https://oz.sputniknews.uz/20211221/garb-rossiyaga-nima-deb-javob-berishni-bilmayapti-21879718.html
G‘arb Rossiyaga nima deb javob berishni bilmayapti
G‘arb Rossiyaga nima deb javob berishni bilmayapti
Sputnik O‘zbekiston
Esankirash, sergaklik, hayrat va gumonsirash – Rossiyaning ommaga e’lon qilgan tinchlik tashabbuslariga G‘arbning birinchi munosabati shunaqa. 21.12.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-12-21T17:14+0500
2021-12-21T17:14+0500
2023-04-05T18:35+0500
kolumnistlar
aqsh
nato
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/15/21872608_0:117:3223:1930_1920x0_80_0_0_cfc02cfae468880656f421764d8cdfc8.jpg
Takliflarning muhimligi va misli ko‘rilmaganligiga qaramasdan ko‘plab g‘arb (ayniqsa Yevropa) mass-medialari bu voqeani yoritish nozikligini aniqlashda qiyinchilikni sezib, bir muddat jim bo‘lib qolishdi.Nemis siyosatshunosi Aleksandr Rarning ta’kidlashicha, Moskva tomonidan taklif qilingan shartnomalar loyihasini qisqa yoki batafsil shaklda chop qilishga Yevropaning biror bir OAVsi jazm qilmadi.Aftidan, u yerdagi sharhlovchilarning asosiy muammosi o‘z ommasiga ularni amalga oshirish aniq deeskalatsiyaga va haqiqiy olib keladigan, dunyoni yadroviy urush jar yoqasidan ortga tashlaydigan Rossiya takliflarini qanday taqdim etishdan iborat.Oqni oq, qorani qora deyig – demak odatiy omma uchun Rossiyaning tabiiy tajovuzkorligi haqidagi g‘oyalarini singdirishdan iborat hikoyadan qo‘l tortish.Aynan shu bois tinchlik tashabbuslarini hargiz tinchlik tashabbuslari deyish mumkin emas. Xorijiy OAVlarning ilk o‘ng‘aysiz munosabatlariga qaraganda, ular "talablar" va “ultimatum” so‘zlariga yopishib olishgan: shu tariqa o‘z o‘quvchilariga Rossiyaning hattoki tinchlik takliflarini shantaj yoki tahdid sifatida yoritib berishlari mumkin.Rossiyaning G‘arbga ultimatumi: u qabul qilinmasa nima bo‘ladi?Misol uchun Germaniyaning DW davlat axborot agentligi bu haqidagi yangilikni “Rossiya NATOdan Sharqiy Yevropani tark etishni talab qilyapti” sarlavhasi bilan berdi. Agar nemislar Rossiya TIV tomonidan taklif qilingan loyihalar bilan diqqat bilan tanishib chiqishganida, ular ilgari surilgan deyarli barcha takliflar NATOni biror joydan chiqishini emas, balki uni kengaytirmaslik g‘oyasi borligini bilib olishgan bo‘lishardi.AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Maykl Makfolning munosabatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, u ham tushunmagan (hoynahoy, o‘zini tushunmaganlikka solgan): biz asosan harbiy infratuzilmanini bir-biridan o‘ta yaqin masaofaga siljitmasdan, vaziyatni hozirgi darajada qayd etishni taklif qilyapmiz.Amerikalik diplomat javoban o‘z takliflarini ilgari surdi: Dnestrbo‘yidan Rossiya qo‘shinlarini chiqarish, Janubiy Osetiya va Abxaziyani tan olishni qaytarib olish, “Qrimni Ukrainaga qaytarish” va hokazo.Makfol kayfiyatida javob berib, biz, albatta, Amerikaga dengiz ortidagi barcha bazalarini yopishini, NATOga esa o‘zini o‘zi tarqatib yuborishini taklif qilgan bo‘lardik. Biroq tajribali siyosatchi jiddiy ravishda aynan shunday, har bir g‘oyani absurd holatiga yetkazib, muzokaralar olib borilmog‘i darkor. Ha, G‘arb diplomatiyasi darajasi endi shunaqa – bu maktab bitiruvchilari bilan ishlashlariga to‘g‘ri kelayotgan Rossiya diplomatik korpusiga hamdardlik bildirishdan o‘zga chora yo‘q.G‘arb jurnalistlari va tahlilchilarining birinchi munosabatlaridan kelib chiqib, Rossiya tashabbuslari batafsil o‘rganish va javob qaytarish uchun lom-mim demaslik taktikasi tanlangan.Putin NATOning sharq