https://oz.sputniknews.uz/20211221/norboeva-etakchi-xotin-qizlar-milliy-platformasini-yaratish-ustida-ishlayapmiz-21872063.html
Norboyeva: yetakchi xotin-qizlar milliy platformasini yaratish ustida ishlayapmiz
Norboyeva: yetakchi xotin-qizlar milliy platformasini yaratish ustida ishlayapmiz
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yetakchi xotin-qizlar milliy platformasi paydo bo‘ladi. Bu haqda Senat raisi Tanzila Norboyeva mintaqaviy forumida ma’lum qildi.
2021-12-21T11:54+0500
2021-12-21T11:54+0500
2021-12-21T11:54+0500
jamiyat
tanzila norboyeva
ayollar huquqlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/15/21871847_0:75:1440:885_1920x0_80_0_0_5a6536ba654a7e32f0a9ff5c997a3062.jpg
TOShKENT, 21 dek – Sputnik. O‘zbekistonda yetakchi xotin-qizlar milliy platformasi paydo bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva “Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda xotin-qizlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi BMTning 1325-sonli rezolyutsiyasini amalga oshirish” mavzusidagi mintaqaviy forumida ma’lum qildi.Senat raisi bu galgi forum muloqot a’zolari, davlat tuzilmalari, mintaqadagi ayollar fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari, BMT tuzilmalari rahbarlari va xalqaro ekspertlar birinchi marotaba “Xotin-qizlar, tinchlik va xavfsizlik” global kun tartibini milliy va mintaqaviy darajada amalga oshirishda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilish uchun O‘zbekistonda to‘plangani ahamiyatli ekanini ta’kidladi.Qayd etilishicha, bugun O‘zbekistonda 10 mingga yaqin nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 300 dan ortig‘i gender masalalari bilan shug‘ullanadi.“Biz dolzarb masalalar, shu jumladan, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq masalalarni hal etishda fuqarolik jamiyati institutlari muhim o‘rin tutishini bilamiz”, - deya qo‘shimcha qildi Senat raisi.Tanzila Norboyeva ayol rahbar qanday bo‘lishi kerakligini aytib berdiForumda “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” global kun tartibi, uni amalga oshirishga qo‘shadigan hissasi uchun mintaqaviy mexanizmlar va platformalar muhokamalar qilindi.“Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” kampaniyasi e’lon qilindi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/15/21871847_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_b0f4a30f7ffb14cdc1cbde4c17f31469.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yetakchi xotin-qizlar milliy platformasi tanzila norboyeva
yetakchi xotin-qizlar milliy platformasi tanzila norboyeva
Norboyeva: yetakchi xotin-qizlar milliy platformasini yaratish ustida ishlayapmiz
Senat raisi O‘zbekistonda yetakchi xotin-qizlar milliy platformasi paydo bo‘lishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 21 dek – Sputnik. O‘zbekistonda yetakchi xotin-qizlar milliy platformasi paydo bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva “Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda xotin-qizlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi BMTning 1325-sonli rezolyutsiyasini amalga oshirish” mavzusidagi mintaqaviy forumida ma’lum qildi.
Senat raisi bu galgi forum muloqot a’zolari, davlat tuzilmalari, mintaqadagi ayollar fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari, BMT tuzilmalari rahbarlari va xalqaro ekspertlar birinchi marotaba “Xotin-qizlar, tinchlik va xavfsizlik” global kun tartibini milliy va mintaqaviy darajada amalga oshirishda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilish uchun O‘zbekistonda to‘plangani ahamiyatli ekanini ta’kidladi.
“Hozirgi vaqtda biz faoliyati davomida gender tenglikni targ‘ib qilish, barcha darajalarda (mahalla, tuman, viloyat, respublika) xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalarini qamrab oladigan yetakchi xotin-qizlar milliy platformasini yaratish ustida ishlayapmiz”, -
dedi Tanzila Norboyeva.
Qayd etilishicha, bugun O‘zbekistonda 10 mingga yaqin nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 300 dan ortig‘i gender masalalari bilan shug‘ullanadi.
“Biz dolzarb masalalar, shu jumladan, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq masalalarni hal etishda fuqarolik jamiyati institutlari muhim o‘rin tutishini bilamiz”, - deya qo‘shimcha qildi Senat raisi.
Forumda “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” global kun tartibi, uni amalga oshirishga qo‘shadigan hissasi uchun mintaqaviy mexanizmlar va platformalar muhokamalar qilindi.