O‘zbekiston taekvondochilari 56 medalni qo‘lga kiritib, jahonda 3-o‘rinni egalladi

© Press slujba Federatsii txekvondo UzbekistanaTxekvondisti Uzbekistana zavoyevali na sorevnovaniyax v Minske 56 medaley
Txekvondisti Uzbekistana zavoyevali na sorevnovaniyax v Minske 56 medaley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik taekvondo ustalari jahonda III o‘rinni egalladi.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. 13-20 dekabr kunlari Belarus poytaxti Minsk shahrida o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida taekvondo bo‘yicha 55-Jahon chempionati hamda Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi.
Unda 64 nafar o‘zbekistonlik sportchi ham ishtirok etib, katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi.
Laziz Hasanov boshchiligidagi terma jamoa Jahon kubogida 21 ta oltin, 15 ta kumush va 20 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida III o‘rinni egallashdi.
Jahon chempionatida esa qo‘yidagi natijalarga erishildi:
I o‘rin - oltin medal sohiblari:
- Tul bahslari bo‘yicha:
1. Li Vladimir - III DAN
2. Zoitov Muzaffar - IV DAN
II o‘rin - kumush medal sohiblari:
1. Gofurova Nozima - 16-17 yoshlar orasida 40 kg vazn bo‘yicha
2. Xolbekov Boxodir- massogi 73 kg vazn bo‘yicha
- Jamoaviy tul bo‘yicha 14-17 yoshlar orasida:
1. Kim Yevgeniy
2. Chetverikov Aleksandr
3. Pak Vladislav
4. Pak Vacheslav
5. Li Vladimir
6. Day Lun
III o‘rin bronza medal sohiblari:
-Tul baxslari bo‘yicha:
1. Xolmurodov Muxammadjon 16-17 yoshlar orasida 63 kg vazn bo‘yicha
2. Chetverikov Aleksandr 14-15 yosh orasida 65 kg vazn bo‘yicha
3. Xolbekov Boxodir IV DAN
4. Abdulxamidova Ziyodaxon II DAN
5. Kim Yevgeniy 16-17 yoshlar orasida II DAN
- Jamoaviy massogi 16-17 yoshlar orasida:
1. Kim Yevgeniy
2. Pak Vladislav
3. Pak Vacheslav
4. Gaybullayev Firdavs
5. Xolbekov Muxammadjon
6. Babayev Alibek
Yangiliklar lentasi
0