tomon kengayishi ehtimoli yuzasidan fikr bildirdiAxios sayti takliflar haqida shunday yozmoqda: “Rossiya talablarini ekspertlar maksimalist va qabul qilinishi dargumon deb ta’riflashmoqda”. Keyin esa faqat AQSh va NATO o‘z zimmasiga olishi kerak bo‘lgan majburiyatlar sanab o‘tiladi.Shunga o‘xshashlarni G‘arbda “Rossiya bo‘yicha asosiy mutaxassislar” deb ataluvchi ekspertlarning so‘zlaridan bilib olamiz. Bu xabarni o‘qib chiqqan amerikalikning darg‘azab munosabatini tasavvur qiling va u ruslar yana hech narsa o‘rniga taklif qilmasdan, uning chakkasiga to‘pponcha qadashga urinishmoqda degan fikrga keladi.Axir har ikki kelishuvlar loyihasi – ham NATO bilan, ham alohida AQSh bilan – o‘zaro majburiyatlar va kafolatlarni nazarda tutadi. Ravshanki, diplomatlarimiz muzokaralar pardasi ortida o‘z hamkasblariga G‘arb ularning tinchlik tashabbuslaridan bosh tortgan taqdirda Moskva aynan choralarni ko‘rishlarini bafurja tushuntirishadi.Omma oldida Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko buni shunday tushuntirdi: “Unda biz ham bu kontrtahdid yaratish rejimiga o‘tamiz. O‘shanda bizdan nima sababdan bunday qarorlar qabul qildik, nima sababdan biz u yerga bunaqa tizimlarini joylashtirganimizni so‘rashga kech bo‘ladi”.G‘arbda diplomatiya tilini bilmaydiganlar uchun taklif qilingan hujjatlarni sinchiklab o‘qib chiqish va Rossiya, hozir xorijiy OAVlar buni bajarishga urinayotgan, shunchaki G‘arbdan vaziyatni keyingi taranglashtirmaslikdan bosh tortishni talab qilayotganiga e’tibor qaratishni tavsiya qilish mumkin. Rossiya ham o‘ziga qator majburiyatlarni olmoqda.Agar Grushkoning so‘zlarini bu majburiyatlar bilan taqqoslasak, oddiy shu xulosaga kelish mumkin: AQSh va NATO bizning tinchlik tashabbuslaridan bosh tortgan taqdirida Rossiya boshqa davlatlar hududidan mudofaa tizimiga yangi tahdidlarga javoban o‘sha “kontrtahdid”larni yaratish uchun foydalanishga to‘liq ma’naviy huquqni (shusiz ham yuridik haqqimiz bor) oladi.Lavrov: NATO hatti-harakatlarini qabul qilib bo‘lmaydiKamlik qilgandek, Rossiya raketalari va yadroviy qurollari mamlakat chegarasidan tashqarida bo‘lishi mumkin. Va bu ularni o‘z hududida joylashtirishga tayyorligini bildirgan faqat Belarus bo‘lmasligi mumkin.Rossiyaning yadro va raketa infratuzilmalari uchun baza joylari yoqimsiz bo‘lishi mumkin. Hatto Vashingtonni anchagina shoshirib qo‘yishi mumkin. Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Rabkovning hozirgi va Karib inqirozi o‘rtasidagi bevosita parallellarni o‘tkazgani tasodif emas.G‘arbdagi sonsiz kremlshunoslar mana shuni tushunish yoki qo‘rqishni anglash ahvolida emas. Ular negadir Rossiyadagi barcha ehtimoliy tahdidlarni (Grushko bu haqda gapirgan o‘sha “kontrtahdidlar”) faqat “Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi” bilan bog‘lashadi.Ya’ni o‘zlariga o‘zi xayoliy “bostirib kirishni” to‘qib chiqarishgan, endi o‘zlari Moskva “ultimatumi” Ukrainaga hujum qilishdan bosh tortish shartlarini ilgari surishdan iborat deb hisoblashmoqda.Britaniyaning asosiy kremlshunosi Edvard Lukas, misol uchun, “The Times” sahifalarida Rossiya tomonidan butun Azob sohillari egallab olishiniga oid qo‘rquvlarini ta’riflayotib tan oladiki: “Men eng katta xavotirim kurash (va, ehtimol, yadroviy qurollarning allaqanday jaranglashi) 1945-yildagi Stalin bilan Yalta bitimi namunasidagi yangi shartnoma bilan yakunlanishi bilan bog‘liq”.Yana takrorlaymizki, bu tahlilchilar Moskva tomonidan taklif qilingan hujjatlar mantini sinchiklab o‘qib chiqishmagani yaqqol