Hodisalar

Samarqanddagi oshxonada yuz bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

© Foto: Daryo.uzSamarqanddagi oshxonada yuz bergan portlash
Samarqanddagi oshxonada yuz bergan portlash - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.12.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oqdaryo tumanidagi oshxonada gaz balloni portlashi oqibatida 10 kishi jarohatlangan edi.
TOSHKENT, 20 dek – Sputnik. Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi “Lazzat” oshxonasida yuz bergan portlash yuzasidan jinoiy ish ochildi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
19 dekabr kuni tumanning "Navroʻz" mahallasi Amir Temur koʻchasidagi "Lazzat" oshxonasida chaqnash sodir boʻlgan edi. Voqea joyida 2 ta propan gaz balloni boʻlgan.
Chaqnash oqibatida oshxonaning taxminan 40 kvadrat metr maydonida shift qismi va jihozlar yongan. Birlamchi maʼlumotlarga koʻra, 10 nafar fuqaro tan jarohati olgan.
Yangiliklar lentasi
0