Toshkent viloyatida vagon ustiga chiqqan litsey talabasi tok urishidan vafot etdi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishUchastok jeleznodorojnogo puti
Uchastok jeleznodorojnogo puti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2021
Obuna bo‘lish
Qibray tumanida 2-akademik litsey talabasi temir yo‘l bekatidagi vagon ustiga chiqishi oqibatida tok urib, halok bo‘ldi.
TOShKENT, 21 dek – Sputnik. Toshkent viloyatining Qibray tumanida vagon ustiga chiqqan litsey talabasi tok urishidan halok bo‘ldi.
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabariga ko‘ra, IIV 2-sonli Toshkent akademik litseyining 3-kurs talabasi bo‘lgan Z.J. “Oqqovoq” temir bekati 21-kilometrida vagon ustiga chiqqan. Oqibatda uni yuqori kuchlanishdagi tok urgan. Talaba voqea joyida vafot etgan.
Toshkentda 8 yoshli qizaloq elektr toki urishi oqibatida vafot etdi
Shu munosabat bilan 20-dekabr kuni IIV 2-son Toshkent akademik litseyida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilarga temir yo‘lda harakatlanganda vagon ustiga chiqmaslik, temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmaslik, temir yo‘l atrofida quloqchinlardan foydalanmaslik zarurligi tushuntirilgan. Bundan tashqari temir yo‘l hududi o‘ta xavfli hudud ekanligi to‘g‘risida tushunchalar berilgan.
Yangiliklar lentasi
0