’zan realist bo‘lishlari mumkin edi: Liven 2011-yilda Jo Bayden va Hillari Klinton Obamaga Misr prezidenti Muborak iste’fosi talabini qo‘llab-quvvatlamaslik maslahat berishgani, chunki uning o‘rnini bosuvchi hech kim yo‘qligini aytishganini eslatgan.
Ularni arab dunyosidagi ular uchun muhim bo‘lgan mamlakatdagi xaos bizga do‘st bo‘lgan Suriyada Asadni ag‘darishni xohlamagan Rossiyani qo‘rqitgandek qo‘rqitdi. Axir Yaqin Sharqdagi umumiy yong‘in Shtatlar aybi bilan boshlandi-ku: amerikaliklar o‘zlarining Iroqqa bostirib kirishlari bilan Pandora qutisini ochishdi.
Liven nima sababdan Rossiya idrokli amerikalik maslahatchilar tarafdori bo‘lgan o‘sha chiziqlar uchun qoralanishga sazovorligini tushunish qiyinligini yozadi. Garcha bu yerda bari ayon bo‘lsada, Vashington shunchaki Rossiyani ushlab turish va unga qarshi kurash mantig‘i bilan harakat qiladi.
Ukraina, kiberxavfsizlik, hamkorlik: Putin va Bayden nima haqida suhbatlashdi
Hozir Bayden ma’muriyati Rossiya bilan ikki mamlakat manfaatlari mos kelgan joylarda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qilmoqda, deya eslatadi Liven:
“So‘nggi yigirma yil mobaynidagi Yaqin Sharq tarixi, hech bo‘lmaganda, bu sohada hamkorlik qilish uchun mustahkam asos borligini isbotlamoqda. Ammo uning keyingi rivojlanishi uchun amerikalik siyosatchilar, hech bo‘lmasa o‘zlari uchun, Rossiya ko‘p marotaba haq bo‘lib chiqqani, Amerika esa yo‘qligini tan olishlari shart”.
Bunday tan olishga umid bormi? Bu savolga javob birinchi navbatda Rossiya uchun emas, balki AQSh uchun muhim. Chunki ularning o‘zlari Yaqin Sharqda qazigan chohidan chiqishlari kerak. O‘z xatolarini tushunmasdan, Shtatlar vaziyatni yomonlashtirishadi, xolos. Rossiya manfaatlarini inobatga olmagan holda mintaqada harakat qilish mutlaqo imkonsiz.
Bu nafaqat Yaqin Sharqqa taalluqli, biroq aynan u yerda bir-birining o‘zaro manfaatlarini muvofiqlash siyosatiga o‘tish uchun haqiqiy imkoniyat bor. Yangi dunyo tartibi ostonada – uni e’tiborsiz qoldirmaslik zarur.
Motamsaro sammit: Nima sababdan Bayden Rossiyaga qarshi koalitsiya to‘play olmadi
Yangiliklar lentasi
0