https://oz.sputniknews.uz/20211221/evropada-gaz-narxi-ilk-bor-2100-dan-oshdi-21883759.html
Yevropada gaz narxi ilk bor 2100 $dan oshdi
Yevropada gaz narxi ilk bor 2100 $dan oshdi
Sputnik O‘zbekiston
Londonning ICE birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropada gaz narxi 20 foizdan ko‘proq oshib, tarixda ilk bor ming kub metr uchun 2100 $dan oshdi.
2021-12-21T20:16+0500
2021-12-21T20:16+0500
2023-04-05T18:35+0500
dunyoda
yevropa
gaz
shimoliy oqim-2
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1414/90/14149051_0:157:3083:1891_1920x0_80_0_0_d490012dc0a55e674c12e51a09e57815.jpg
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Londonning ICE birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropada gaz narxi 20 foizdan ko‘proq oshib, tarixda ilk bor ming kub metr uchun 2100 $dan oshdi.Savdo sessiyasi ochilishida TTF indeksi bo‘yicha yanvar fyucherslarining qiymati 1800 dollar atrofida edi. Kun davomida tebranishlar kuzatildi va Moskva vaqti bilan 17:30 ga kelib narx 2120 dollarni tashkil etdi, bu bir kun oldingi hisob-kitobdan (1 716,7 dollar) 23,5 foizga yuqori.Joriy bahorning ikkinchi yarmidan boshlab gaz narxi asta-sekin o‘sib bormoqda, ammo kuzning boshida kotirovkalar keskin rekord darajaga ko‘tarildi.Mutaxassislar narxning keskin ko‘tarilishini bir qancha omillar ta’siri bilan izohladi: Yevropa yer osti omborlarining to‘lish darajasi pastligi, yirik yetkazib beruvchilar tomonidan taklifning kamayishi va Osiyoda suyultirilgan gazga talab yuqoriligi.Kuzda “Shimoliy oqim- 2” qurilishi yakunlangani ma’lum bo‘ldi, biroq quvur operatorini sertifikatlash kechikmoqda, bu ham shartnomalarga ta’sir qilmoqda.
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1414/90/14149051_176:0:2907:2048_1920x0_80_0_0_56b6324ee513686da00cc7f2d88310da.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevropada gaz narxi ilk bor 2100 $dan oshdi
yevropada gaz narxi ilk bor 2100 $dan oshdi
Yevropada gaz narxi ilk bor 2100 $dan oshdi
20:16 21.12.2021 (yangilandi: 18:35 05.04.2023) Yevropada gaz narxi ilk bor ming kub metr uchun 2100 $dan oshdi.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Londonning ICE birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropada gaz narxi 20 foizdan ko‘proq oshib, tarixda ilk bor ming kub metr uchun 2100 $dan oshdi.
Savdo sessiyasi ochilishida TTF indeksi bo‘yicha yanvar fyucherslarining qiymati 1800 dollar atrofida edi. Kun davomida tebranishlar kuzatildi va Moskva vaqti bilan 17:30 ga kelib narx 2120 dollarni tashkil etdi, bu bir kun oldingi hisob-kitobdan (1 716,7 dollar) 23,5 foizga yuqori.
Joriy bahorning ikkinchi yarmidan boshlab gaz narxi asta-sekin o‘sib bormoqda, ammo kuzning boshida kotirovkalar keskin rekord darajaga ko‘tarildi.
Mutaxassislar narxning keskin ko‘tarilishini bir qancha omillar ta’siri bilan izohladi: Yevropa yer osti omborlarining to‘lish darajasi pastligi, yirik yetkazib beruvchilar tomonidan taklifning kamayishi va Osiyoda suyultirilgan gazga talab yuqoriligi.
Kuzda “Shimoliy oqim- 2” qurilishi yakunlangani ma’lum bo‘ldi, biroq quvur operatorini sertifikatlash kechikmoqda, bu ham shartnomalarga ta’sir qilmoqda.