namoyon. Ular bular G‘arb tomonidan qabul qilinmagan taqdirda qo‘llarimiz Sharqiy yarim shar bilan cheklanishi majbur bo‘lmagan nostandart yurishlarni amalga oshirish uchun yechilishini tushunishmagan.Agar gap Rossiya yadroviy tizimlarini AQShga yaqin biror bir yerga joylashtirish haqida borganida, bizni “egilmaslikda” ayblayotgan Amerikada va g‘arb OAVlarida nimalar boshlanishini tasavvur qilish mumkin. Buni hozir NATO yetakchilari Rossiyaga aytishaptiki, XXI asrda “ta’sir sohalari” haqidagi suhbatlar joiz emas.Grushko yodga soladiki, raketaga qarshi mudofaa tizimlarini cheklashga oid muzokaralar davrida amerikaliklar “o‘zlarining xohish ro‘yxatlariga” Rossiya Kubadan o‘quv brigadasini olishi shartligi to‘g‘risidagi bandni kiritishgandi. “Go‘yoki bu o‘quv brigadasi Floridaning biror bir yerida tushib, AQShni egallab oladigandek va hokazo”, - dedi vazir o‘rinbosari Vladimir Solovyovga bergan intervyusida.Agar amerikaliklar bizning Kubadagi instruktorlariz xususida bunchalik xavotir olgan bo‘lsa, Markaziy Amerikaning biror bir joyida Rossiyaning shunchaki bo‘lmagan o‘quv bazasini joylashtirish g‘oyasi paydo bo‘lgan taqdirda ular qanchalik uvvos tortishadi.Mana bu yerda ular o‘zlarining “ta’sir sohalari”, “Amerika amerikaliklar uchun” shiorlari, “AQShning orqa tomonida” Rossiya harbiy infratuzilalari paydo bo‘lishi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat ekanini eslab qolishadi. Eslatamizki, ular amaldorlari Lotin Amerikasi haqida Venesueladagi inqiroz avji paytida xuddi shunday fikr bildirishgandi.“Rossiya bo‘yicha mutaxassislar” sharhlaridagi eng xavotirlisi – bu inqiroz lahzalarini, ularning sa’y-harakatlari bilan biz yetib kelgan xavfli chiziqni anglamasliklari. 30-yil ilgari SSSR parchalanishidan zavqlangan va shu munosabat bilan choralar hissini yo‘qotganlar, ular tahdidlarga qarshi va kontrtahdidga asoslangan dunyo barqaror bo‘lishini tushunishmaydi.Uchinchi jahon urushini to‘xtatib turgan rus quroliBiroq unda faqat bir tomon javoban tutib turish va qarshilikka ega bo‘lmay, doimo tahdidlarini kuchaytirib borayotgan dunyo xavfliroq.Aynan shu bois Rossiya bu chiziqni bosmaslikni taklif qilmoqda va ochiqchasiga G‘arb Moskvaning tinchlik tashabbuslaridan bosh tortgan taqdirda u qanday qarama-qarshiliklarni ishga solishi haqida ogohlantirmoqda. G‘arb oxir-oqibat tushunib yetishi kerakki, barchamiz uchun ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin cheksiz tahdid va kontrtahdidlarni kuchaytirishdan ko‘ra, yangi Yalta bitimi yaxshiroq.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Vladimir Kornilov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/462/55/4625503_337:0:853:516_100x100_80_0_0_c9db7dd8df95fa8ab104c4ad8568339f.jpg
Vladimir Kornilov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/462/55/4625503_337:0:853:516_100x100_80_0_0_c9db7dd8df95fa8ab104c4ad8568339f.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/15/21872608_246:0:2977:2048_1920x0_80_0_0_27222b09ac441a92443ec99c0acc93aa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Vladimir Kornilov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/462/55/4625503_337:0:853:516_100x100_80_0_0_c9db7dd8df95fa8ab104c4ad8568339f.jpg
kolumnistlar, aqsh, nato, rossiya
kolumnistlar, aqsh, nato, rossiya
G‘arb Rossiyaga nima deb javob berishni bilmayapti
17:14 21.12.2021 (yangilandi: 18:35 05.04.2023) Esankirash, sergaklik, hayrat va gumonsirash – Rossiyaning ommaga e’lon qilgan tinchlik tashabbuslariga G‘arbning birinchi munosabati shunaqa.
