Qidiruvdagi fuqaro jarimaga e’tiroz bildirish uchun YHXBga kelganda ushlandi

© Sputnik / Stas EtveshArest, arxivnoe foto
Arest, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2021
Obuna bo‘lish
Qoidabuzarligi bo‘yicha jarimasiga e’tiroz bildirib shaxs qator jinoyatlarni sodir etish gumoni bilan qidiruvda bo‘lgan.
TOShKENT, 21 dek – Sputnik. Toshkent viloyatida yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga kelgan fuqaro muqaddam jinoyat sodir qilganlikda ayblanayotgani va hozirda qidiruvda ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (IIV YHXBB) matbuot xizmati xabar berdi.
17 dekabr kuni fuqaro E.S. qoidabuzarligi bo‘yicha jarimasiga e’tiroz bildirib, viloyat YHXBga murojaat qilgan.
Fuqaroniing ma’lumotlari maxsus dastur orqali tekshirilganda u qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan.
Qashqadaryoda YPXga xodimi talabiga bo‘ysunmagan “Lacetti”ning oynasi sindirildi – video
U "qasddan badanga yengil shikast yetkazish”, “o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish” va “talonchilik” moddalaridagi jinoyatlarni sodir etishda gumonlanmoqda.
E.S. qo‘lga olingan va Chirchiq shahar IIBga topshirilgan.
Yangiliklar lentasi
0