Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etildi

© Foto: Minzdrav KazaxstanaMinistr zdravooxraneniya Kazaxstana Aleksey Soy
Ministr zdravooxraneniya Kazaxstana Aleksey Soy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2021
Obuna bo‘lish
Bir yarim yil Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lib ishlagan Aleksey Soy ishdan bo‘shatildi.
TOShKENT, 20 dek – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soyni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Davlat rahbari farmoni bilan Soy Aleksey Vladimirovich Qozog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod qilindi”, - deyilgan xabarda.
Sputnik Qozog‘iston xabariga ko‘ra, Aleksey Soy sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan o‘z xohishiga ko‘ra ketgan.
“Ha, o‘z xohishiga ko‘ra. Boshqa xizmatga o‘tishi munosabati bilan”, - deya ma’lum qilishgan mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligida.
Sobiq vazir qaysi lavozimni egallashiga oydinlik kiritilmagan.
Soy ushbu lavozimga 2020-yil 25-iyunda Yeljan Birtanov o‘rniga tayinlangan edi. Birtanov o‘shanda koronavirusga chalingani sababli o‘z lavozimidan olingan. Soy vazirlik lavozimiga tayinlangunga qadar prezident ishlari boshqarmasi tibbiy markaziga rahbarlik qilgan.
Yangiliklar lentasi
0