Takliflarning muhimligi va misli ko‘rilmaganligiga qaramasdan ko‘plab g‘arb (ayniqsa Yevropa) mass-medialari bu voqeani yoritish nozikligini aniqlashda qiyinchilikni sezib, bir muddat jim bo‘lib qolishdi.
Nemis siyosatshunosi Aleksandr Rarning ta’kidlashicha, Moskva tomonidan taklif qilingan shartnomalar loyihasini qisqa yoki batafsil shaklda chop qilishga Yevropaning biror bir OAVsi jazm qilmadi.
Aftidan, u yerdagi sharhlovchilarning asosiy muammosi o‘z ommasiga ularni amalga oshirish aniq deeskalatsiyaga va haqiqiy olib keladigan, dunyoni yadroviy urush jar yoqasidan ortga tashlaydigan Rossiya takliflarini qanday taqdim etishdan iborat.
Oqni oq, qorani qora deyig – demak odatiy omma uchun Rossiyaning tabiiy tajovuzkorligi haqidagi g‘oyalarini singdirishdan iborat hikoyadan qo‘l tortish.
Aynan shu bois tinchlik tashabbuslarini hargiz tinchlik tashabbuslari deyish mumkin emas. Xorijiy OAVlarning ilk o‘ng‘aysiz munosabatlariga qaraganda, ular "talablar" va “ultimatum” so‘zlariga yopishib olishgan: shu tariqa o‘z o‘quvchilariga Rossiyaning hattoki tinchlik takliflarini shantaj yoki tahdid sifatida yoritib berishlari mumkin.
Misol uchun Germaniyaning DW davlat axborot agentligi bu haqidagi yangilikni “Rossiya NATOdan Sharqiy Yevropani tark etishni talab qilyapti” sarlavhasi bilan berdi. Agar nemislar Rossiya TIV tomonidan taklif qilingan loyihalar bilan diqqat bilan tanishib chiqishganida, ular ilgari surilgan deyarli barcha takliflar NATOni biror joydan chiqishini emas, balki uni kengaytirmaslik g‘oyasi borligini bilib olishgan bo‘lishardi.
AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Maykl Makfolning munosabatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, u ham tushunmagan (hoynahoy, o‘zini tushunmaganlikka solgan): biz asosan harbiy infratuzilmanini bir-biridan o‘ta yaqin masaofaga siljitmasdan, vaziyatni hozirgi darajada qayd etishni taklif qilyapmiz.
Amerikalik diplomat javoban o‘z takliflarini ilgari surdi: Dnestrbo‘yidan Rossiya qo‘shinlarini chiqarish, Janubiy Osetiya va Abxaziyani tan olishni qaytarib olish, “Qrimni Ukrainaga qaytarish” va hokazo.
Makfol kayfiyatida javob berib, biz, albatta, Amerikaga dengiz ortidagi barcha bazalarini yopishini, NATOga esa o‘zini o‘zi tarqatib yuborishini taklif qilgan bo‘lardik. Biroq tajribali siyosatchi jiddiy ravishda aynan shunday, har bir g‘oyani absurd holatiga yetkazib, muzokaralar olib borilmog‘i darkor. Ha, G‘arb diplomatiyasi darajasi endi shunaqa – bu maktab bitiruvchilari bilan ishlashlariga to‘g‘ri kelayotgan Rossiya diplomatik korpusiga hamdardlik bildirishdan o‘zga chora yo‘q.
