Rossiya suv osti kemasi qanotli raketa bilan qirg‘oqdagi nishonni yakson qildi - video

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishDizel-elektricheskuyu podlodku "Petropavlovsk-Kamchatskiy" peredali VMF Rossii
Dizel-elektricheskuyu podlodku Petropavlovsk-Kamchatskiy peredali VMF Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyaning suv osti kemasi qanotli raketa bilan Yapon dengizidan 1 ming km masofadagi nishonni yakson qildi.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Rossiyaning yangi "Petropavlovsk-Kamchatskiy" dizel-elektr suv osti kemasi "Kalibr" qanotli raketa bilan Yapon dengizidan 1 ming km masofada qirg‘oq nishonini yakson qildi. Bu haqda Tinch okean floti matbuot xizmati xabar berdi.
"Belgilangan vaqtda raketa Surkum (Xabarovsk o‘lkasida) taktik maydonidagi qirg‘oq nishoni pozitsiyasiga tegdi. Otish masofasi 1000 kilometrdan oshdi", deyilgan xabarda.
Uuchirishdan oldin suv osti kemalari missiya hududiga yashirin chiqish bo‘yicha taktik manevrni amalga oshirdi.
Suv osti kemasi Boltiqbo‘yidan o‘tgan kemalar otradining bir qismi sifatida noyabr oyining oxirida Tinch okean flotining asosiy bazasiga yetib keldi.
“Petropavlovsk-Kamchatskiy” flotga 2019-yil noyabr oyida topshirilgan. Suv osti kemasi “Strela-3M”, “Igla-1”, “Verba” zenit tizimlari, “Kalibr”, 3M54K raketalari va boshqalar bilan qurollangan. Kemaning chuqurligi - 240 metr, maksimal chuqurligi - 300.
Yangiliklar lentasi
0