G‘arb jurnalistlari va tahlilchilarining birinchi munosabatlaridan kelib chiqib, Rossiya tashabbuslari batafsil o‘rganish va javob qaytarish uchun lom-mim demaslik taktikasi tanlangan.
Axios sayti takliflar haqida shunday yozmoqda: “Rossiya talablarini ekspertlar maksimalist va qabul qilinishi dargumon deb ta’riflashmoqda”. Keyin esa faqat AQSh va NATO o‘z zimmasiga olishi kerak bo‘lgan majburiyatlar sanab o‘tiladi.
Shunga o‘xshashlarni G‘arbda “Rossiya bo‘yicha asosiy mutaxassislar” deb ataluvchi ekspertlarning so‘zlaridan bilib olamiz. Bu xabarni o‘qib chiqqan amerikalikning darg‘azab munosabatini tasavvur qiling va u ruslar yana hech narsa o‘rniga taklif qilmasdan, uning chakkasiga to‘pponcha qadashga urinishmoqda degan fikrga keladi.
Axir har ikki kelishuvlar loyihasi – ham NATO bilan, ham alohida AQSh bilan – o‘zaro majburiyatlar va kafolatlarni nazarda tutadi. Ravshanki, diplomatlarimiz muzokaralar pardasi ortida o‘z hamkasblariga G‘arb ularning tinchlik tashabbuslaridan bosh tortgan taqdirda Moskva aynan choralarni ko‘rishlarini bafurja tushuntirishadi.
Omma oldida Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko buni shunday tushuntirdi: “Unda biz ham bu kontrtahdid yaratish rejimiga o‘tamiz. O‘shanda bizdan nima sababdan bunday qarorlar qabul qildik, nima sababdan biz u yerga bunaqa tizimlarini joylashtirganimizni so‘rashga kech bo‘ladi”.
G‘arbda diplomatiya tilini bilmaydiganlar uchun taklif qilingan hujjatlarni sinchiklab o‘qib chiqish va Rossiya, hozir xorijiy OAVlar buni bajarishga urinayotgan, shunchaki G‘arbdan vaziyatni keyingi taranglashtirmaslikdan bosh tortishni talab qilayotganiga e’tibor qaratishni tavsiya qilish mumkin. Rossiya ham o‘ziga qator majburiyatlarni olmoqda.
Agar Grushkoning so‘zlarini bu majburiyatlar bilan taqqoslasak, oddiy shu xulosaga kelish mumkin: AQSh va NATO bizning tinchlik tashabbuslaridan bosh tortgan taqdirida Rossiya boshqa davlatlar hududidan mudofaa tizimiga yangi tahdidlarga javoban o‘sha “kontrtahdid”larni yaratish uchun foydalanishga to‘liq ma’naviy huquqni (shusiz ham yuridik haqqimiz bor) oladi.
Kamlik qilgandek, Rossiya raketalari va yadroviy qurollari mamlakat chegarasidan tashqarida bo‘lishi mumkin. Va bu ularni o‘z hududida joylashtirishga tayyorligini bildirgan faqat Belarus bo‘lmasligi mumkin.
Rossiyaning yadro va raketa infratuzilmalari uchun baza joylari yoqimsiz bo‘lishi mumkin. Hatto Vashingtonni anchagina shoshirib qo‘yishi mumkin. Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Rabkovning hozirgi va Karib inqirozi o‘rtasidagi bevosita parallellarni o‘tkazgani tasodif emas.
G‘arbdagi sonsiz kremlshunoslar mana shuni tushunish yoki qo‘rqishni anglash ahvolida emas. Ular negadir Rossiyadagi barcha ehtimoliy tahdidlarni (Grushko bu haqda gapirgan o‘sha “kontrtahdidlar”) faqat “Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi” bilan bog‘lashadi.
Ya’ni o‘zlariga o‘zi xayoliy “bostirib kirishni” to‘qib chiqarishgan, endi o‘zlari Moskva “ultimatumi” Ukrainaga hujum qilishdan bosh tortish shartlarini ilgari surishdan iborat deb hisoblashmoqda.
Britaniyaning asosiy kremlshunosi Edvard Lukas, misol uchun, “The Times” sahifalarida Rossiya tomonidan butun Azob sohillari egallab olishiniga oid qo‘rquvlarini ta’riflayotib tan oladiki: “Men eng katta xavotirim kurash (va, ehtimol, yadroviy qurollarning allaqanday jaranglashi) 1945-yildagi Stalin bilan Yalta bitimi namunasidagi yangi shartnoma bilan yakunlanishi bilan bog‘liq”.
Yana takrorlaymizki, bu tahlilchilar Moskva tomonidan taklif qilingan hujjatlar mantini sinchiklab o‘qib chiqishmagani yaqqol namoyon. Ular bular G‘arb tomonidan qabul qilinmagan taqdirda qo‘llarimiz Sharqiy yarim shar bilan cheklanishi majbur bo‘lmagan nostandart yurishlarni amalga oshirish uchun yechilishini tushunishmagan.
Agar gap Rossiya yadroviy tizimlarini AQShga yaqin biror bir yerga joylashtirish haqida borganida, bizni “egilmaslikda” ayblayotgan Amerikada va g‘arb OAVlarida nimalar boshlanishini tasavvur qilish mumkin. Buni hozir NATO yetakchilari Rossiyaga aytishaptiki, XXI asrda “ta’sir sohalari” haqidagi suhbatlar joiz emas.
Grushko yodga soladiki, raketaga qarshi mudofaa tizimlarini cheklashga oid muzokaralar davrida amerikaliklar “o‘zlarining xohish ro‘yxatlariga” Rossiya Kubadan o‘quv brigadasini olishi shartligi to‘g‘risidagi bandni kiritishgandi. “Go‘yoki bu o‘quv brigadasi Floridaning biror bir yerida tushib, AQShni egallab oladigandek va hokazo”, - dedi vazir o‘rinbosari Vladimir Solovyovga bergan intervyusida.
Agar amerikaliklar bizning Kubadagi instruktorlariz xususida bunchalik xavotir olgan bo‘lsa, Markaziy Amerikaning biror bir joyida Rossiyaning shunchaki bo‘lmagan o‘quv bazasini joylashtirish g‘oyasi paydo bo‘lgan taqdirda ular qanchalik uvvos tortishadi.
Mana bu yerda ular o‘zlarining “ta’sir sohalari”, “Amerika amerikaliklar uchun” shiorlari, “AQShning orqa tomonida” Rossiya harbiy infratuzilalari paydo bo‘lishi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat ekanini eslab qolishadi. Eslatamizki, ular amaldorlari Lotin Amerikasi haqida Venesueladagi inqiroz avji paytida xuddi shunday fikr bildirishgandi.
“Rossiya bo‘yicha mutaxassislar” sharhlaridagi eng xavotirlisi – bu inqiroz lahzalarini, ularning sa’y-harakatlari bilan biz yetib kelgan xavfli chiziqni anglamasliklari. 30-yil ilgari SSSR parchalanishidan zavqlangan va shu munosabat bilan choralar hissini yo‘qotganlar, ular tahdidlarga qarshi va kontrtahdidga asoslangan dunyo barqaror bo‘lishini tushunishmaydi.
Biroq unda faqat bir tomon javoban tutib turish va qarshilikka ega bo‘lmay, doimo tahdidlarini kuchaytirib borayotgan dunyo xavfliroq.
Aynan shu bois Rossiya bu chiziqni bosmaslikni taklif qilmoqda va ochiqchasiga G‘arb Moskvaning tinchlik tashabbuslaridan bosh tortgan taqdirda u qanday qarama-qarshiliklarni ishga solishi haqida ogohlantirmoqda. G‘arb oxir-oqibat tushunib yetishi kerakki, barchamiz uchun ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin cheksiz tahdid va kontrtahdidlarni kuchaytirishdan ko‘ra, yangi Yalta bitimi yaxshiroq.